Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/94
tarix02.06.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#127562
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

6.3.3.1-chizma 
Savdo (jumladan kooperativ) korxonalari moliyaviy resurslarining barqarorligini 
baholash ko‘rsatkichlari 
№ Ko‘rsatkichlar nomi 
Aniqlash usullari 
Modul shakli 
Moliyaviy barqarorlik 
ko‘rsatkichlari 
1. Joriy likvidlik 
koeffitsiyenti (Kjl) 
(to‘lov qobiliyati) 
Aylanma mablag‘lar 
(AyM) 
qisqa muddatli (joriy) 
majburiyatlar (KMM) 


=
КММ
АйМ
К
л
ж.
2. Moliyaviy qaramlik 
koeffitsiyenti yoki 
qarzdorlik, mablag‘ 
bilan ta’minlanish 
koeffitsiyenti (Km
.q.
)
qarzga olingan kapital 
(KK) 
Xususiy kapital (XK) 


=
ХК
КК
К
к
м .
.
3. Moliyaviy barqarorlik 
koeffitsiyenti (Km
.bar

Xususiy kapital 
(XK)+Uzoq muddatli 
qarzlar (UMK) 
Aktivlarning o‘rtacha yillik 
qiymati (
К
А




+
=
К
А
УМК
ХК
К
бар
м
.
.
1
А бду каримо в И.Т., Пардаев М.º., Исроило в Б.И. «К орх онанинг иºтисодий сало³ия ти та³лили»». Т., «Иºтисодиё т ва ³уºуº 
дунёси» нашриё т у йи, 2003. 
Пардаев М.º. ва бошºалар «Бошºару в та³лили». Т., «Иºтисодиё т ва ³уºуº дунёси» нашриё т у йи, 2005. 
Пардаев А.Х. «Бошºару в ³исоби». Т., «А кадемия» нашриё ти, 2002. 
¢розов К.Б. «Савдода б у х г
алтерия ³исоби ва солиººа тортиш». Т., «Иºтисодиё т ва ³уºуº дунёси» нашриё т уйи, 2004. 
www.sies.uz
Page 138 of 356 


139
4. Mulk 
mustaqilligi 
koeffitsiyenti (Km
.m.
)
Xususiy kapital (XK) 
Aktivlarning o‘rtacha yillik 
qiymati (
К
А



=
К
А
ХК
К
м
м .
.
5. Kapitalni 
manerv 
(harakatchanlik) 
koeffitsiyenti (Kk
.m.

harkatdagi 
(oborotdagi) 
kapital (IK) 
Xususiy kapital 


=
ХК
ИК
К
м
к .
.
6. To‘lov 
qobiliyati 
koeffitsiyenti (Kk
.m.

o‘z mablag‘i (o‘.M.) 
Umumiy 
majburiyatlar 
(U.M.) 


=
УМ
М
У
К
к
т
(
.
.
7. Tovar 
zahiralarini 
xususiy kapital bilan 
qoplanish 
koeffitsiyenti (Ktz
.xk.

Xususiy kapital (XK) 
Yillik 
o‘rtcha 
tovar 
zahiralari (
З
Т



=
З
Т
ХК
К
хк
тз
.
,
8. Tovar 
zahiralarini 
qarzga olingan kapital 
bilan 
qoplash 
koeffitsiyenti (Ktz
.ЄK.

qarzga olingan kapital (ЄK) 
Yillik 
o‘rtacha 
tovar 
zahiralari (
З
Т



=
З
Т
КК
К
кк
тз
.
,
Tayanch iboralar: moliya, davlat moliyasi, xo‘jalik sub’ektlari moliyasi, 
jismoniy shaxslar moliyasi, moliyaviy tizim, pul, moliyaviy resurslar, pul 
munosabatlari, savdoning moliyasi, moliyani funksiyalari, moliyalashtirish, 
kreditlashtirish. 
Takrorlash uchun savollar. 
1. Moliya deb nimaga tushunasiz? 
2. Moliyaviy tizim nima va uni tartibiga nimalar kiradi? 
3. Moliyaviy resurslar nima? 
4. Moliyaviy resurslar qanday manbalardan tashkil topadi? 
5. Moliyaviy resurslar holati va tarkibini anglatuvchi ko‘rsatkichlarni ayting? 
www.sies.uz
Page 139 of 356 


140
6. Moliyaviy resurslar barqarorligi qanday aniqlanadi? 
7. Moliyaviy resurslar samaradorligi qanday ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi? 
 
 
 
 
 
 
6.4. Savdoda mehnat resurslari 
6.4.1. Savdoda mehnatni ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati 
6.4.2. Savdoda mehnat resurslarini shakllanishi va ko‘rsatkichlari 
6.4.3. Savdoda mehnat resurslarini tahlili va rejalashtirish 
6.4.1. Savdoda mehnatni ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyati va ahamiyati 
Inson bilan tabiat o‘rtasidagi moddiy, jismoniy, ashyoviy almashuvlar, 
munosabatlarning umumiy sharti mehnatdir. Mehnat inson hayotining doimiy va 
tabiiy shartidir. Mehnat inson bilan tabiat o‘rtasidagi narsalar almashuvining umumiy 
shartidir. Mehnat, bu nafaqat insonning muskul va ong, jimoniy va aqliy energiyasini 
sarflash bo‘lib qolmay, maqsadga muvofiq foydali, inson hayoti uchun zarur bo‘lgan 
moddiy, ma’naviy va jamiyat boyliklarini yaratish uchun yo‘naltirilgan ijtimoiy-
zaruriy faoliyatdir.
Mehnat jarayonini boshlashdan oldin inson uning natijasini o‘z ongida 
shakllantiradi, keyin mehnatini o‘z maqsadiga erishish uchun yo‘naltiradi. o‘z 
xohishini amalga oshirish uchun mehnatni tashkil qilish usulini va yo‘nalishini 
aniqlaydi. Buning uchun inson mehnat qurollarini yaratadi.
www.sies.uz
Page 140 of 356 


141
Mehnatning boshlanish jarayoniga insonning maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan 
faoliyati kiradi. Mehnat jarayonida nafaqat inson bilan tabiat o‘rtasidagi moddiy 
almashuv amalga oshadi, unda insonlar o‘rtasidagi munosabatlar ham shakllanadi.
Insoniyat taraqqiyoti tarixiga nazar solsak mehnat uning rivojlanishiga ta’sir 
qiluvchi asosiy omil ekanligiga imonimiz komil bo‘ladi.
Inson mehnati orqali moddiy va ma’naviy boylikni yaratish bilan tabiatni o‘z 
hayotiga moslashtirib, uni o‘zgartirish bilan bir qatorda o‘zini ham takomillashtiradi. 
Mehnat orqali inson atrof-muhitni o‘zgartiradi, uni o‘zgartirish bilan o‘zining doimo 
ortib borayotgan ehtiyojini qondirishga intilish bilan inson o‘zining tabiatini 
o‘zgartiradi, ya’ni qobiliyatini, bilimini, ko‘nikmalarini, imkoniyatlarini kengaytiradi, 
takomillashtiradi hamda mehnat jarayonini tubdan o‘zgartirib boradi. Mehnat jarayoni 
takomillashadi va insonning o‘zi ham takomillashadi.
Shunday qilib, mehnat jarayonida inson shakllanganligini kuzatamiz. 
Mehnat natijasida inson doimo eng murakkab jarayonlarni amalga oshirib, 
o‘ziga yanada yuqori maqsadlarni qo‘yib va unga erishib boradi.
Biz yuqorida aytgandek mehnat inson bilan tabiat o‘rtasidagi moddiy ne’matlar 
almashuvigina bo‘lib qolmay, uni natijasida insonlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar vujudga keladi. Bu jarayonda mehnatning mazmuni va uning ijtimoiy-
iqtisodiy mohiyati namoyon bo‘ladi.
Mehnatning mazmuni nuqtai nazaridan mehnat insonni mehnat qurollari va 
predmetlari bilan o‘zaro bog‘lanishi jarayonida hamda ularga insonning ta’siri, 
aralashuvi natijasida vujudga keladi.
Bu jarayon doimo, tanaffuzsiz davom etib boradi va takrorlanib turadi.
Mehnatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning ijtimoiy ishlab chiqarish 
munosabatlar jarayonidagi o‘rnida namoyon bo‘ladi.
Inson moddiy ne’matlarni yolg‘iz, bir-biridan ajralgan holda yaratmaydi, balki 
birgalikda, hamkorlikda, mehnat jamoalariga birlashgan holda, bir-birlari bilan ishlab 
chiqarish jarayonlarini kelishib hal qilish asosida yaratadi. Insoniyat jamiyatini 
www.sies.uz
Page 141 of 356 


142
vujudga kelishi ko‘plab ishlab chiqaruvchilarning birgalikda mehnat qilishi, mehnat 
faoliyati bilan almashuvlar natijasidir.
O‘zaro mehnat faoliyatini olib borishda ishlab chiqarish munosabatlari vujudga 
kelgan, eng avvalo, mehnat kooperatsiyasi, mehnatni taqsimlanishi, ya’ni mehnatni 
ixtisoslanishi kabilar. Natijada ijtimoiy mehnat taqsimoti shakllanib kelgan. Mehnat 
faoliyatini birlamchi bo‘g‘inida faoliyat bilan almashuv ishlab chiqaruvchilarni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontakti asosida amalga oshirilsa, jamiyat miqiyosida mahsulotlar 
bilan ayiraboshlash natijasida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida 
alohida faoliyat yuritayotgan sub’ektlar, sohalar, tarmoqlar, yagona birlashgan 
jamiyatga aylanadi.
Jamiyat taraqqiyotini qandaydir bir ijtimoiy-iqtisodiy bosšichida oddiy 
mahsulot almashuvi tovar ayiraboshlashni shakliga, ya’ni oldi-sotdi jarayonini 
vujudga keltiradi. Ushbu jarayon alohida mehnat faoliyatiga ajraladi va tarmoq 
vujudga kelgan. Ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ishlab chiqarishdan tovar 
muomalasi ajrab chiqib, oldi-sotdi jarayoni alohida tarmoqga aylanadi. Savdo 
tarmog‘i vujudga keldi, shu bilan birga undagi mehnat ham alohida jarayonga aylandi.
Oldi-sotdi jarayoni bilan shug‘ullanuvchilarni mehnati alohida faoliyatiga 
ajralgan va jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘langan holda, u rivojlanib va takomillashib 
kelmoqda.
Savdoda ishchilar mehnati jamiyatdagi umumiy ijtimoiy zaruriy mehnatning 
ajralmas qismi bo‘lib, savdoning funksiyalaridan kelib chiqib o‘z xususiyatlariga 
egadir.
Savdoda mehnatning xususiyati tovar oldi-sotdi jarayonini (tovarni qiymatini 
almashtirish) ta’minlash, ayrim ishlab chiqarish funksiyalarini bajarish va aholiga 
xizmat ko‘rsatish bilan belgilanadi.
Tovar muomalasi ikki xil turdagi jarayonni amalga oshiradi. Bu jarayonlarni 
quyidagicha tavsiflash mumkin: 
birinchidan, bu jarayonda ishlab chiqarishning ayrim texnik-texnologik 
www.sies.uz
Page 142 of 356 


143
funksiyalari davom etadi (tovarlarni ishlab chiqarish assortimentini savdo 
assortimentiga aylantirish, ularni qadoqlash, iste’mol qiymatini saqlash, transport 
operatsiyalari va h.k.); 
ikkinchidan, qiymat shaklini o‘zgartirish «T-P» operatsiyalarini amalga 
oshirish; 
uchinchidan, oldi-sotdi jarayonida aholiga ushbu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan 
xizmatlar ko‘rsatish. 
Savdo xodimlarining mehnatining tabiati murakkab jarayon bo‘lib, o‘ziga xos 
bilim, ko‘nikmalarni (o‘qituvchi, vrachlarga o‘xshagan) iste’dod va qobiliyatini talab 
qiladi. Ayniqsa, utkir raqobat sharoitida biz keltirgan xususiyatlar juda yuqori 
ahamiyat topadi.
6.4.2. Savdoda mehnat resurslarini shakllanishi va ko‘rsatkichlari 
Mehnat jarayoni tabiatga ishchi kuchi, mehnat predmetlari va mehnat qurollari 
(ikkalasi mehnat vositalarini tashkil qiladi) bilan birgalikda ta’sir qilishi tufayli sodir 
bo‘ladi. 
Ishchi kuchi bu jarayonda asosiy rol egallaydi. Ishchi kuchi insonning mehnat 
qilish qobiliyati bilan belgilanadi.
Ishchi kuchi deganda bizlar insonni jismoniy, aqliy, ma’naviy va ruhiy 
qobiliyatlari va ularni zaruriyat tug‘ilishi bilan ishlatib qandaydir moddiy, ma’naviy 
va madaniy iste’mol qiymatlar yaratishga tushunamiz.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayoni uchta fazadan iborat bo‘lib unga: 
- shakllanish fazasi; 
- taqsimot fazasi; 
- iste’mol fazalari kiradi.
Jahon standartlariga binoan ishchi kuchining asosiy qismini yollanma xodimlar 
tashkil qiladi. Ularga shartnoma (kantrakt) asosida ishlayotgan barcha xodimlar 
www.sies.uz
Page 143 of 356 


144
kiradi. Statistikada ishchi kuchi ro‘yxatdagi xodimlar sifatida hisobga olinadi. 
Ro‘yxatdagi xodimlarga barcha doimiy, vaqtincha va shartnoma asosida ishga qabul 
qilinganlar kiradi.
Vaqtincha ishga qabul qilinganlar tarkibiga bir kun va undan ko‘proq kunlarga 
ishga qabul qilinganlar kiradi. Bunga haqiqatda ishlayotgan va vaqtincha ishga 
chiqmagan, lekin ishda formal holda hisoblanadiganlar kiritiladi.
Nazariyada va amaliyotda mehnat resurslari va mehnat salohiyati degan 
ko‘rsatkichlar ishlatiladi.
VIII-Xalqaro statistiklar (1954 yil) konferensiyasida mehnat resurslariga 
«Xususan mehnat resurslari» va «harbiy xizmatchilar» kirishi ta’kidlangan. «Xususan 
mehnat resurslari» ishlovchilar va ishsizlar kategoriyalariga ajratilgan.
BMT statistika komissiyasi 1966 yilgi 14 sessiyasida «Iqtisodiy faol aholi» 
tushunchasini joriy qilgan. Ularga moddiy ne’matlar ishlab chiqarishida va xizmat 
qilishda qatnasha oladigan shaxslar majmuasi kiradi deb aytilgan.
Mehnat resurslari deganda mehnatga qobiliyatli yoshdagi (ayollar 16-55, 
erkaklar 16-60 yoshda) ishchilar soni tushuniladi. Bu chegara qonun orqali 
belgilangan. 
Mehnat 
resurslari 
chegaralangan, 
lekin 
hayotda 
nogironlar, 
nafaqaxo‘rlar, yosh bolalar mehnat qobiliyatidan (ish kuchidan) foydalaniladi.
Mehnat resurslariga bularni qo‘shsak mehnat salohiyatini tashkil qiladi.
Masalan: viloyatda aholining soni 2,0 mln. kishi, shundan 60%, ya’ni 1,2 mln. 
– mehnatga qobiliyatli yoshdagi ayollar va erkaklar.
Shulardan 0,3 mln. ishsiz.
Ishlayotgan ishchilar soni 1,4 mln. kishi.
Ish bilan band bo‘lgan nogironlar, nafaqaxo‘rlar va yosh bolalar (16 yoshgacha) 
1,4+0,3-1,2=0,5 mln. (ishchilar soni 1,2-0,3+0,5=1,4). 
Mehnat resurslari – 1,2 mln. kishi.
Ishchilar soni – 1,4 mln. kishi.
Mehnat salohiyati – 1,4 +0,5=1,9 mln. kishi.
www.sies.uz
Page 144 of 356 


145
Korxona miqiyosida ishchi xodimlar soni mehnat salohiyatiga teng bo‘ladi.
Xodimlar (ishchilar) soni korxonalarda o‘rganishda va statistik hisobotda ikki 
xil turda bo‘ladi.
1. Ro‘yxatdagilar. 
2. Ishga kelganlar. 
Ro‘yxatdagi xodimlar soni barcha ro‘yxatdan o‘tgan har xil sabablar bilan 
ishga (doimiy, mavsumiy, vaqtinchalik) ishchilar soni kiradi. Ularga (xizmat 
safarida, mehnat ta’tili, dekret ta’tili, kasallar, ishga har xil boshqa sabablar bilan 
o‘qish, deputatlik va h.k.) kelmaganlar kiradi.
Ro‘yxatdagi xodimlarga quyidagilar kirmaydi: 

bir marotaba yoki alohida ishlarni bajarishga taklif qilinganlar (vrachlar 
konsultatsiya uchun, ekspertiza uchun, inventarlarni ta’mirlash, oqlash, 
kraskalash kabilar); 

shartnoma asosida (huquqiy-fuqarolik shartnomalari), agar ular boshqa 
tashkilotda ro‘yxatda tursa; 

o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinganlar hamda boshqa xodimlar va ish haqi 
statistikasi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatilganlar.
Statistik hisobotda xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni ko‘rsatkichi 
ishlatiladi. (1 oy, kvartal, 6 oy, 9 oy va 1 yil). Bunda ishga kelganlar va kelmaganlar 
ham hisobga olinadi.
Masalan: oylik uchun har kuni ro‘yxatdagi ishchilar soni (bayram, dam olish 
kunlari ham hisobga olingan holda) har kunligini jamlab oyning taqvim (kalendar) 
soniga bo‘lish bilan aniqlanadi (ishchi-kun:kallendar kuniga). 
3 oyga bo‘lsa har bir oyning o‘rtacha ko‘rsatkichini jamlab 3 ga bo‘lamiz va 
hokazo. Agarda ishchilar soni har oy boshiga berilgan bo‘lsa o‘rtacha xronologik usul 
bilan aniqlanadi.
O‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar sonini aniqlashda dam olish yoki bayram 
kunlaridagi ishga kelganlar soni bir kun oldin ishga kelganlar soniga teng deb hisobga 
www.sies.uz
Page 145 of 356 


146
olinadi. Masalan, juma kuni 301 kishi ishlagan bo‘lsa, dam olish kunlari, ya’ni shanba 
va yakshanba kunlariga 301 xodim ishga chiqqan deb hisoblanadi. Masalan: 2006 
yilning yanvar oyiga quyidagi ma’lumotlar bor: 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin