Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Shaxsni barkamollashtirishda uning “Men”i bilan ishlash



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

13.5. Shaxsni barkamollashtirishda uning “Men”i bilan ishlash 
Shaxs tushunchasi insonni xarakterlovchi tushunchalardan biri bo'lib, uning xulq-atvori
dunyoqarashi va psixologik jihatlaming yaxlit tizimi sifatida tushuniladi. Shundan kelib chiqib 
aytilsa, shaxs - alohida inson sifatida ongli faoliyat hamda munosabatlarning ham sub’ekti, ham 
ob’ektidir. Ushbu ongli faoliyat jarayonida shaxs ijtimoiy borliqni vujudga keltiradi, qayta 
namoyon qiladi hamda o'zgartiradi. 
Psixologiyada “Shaxs” tushunchasi ostida insonning ichki dunyosi (emotsiyalari, chtiyojlari, 
intilishlari, motivlari)ning tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlari yaxlit tizim sifatida o'rganiladi. 
Shaxsning yetukligiga xos bo'lgan xususiyatlar quyidagilardan iborat:
• O'zini hayot va faoliyatning faol sub’ekti, ma’lum bir tanlovlami amalga oshiruvchi va ular 
uchun ma’suliyatni his qiluvchi sub’ekt sifatida qabul qiladi;
• Hayot faoliyatining har bir a’zosini o'ziga xos individullik sohibi sifatida qabul qiladi;
• Olamni doimiy o'zgaruvchi, uning qobiliyatlarini namoyon qilish uchun qulay bo'lgan muhit 
sifatida qabul qiladi. 


85
Shaxs trening jarayonida muloqot jarayonining va guruhiy jarayonlaming asosiy sub’ekti va 
ob’ekti sifatida yuzaga chiqadi. Shutting uchun trening jarayonida shaxs muammosini barcha 
jarayonlaming ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi sifatida o'rganish tabiiydir. Shaxs 
muammosi shuning uchun muhintki, u turli guruhlar bilan bo'ladigan turli shakldagi o'zaro 
munosabatlarning oqibati sifatida ham qaraladi, ya’ni trening guruhining a’zosi hisoblangan 
shaxsning xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo‘ysunishi, boshqalar bilan muloqot jarayonida buni 
qanday namoyon qilishini o'rganish lozim bo‘ladi.
O ‘z -o ‘zini shaxs sifatida anglash, o ‘z xususiyatlarini bilish umuman olganda shaxsning 
o‘z-o‘zini anglashga erishishi shaxsni barkamollashtiruvchi treninglaming asosiy maqsadidir. 
Inson toraonidan uning motivlari, qiziqishlari hamda qadriyatlarining anglanishi o‘z-o‘zini 
anglashning mohiyatini tashkil etadi. O ‘z-o ‘zini anglash negizida «Men obrazi» va «Men 
konsepsiya»ning shakllanishi yotadi. Ya’ni individ o‘zini qanday ko'radi va qanday ko’rishni 
istaydi. 
«Men» obrazi tarkibida shaxsning o‘zi haqidagi hamda o’zining jismoniy va psixologik 
xususiyatlari: tashqi ko’rinishi, qobiliyatlari, qiziqishlari, intilishlari, o’ziga bo’lgan hurmat va 
o'ziga ishonch xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlari mavjnd boTadi. «Men obrazi» vositasida 
inson o'zini boshqa odamlardan, tashqi dunyodan farqlaydi. Bundan tashqari, «Men obrazi»ning 
asosini о z imkoniyatlariga baho berish va o‘z-o‘ziga baho berish tashkil etadi. Negaki, inson о 
zining «Men obrazi»ga muvofiq tashqi dunyoga munosabat bildiradi va o’zining xulq-atvorini 
rejalashtiradi. Shunga ko‘ra, shaxsni barkamollashtiruvchi treninglaming asosini shaxsning o‘z-
o‘ziga adekvat baho berishi va uning «Men obrazbni shakllantirish tashkil etadi. 
Inson bildirayotgan hech bir fikmi ob’ektiv deb atash mumkin emas. Negakt, har qanday 
bildirilgan fikr «Men konsepsiya» tizimidan o'tadi. «Men konsepsiya». Real men, Ideal men
Ijtimoiy men kabi tarkibiy qismlardan iborat bo ladi. Ushbu uchta tarkibiy qism hech qachon bir xil 
darajada kuzatilmaydi. Ular doimo о zaro tafovutda, ziddiyatda bo'ladi. Bu ziddiyat shaxs 
taraqqiyotining sababi bo lishi mumkin. Ammo uning og’ir shakllari shaxs deformasiyasiga olib 
kelishi mumkin. Inson intuitiv ravishda «Men konsepsiya»ning uch tarkibiy qismini yaqinlashtirish 
imkoniyatini 
beruvchi 
rollarni 
izlaydi. 
«Men 
obrazi» 
nisbatan 
turg'un 
psixologik 
hodisahxisoblansada, uning shakllanishi asosan, insonning ichki o‘z-o‘zini rivojlantirish 
xususiyatiga bog’liq bo ladi. O ‘z-o‘zini rivojlantirish - insonning o ‘zini shaxs sifatida iloji boricha 
to’hqroq namoyon qilishga qaratilgan ongli faoliyatdir. U aniq hayotiy maqsad, ideallar, shaxs 
ustanovkalari mavjudligini taqozo etadi. 
Shaxsning «Men obrazi»ning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillardan eng muhimi - 
«ahamiyatli birov»ning ta’siridir. «Ahamiyatli birov» bu inson uchun muhim bo’lgan shaxsning 
e’tibori. maqtovi yoki salbiy munosabati hisoblanadi. Bu «ahamiyatli birov» shaxsning ota-onasi, 
do’sti, u faoliyat yuritadigan guruhdagi biror a’zo, taniqli inson, kino qahramoni bo’lishi mumkin. 
Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar aynan shu «Men obrazi”»ni muvofiqlashtirishni 
nazarda tutadi. 
Bugungi lcunda Ьаткато1 avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ко tarilgan 
ekan, shaxsri rivojlantiruvchi treninglaming ahamiyati ham beqiyos ekanligini tushunish qiyin 
emas, shunday ekan trening bo'yicha har bir mutaxassis bu yo’nalishdagi treninglami puxta bilishi 
zarur. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin