Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Intilish - hali etarli darajada anglanmagan ehtiyojdan iborat faoliyat  motividir. Istak



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/77
tarix14.06.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#128139
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
118049 (1)

Intilish - hali etarli darajada anglanmagan ehtiyojdan iborat faoliyat 
motividir.
Istak - faoliyatning motivi sifatida ehtiyojning etarli darajada tushunib 
etilganligi bilan tavsiflanadi. Bunda faqat ehtiyoj ob‘ekti emas, balki uni 
qondirishning mumkin bo‗lgan yo‗llari ham tushunib etiladi. Irodaning 
kuchliligi va kuchsizligi shaxsning individual xususiyatlariga kiradi. 
Hissiyotning buzilishlari ikki xil ko‗rinishda bo‗lib, ulardan birinchisi: 
Abuliya – bu miya patologiyasi zaminida yuzaga keladigan faoliyatga 
intilishning yo‗qligi, harakat qilish yoki uni bajarish uchun qaror qabul qilish 
zarurligini tushungan holda bunday qila olmaslikdir. 
Ikkinchisi: Apraksiya – miya tuzilishining shikastlanishi natijasida kelib 
chiqadigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidir. Bu 
jarayon irodaviy harakatning bajarilishini qiyinlashtiradi. Abuliya va apraksiya – 


psixikasi (ruhiyati) og‗ir kasallangan odamlarga xos, nisbatan kam uchraydigan 
hodisadir. 
SHaxs ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida uning xulq-atvorini boshqarib 
turadigan axloq mezonlari shu his-tuyg‗ularning tevarak atrofdagilardan 
ob‘ektiv ravishda olib turadigan baholashning asosi hisoblanadi. Ayniqsa, 
ma‘naviy his-tuyg‗ularni tarbiyalash pedagogik faoliyatda muhim jihatlardan 
biri hisoblanadi. 
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli 
tizimini ishlab chiqqan: 
A. Kognitiv komponent - ustanovka ob‘ektiga aloqador bilimlar, g‗oyalar, 
tushuncha va tasavvurlar majmui; 
B. Affektiv komponent - ustnovka ob‘ektiga nisbatan sub‘ekt his qiladigan 
real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar); 
V. Harakat komponenti - sub‘ektning ob‘ektga nisbatan real sharoitlarda 
amalga oshirishi mumkin bo‗lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‗lish). 
Bu uch xil komponentlar o‗zaro bir-birlari bilan bog‗liq bo‗lib, vaziyatga 
qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‗lishi mumkin. SHuni aytish 
lozimki, komponentlararo monandlik bo‗lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim 
talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo‗lsalar 
ham, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», 
«jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat 
komponentlarida uyg‗unlik yo‗qligini ko‗rsatadi. Bu bir qarashda so‗z va ish 
birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‗lishini eslatadi. Agar 
odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqka zid harakat qilsa, va bu narsa 
bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‗rganib qoladi va ustanovkaga aylanib 
qolishi mumkin. SHuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar 
vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‗lmasligiga yoshlarni o‗rgatib 
borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga 
bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. 


Kasbga yo‗naltirishda hal qiluvchi davr o‗smirning o‗z istagi yoki 
zaruratiga ko‗ra, tanlagan va uning mehnat yo‗lini belgilaydigan kasbga 
kirishish davridir. Bu davr shuning uchun ham hal qiluvchiki, kishining mehnat 
yo‗li bo‗lishi, bu yo‗lda u qanchalik uzoq vaqt muvaffaqiyatli bora olishi ishlab 
chiqarishni xodimlar o‗rtasidagi muomalani endi o‗quvchi emas, balki boshqa 
rolni malakali xodim rolini qanchalik oson yoki qiyin, tez yoki sekin 
o‗zlashtirishiga bog‗liq.
Kasbiy moslashuv – bu yosh insonning asta-sekin kasbiy mehnat 
sharoitiga kirish vazifasiga ko‗ra emas, balki uning psixik xususiyatiga ko‗ra 
talaba o‗quvchilikdan malakali xodimga aylanishidir.
Organizmning ishlab chiqarish muhiti va mehnat rejimiga moslashish 
tarzida biologik ko‗nikish elementlarini ham o‗z ichiga olgan holda kasbga 
ko‗nikish bir butunlikda ijtimoiy ko‗nikishning asosiy turi hisoblanadi. Kasbiy 
moslashuv davri odatda uchta o‗ziga xos bosqich bo‗yicha boradiki, ularning har 
biri kasbiy ta‘lim pedagoglari uchun juda muhim xususiyatga ega.
1. Kasbiy moslashishning birinchi bosqichi tanishtirish bo‗lib, o‗zining 
atrof muhitidagi yangi rolini anglashidan iborat. U tanlangan kasb bo‗yicha 
muayyan malaka olishga qaror qilgandan boshlanadi va ishlab chiqarish 
ta‘limiga dastlabki nazariy tayyorgarlik davrida, o‗quv qobiliyatlari kasb-hunar 
kolleji tayanch korxona bilan tanishishdan boshlanadi. Kasbiy moslashishning 
bu birinchi bosqichida qabul qilingan qarorning to‗g‗riligini o‗smir o‗zi 
baholaydi. Kasbga, ishlab chiqarish mehnati guruhlariga va o‗qituvchilariga, 
kasb-hunar kelleji va korxonaga munosabati vujudga keladi. O‗smir o‗z 
kelajagiga nazar tashlaydi hamda tanlagan kasbida qanday jozibali va qandaydir 
kamchilik tomonlarini ko‗radi. Bolalikda uyg‗ongan, qiziqtirgan sohalar 
haqidagi o‗y- xayollar barbod bo‗ladi. Hamda yangi umid va intilishlar paydo 
bo‗ladi. Ta‘sirchan o‗smirlar ongida sabablarning qattiq kurashi ketadi. Bu 
kurash oqibati boshqa bir mashg‗ulotga bo‗lgan oldingi intilishlar engadimi yoki 
yangi egallash mavqega muvofiq yangi intilishlar tug‗iladimi, bularning 
hammasi birinchi mashg‗ulot: muallim va yaqin kelajakda o‗qish va ishga 


to‗g‗ri keladigan kasb hunar kolleji va korxonalarning tuzilishi, ulardagi 
umumiy sharoitlar uyg‗otadigan taassurotga bog‗liq bo‗ladi.
2. Kasbiy moslashishning ikkinchi tayyorlov bosqichi – ijtimoiy umumiy 
texnika va maxsus predmetlar hamda o‗quv xonalarida ishlab chiqarish ta‘limini 
asosli o‗rganishdan iborat bo‗lib, bu kasb o‗rganishdir. Bu erda ham tanlangan 
mehnat yo‗lini baholash davom etadi. Atrof muhitga, ta‘limga va 
o‗zlashtirilayotgan mehnatga munosabat o‗zgaradi. Biroq hal qiluvchi narsa 
taassurot emas, balki o‗quv mehnatidagi yutuq va kamchiliklar bo‗ladi. Kasbiy 
moslashishning ancha uzoq va ma‘suliyatli bo‗lgan bu bosqichida kasbini 
o‗zlashtirayotgan malakali xodim shaxsining daslabki shakllanishi yuz beradi. 
Bu shakllanishning muvaffaqiyati o‗zining o‗quv mehnati natijasidan 
qanoatlanishi va qanoatlanmasligiga bog‗liq yutuqlar quvontiradi va ilhom 
beradi, yanada kattaroq muvaffaqiyatlarga undaydi, tasodifiy muvaffaqiyatsizlik 
yanada ko‗proq kuchni safarbar qilishni talab qiladi. Ammo bunday holat tez-tez 
bo‗lib tursa, doimiy muvaffaqiyatsizlik esa ishdan, o‗qishdan va kasbdan 
ixlosini qaytaradi. O‗quv predmeti va ishlab chiqarish mashqlariga bo‗lgan 
qiziqishning paydo bo‗lishi, kuchayishi yoxud yo‗qolishini hamda kasbni 
yoqtirmay qolishi ana shu yutuq va muvaffaqiyatsizliklarga bog‗liq bo‗ladi. 
Bularning hammasi avvalo pedagoglarga o‗quvchilarning yutug‗i va 
muvaffaqiyatsizligi o‗quvchining ruhiy holatiga ko‗ra qanchalik e‘tibor 
berishlariga hamda ularning qanchalik mohirlik bilan boshqara bilishiga bog‗liq. 
3. Kasbiy moslashishning uchinchi asosiy bosqichi yosh insonning korxona 
xodimlari muhitiga singishidir. Bu bosqich o‗quvchi-talaba o‗zini o‗rab olgan 
o‗sha jamoaning a‘zosi sifatida his qiladigan ammo ular darajasida malaka 
orttirmagan mehnat unumdorligi va mahsuloti sifatini ta‘minlay olmaydigan
ba‘zan xato va beparvoliklarga yo‗l qo‗yadigan, ishlab chiqarish amaliyoti 
davrida boshlanadi. Rasmiy jihatdan o‗zining tengligi va atrofdagi kishilar 
bilan ishlab chiqarish malakasida tez emasligi hamda ularning yosh xodimga 
«temir qanot qushcha» deb munosabatda bo‗lishini anglash uning bu 
bosqichdagi kasbiy moslashish jarayonini favqulodda murakkablashtirib 


qo‗yadi. Buni ijobiy hal qilish esa amaliyotda korxona xodimlari bilan o‗zaro 
munosabati qanday bo‗lishi kasb-hunar kollejini tugatgach ular bilan birgalikda 
qiladigan mehnatga bog‗liq bo‗ladi.
Har qanday faoliyat asosida mehnat yotadi. Mehnat esa muayyan kasb-
hunar bilan bog‗liq bo‗lib, o‗ziga xos murakkab jarayon hisoblanadi. 
Mehnatning ana shunday xususiyatlaridan biri yoshlarning kasb-hunarga 
moslashish shartidir. Mazkur pedagogik omil bir nechta bosqichlardan iborat. U 
o‗z imkoniyatlariga mos mehnat jamoasini tanlash, undagi vaziyatni to‗g‗ri 
baholay olish, to‗plangan amaliy tajriba va bilimlarni ish faoliyatiga joriy etish, 
mustaqil ko‗nikma hosil qilish kabi bir qancha shartlarni o‗z ichiga olgan ushbu 
jarayonni umumiy mezon bilan baholash mumkin. Bunday mezon mehnatning 
hayotiy qadriyat ekanini tushunib etish, kasb-hunarga nisbatan o‗z salohiyatini 
baholay olish, mehnat faoliyati va jamoadagi sharoitdan qoniqish, kasbga 
qiziqish, mehnat faoliyatiga oid ko‗nikmaning shakllanishi asosida aniqlanadi. 
Bu esa kasb-hunarga moslashishga yordam beruvchi yoki to‗sqinlik qiluvchi 
ob‘ektiv va sub‘ektiv sabablarni tahlil etishda qo‗llaniladi. 
Kasb-hunarga moslashish sharoiti bir nechta ta‘sir etuvchi omillar 
natijasida yuzaga keladi. Ularning birinchisi tashqi ta‘sir omillari bo‗lib, kichik 
yoshdagi maktab o‗quvchilariga mo‗ljallangan ma‘naviy-tarbiyaviy ishlar, 
ijtimoiy-tarbiyaviy mehnat, oilaviy tarbiya, jamoatchilik tarbiyasi kabi 
tarmoqlardan iborat. Maktabdagi va atrofdagi muhit, ota-onaning kasbi-kori, 
shaxsning ichki va tashqi tabiati, oilaviy kasb-hunar an‘analaridan tashkil topgan 
ijtimoiy pedagogik omillar ikkinchi guruh hisoblanadi. Uchinchi guruhga kasb-
hunarni to‗g‗ri tanlay olish, unga nisbatan qiziqish, malaka, ish sharoiti, mehnat 
faoliyatining samaradorligi kabi o‗ziga xos omillar kiradi. Ana shu omillarni 
uyg‗unlashtirish kasbga moslashuv jarayoniga ijobiy ta‘sir etish barobarida 
ta‘lim – tarbiya tizimiga ilg‗or pedagogik texnologiyalarni va ish tajribalarini 
joriy qilishni taqozo etadi. Bunday pedagogik tadqiqotlar yoshlarning muayyan 
kasb-hunarni mukammal va tez fursatda egallashiga yordam beradi. Bu hol o‗z 
navbatida shaxs va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin