Kasb tanlashga yo‗llash va kasb maslahatlarini uyushtirish. Kasb tanlashga
yo‗llash eng avvalo odam imkoniyatlari va u yashayotgan muhitning bir qancha
sharoitlarini o‘rganishdan boshlanadi. Bularni
umumlashtirib mehnat
ekspertizasi deb aytiladi.
Mehnat ekspertizasi – bu odamning konkret kasb bo‘yicha mehnatga
yaroqliligini
ma‘lum
mutaxassislar
tomonidan
aniqlanishidir.
Odamning u yoki bu mehnat turiga yaroqliligi quyidagilarga bog‗liq bo‗lishi
mumkin: yoshiga; tegishli bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‗lishga; mazkur
kasb buyicha ishlashga qiziqish va iste‘dodi mavjud bo‗lishiga. Bundan tashqari
yashayotgan sotsial muhit va jinsiga ham bog‗liq bo‗lishi mumkin.
Mehnat ekspertizasi tashkiliy shakllaridan qat‘iy nazar quyidagi umumiy
masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanadi:
Odam ma‘lum ishni boshlab keta oladimi?
Tegishli lavozimda ishni davom ettira oladimi?
Odamdan qaysi soha yoki vazifada foydalanish ma‘qul?
Baxtsiz
hodisa yuz berganda, bunga odam qay darajada aloqador, ishga
qabul qilingan, tayinlanganlar –chi?
Psixodiagnostika ma‘lumotlari asosida prognostik psixologik mehnat
ekspertizasi kishining kelgusi mehnat faoliyatini belgilashga yordamlashadi.
u talablarni har bir pedagog va ota–onalarning bilishi va amal qilishi. Ayniqsa
bolaning 9–sinfni tugatish va xayot yo‘lini belgilab
olishi davrida juda
muhimdir.
Dostları ilə paylaş: