Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Mufbqotda noverbal va paralingvistik ta’sirlar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

 
12.5. Mufbqotda noverbal va paralingvistik ta’sirlar 
Mutaxassislaming ta’kidlashlariga ko‘ra, muloqot jarayonida kishilar e’tibor bermaydigan 
ayrim holatlar mavjudki, bular ham muloqotga o'ziga xos ta sir ko'rsatadi. Bularga quyiagilami 
kiritish mumkin:
■ Noverbal harakatlar
■ Suhbatdoshlaming gavda harakatlari
■ Yordamchi vositalar — jinsiy farqlar, kiyim, kosmetika, tatuirovka, ochki, sigareta kabilar
■ Nutq bilan bog’liq bo’lmagan holatlar - kulgu, yig‘i, yo‘tal, nafas siqishi, tishlami 
g'ijirlatish kabilar kiradi. 
Kishini sinchkovlik bilan kuzatish natijasida uning harakatlari va so‘zlarining ma’nosi 
orasidagi farqni bilib olish mumkin, deb hisoblashadi, mutaxassislar. Masalan, do‘stingizga 
“Vaqting bormi?” deb murojaat qilganingizda, “Albatta , degan javobni olishingiz mumkin, lekin 
uning qayta-qayta soatiga qarayotganligi uning vaqti ziqligidan dalolat beradi. 
Odam o‘zi bilan bir jinsli sherik bilan aksincha sherikka nisbatan samimiy va ochiqroq 
muloqotga kirisha oladi. Kishining kiyimi u haqdagi dastlabki taassurotga omil bo‘ladi, “Odamni 
kiyimiga qarab kutib oladilar, lekin aqliga qarab kuzatadilar”, degan maqol mavjud bo'lsada, 
aksariyat kishilarda qimmatbaho kiyimlar kiygan kishilar madaniyatli va mansabdor shaxslardir 
degan streotip shakllanib qolgan. Bundan tashqari muloqotda ovoz tom ham katta ahamiyatga ega. 
Birgina “Ahvollaringiz yaxshimi?” degan jumlaning yig‘lamsirab, kulib, yo'tal aralish, nafas siqib, 
tishlami g'ijirlatib aytilishini tasawur qilishning o'ziyoq bu fikrimizni asoslab beradi. 
Rus psixologi A.N.Melnikova noverbal vositalar shaklini o'rganib quyidagilami ta’kidlagan: 
Suhbatdoshlar o'rtasidagi masofani alohida ajratib ko'rsatadi. Uning ta’kidlashicha, suhbatdoshlar 
o'rtasidagi masofa muloqot jarayonida katta rol o'ynaydi va bu masofalaming buzilishi muloqotda 
ham noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Muloqot jarayonida sheriklarning o‘zaro fazoviy 
joylashuvi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Bu joylashuv interpritasiyasi quyidagi holatlarda boiishi 
kuzatiladi: 
■ Ommaviy zona - 2m.dan - 7 m.gacha — bunda kishilar o‘-a jiddiy bo'lgan mavzular haqida 
gaplashadilar, bu so‘zlashuv jarayonida ular o'rtasida yaqinlik his qilinmaydi.
■ Ijtimoiy zona - 0.5m.dan - 2m. — ma’lum bir -asalani hal etishda bu zonada gaplashish 
kuzatiladi. Tashkilot rahbarlari yoki o'qituvchilaming auditoriya bilan gaplashishi bunga misol 
bo‘ladi.
■ Shaxsiy zona - 20sm.dan - 50sm.gacha - suxbatdoshlar (d-‘stlar) o'rtasida yaqinlik his 
etiladi va ular o'zlarini qiziqtirgan masalalar haqida gaplashadilar 
■ Intim (yaqin) zona — Osm.dan - 15 sm.gacha - shivirlab gaplas-ish, qulog'iga gapirish 
holatlarida ifodalanadi, bunda yaqin kishilar bir-birlari bilan o‘ta sirli narsalar haqida gaplashadilar, 
ular o'rtasida samimiy yaqinlik hislari mavjud bo'lishi kuzatiladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin