81
Mustaqil ish mavzulari
1. Muloqotda o'zaro ta’sir jarayoni
2. Muloqot pozitsiyalarini bilishning ahamiyati
3. Muloqotda o‘zaro persepsiya
4. Muloqotchanlik ko‘nikmalarim shakllantirish
Testlar
1. Lnsondagi eng muhim ehtiyoj — jamiyatda yashash va o‘zini
shaxs deb hisoblash bilan
bog‘liq ehtiyojni qondiruvchi jarayonni belgilang
A) Muloqot
B) O'yin
V) O ‘qish
G) Trening
2. Qaysi treningda ishtirokchilarga muloqot jarayonida vujudga keladigan nizoli va
muammoli vaziyatlarning oldini olishga yuzaga kelgan vaziyatlarni yechimini topishga o‘rgatiladi.
A) Muloqot treninglarida
B) Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarda
V) Ruhiyatni sog‘lomlashtiruvchi treninglarda
G) Stressni bartraf etuvchi treninglarda
3. Muloqot jarayonida o‘zgalarni tinglash va fikr bildira olish
- muloqtning qaysi jihatiga
kiradi?
A) Muloqot ko'nikmalariga
B) Muloqot vazifasiga
V) Muloqot maqsadiga
G) Muloqot jarayoniga
5. Qaror qabul qilish bosqichi muloqotdagi nechanchi bosich hisoblanadi?
A) 4-bosqich
B) 2-bosqich
V) 1-bosqich
G) 3-bosqich
XIII. SHAXSNI RIVOJLANTIRUVCHI
(BARKAMOLLASIITIRUVCHI) TRENINGLAR.
13.1. Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning tarixi
Shaxsni rivojlantiruvchi (barkamollashtiruvchi) treninglarning tarixi XX asming 60-yillari
oxiriga borib taqaladi. Aql dinamikasi ("Mind Dynamics") treningi ayni s“u nomdagi konTaniya
tarkibida 1968 yilda AQShning Texas shtatida yuzaga kelgan bo‘lib,
uning asoschisi Aleksandr
Everettdir. Aleksandr Everettning treningi “Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglaridagi turmush
tarzidagi
haqiqatlami anglash, liderlik tajribalari, guruhiy effektivlik”
treninglarining prototipi
(timsoli) va darakchisi hisoblanadi.
Biz yuqorida - trening gumhlarining rivojlanish tarixi haqidagi ma’lumotlarda trening
guruhlari dastawal AQSh va G'arbiy Yevropada rivojlanganligini va “Shaxsni barkamollashtiruvchi
trening”Iar dastlab A.Everett tomonidan o'tkazilganligi haqidagi maTumotlami tahlil qilgan edik.
A.Everett asli Angliyalik bo'lib, 1962 yilda AQShga keladi va shu yerda o‘z ishlarini davom
ettiradi. Everett o'zining yetti yillik ish faoliyati davomida “Aql dinamikasi”
shiTkatini Fort Uayt
maktabiga aylantirdi. A.Everett o‘zining “His qilish”, “Shaxs imkoniyatlarmi ochish” mavzulariga
yo'naltirilgan eng samarali treninglami vujudga keltirish bilan o‘z ishini davom ettirdi. Aynan mana
shu treninglar keyinchalik “Est”, “Layfspring”, “Aktualizasiya” kabi treninglarning yuzaga
kelishiga sabab bo‘ldi.
“Aql dinamikasi” Everettga katta shuhrat olib kelishi bilan bir qatorda, unga omad ham kulib
boqqandi. Chunki “Xoliday Medjik” nomli atir-upalar bilan savdo qiluvchi bir qancha do'konlar
egasi boTgan Uilyam Penn Patrik A.Everett va uning ishlari bilan qiziqib qolgan edi.
Penn Patrik
bir qancha do'konlar egasi bo’ishi bilan bir qatorda “Sardorlik dinamikasi” trening shirkatining
82
boshlig‘i ham edi. 1970 yilda Uilyam Penn Patrik A.Everettning “Aql dinamikasi” shirkatini sotib
oladi va o'zining trening shirkatiga qo'shadi. Buning natijasida ‘Tansformasion trening” shirkati
rivojlanadi. Biroq Uilyam Penn Patrikning atir-upalar bilan savdo qiluvchi do'konlarining
marketing ishlari noqonuniy hisoblanib yopiladi. Bu esa Aql dinamikasi” trening shirkatining ham
ish faoliyati to'xtatilishiga olib keladi.
Bu yo'nalishdagi treninglar Rossiyaga XX asming 90-yillarida O ‘arbdan kirib kelgan. Bizda
esa bu yo'nalishdagi treninglar hali yetarli darajada rivojlangani yo‘q va deyarli o'tkazilmaydi,
deyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: