individual psixologik xususiyatlarga va kasbga qo‗yilgan talablarga asosiy
e‘tibor qaratiladi. SHuningdek, unda kasb tanlashning asosini ratsional va ongli
faoliyat tashkil etish to‗g‗risidagi qarashlar o‗z aksini topgan (F.Parkinson). Bu
yo‗nalishda kasbiy rivojlanishga psixotexnik yondashuvni tadbiq etilganligi
diqqatga sazovordir (G.Myunstenbergning,
fikricha, individual sifatlar oddiy
ijrochilik operatsiyalarning yig‗indisi hisoblanadi). Leypsig maktabi psixologlari
kasbiy ta‘lim uchun eng muhimi individual sifatlarni tarbiyalashdir,
degan
g‗oyani ilgari surishdi.
Psixoanalitik yo„nalish vakillari kasbiy rivojlanishning psixodinamik
jihatlarini tahlil qilish bilan shug‗ullandilar. Ular kasb tanlash va
kasbiy
rivojlanish asosida tabiiy ehtiyojlardan tortib
kompleks psixodinamik
mexanizmlar va shaxs tuzilish instansiyalarigacha bo‗lgan turli xil ehtiyojlar
yotadi, degan g‗oya bilan chiqdilar (U.Mozer, L.Zondi, E.Bordin, E.Rou ).
Qaror qabul qilish nazariyasi vakillari kasb tanlash jarayonini o‗rganish
uchun yo‗nalganlik ustanovkalarini tadqiq etishga e‘tibor qaratdilar.
Ularning
qarashlariga ko‗ra, har qanday kasbni tanlash kasbiy alternativa va qaror qabul
qilishga yo‗naltirilgan tizimdan iborat (X.Tome, G.Ris, P.Siller, D.Tideman,
O'Xar). Bu g‗oya vakillari kasb tanlashning sabablari sifatida tanlangan
kasbning e‘tiborliligi, kasbiy malakalarni talab qilish darajasi, shaxsning kasbga
da‘vogarlik darajasi, kasbiy ustanovlarning realligini e‘tirof etishadi.
Taraqqiyot nazariyasi yo‗nalishi vakillari
rivojlanish nazariyasiga
asoslanib ish tutishgan. Bu yo‗nalishning izlanishlari akademik psixologik
xarakterga ega bo‗lib, ilk izlanishlar o‗spirinlarni kasb izlashi bilan bog‗liq
xususiyatlarini asoslashga qaratilgan edi. Ushbu yo‗nalish vakillaridan
D.Syuper, SH.Byuler va E.Ginsbergning ilk ishlariga tayanib, kasbiy rivojlanish
bir nechta bosqichlarga ajratiladi:
1) vujudga kelish bosqichi (tug‗ilgandan to 14 yoshgacha), kasbiy
fantaziyalarga tayanib kasb tanlanadi;
2) tadqiq etish bosqichi (15-24 yosh), shaxs o‗zining imkoniyatlariga mos
kasbni tanlashni niyat qiladi;
3) konsolidatsiya bosqichi (25-44 yosh), barqaror shaxsiy pozitsiyaga mos
kasbiy faoliyat maydoni o‗rnatiladi;
4) saqlash bosqichi (45-64 yosh). Bu davrda shaxsning kasbiy faoliyati
hech qayoqqa og‗masdan aniqlangan kasbiy faoliyat maydoni bo‗yicha kechadi;
5) pasayish bosqichi (65 yosh). Bu bosqichda yangi kasbiy faoliyat roli
paydo bo‗lib, boshqalarning kasbiy faoliyatini kuzatish etakchi o‗ringa chiqadi .
Dostları ilə paylaş: