1-mavzu: Imkoniyati cheklangan o„quvchilarni ta‟lim jarayoniga jalb qilishga
oid qonun hujjatlar
REJA:
1. Inklyuziv ta’limni sifatli va samarali tashkil etish shart-sharoitlari
.
2. Ta’lim muassasasini ilmiy-metodik boshqarishda innovatsion ta’lim va uni
amaliyotga kiritish bosqichlari.
Tayanch sо„zlar:
inklyuziv ta’lim,
korreksiya,
abilitatsiya ishlari,
differensiyalash, maxsus ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yо‘nalishlar
surdo,
oligo,
tiflo
va
logopediya,
imkoniyati
cheklangan
bolalar,
modifikatsiyalashgan ta’lim, improvizatsiya.
1. Inklyuziv ta‟limni sifatli va samarali tashkil etish shart-sharoitlari
Imkoniyati
cheklangan
bolalar
uchun
ixtisoslashtirilgan
ta’lim
muassasalari о‘quvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlash:
Imkoniyati cheklangan bolalar о‘qitiladigan ta’lim
muassasalarini zarur
adabiyotlar, metodik qо‘llanmalar,turli kasblarga о‘qitish uchun zarur bо‘lgan
uskuna va jixozlar bilan ta’minlash orqali inklyuziv ta’limga tayyorlash;
Jamoatchilik о‘rtasida ICHB larning bilim olish huquqi,
inklyuziv
о‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini
joriy etish;
О‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan
kelib chiqqan holda
maxsus maktab-internatlarni optimallashtirish orqali Umumta’lim maktablarida
inklyuziv ta’limni shakllantirish;
О„quv jarayonini tashkil etish sohasida:
О‘quvchilarni imkoniyati va muammolarining darajasi bо‘yicha
differensiyalash va har bir darajadagi о‘quvchilarning
imkoniyatiga mos dastur
asosida ta’lim berilishini tashkil qilish.
Maxsus ta’limning boshlang‘ich bosqichida korreksiya, abilitatsiya ishlarini
sifatli amalga oshirish orqali о‘quvchilarni inklyuziv ta’limga tayyorlash.
Oilasida, yaqinlari bilan mahallasida yashash va umumiy о‘rta ta’lim maktabda
о‘qishiga tayyorlash.
Korreksiyalovchi ta’lim mazmunini о‘quvchilarning
ehtiyojidan kelib
chiqqan holda individual bо‘lishini ta’minlash orqali har bir о‘quvchi inklyuziv
ta’lim sharoitida erkin his qiladigan darajaga yetkazish.
Har bir yо‘nalish bо‘yicha dasturlar о‘quvchilarni
ijtimoiy hayotga
moslashuviga yо‘naltiruvchi mazmunga yо‘naltirilgan bо‘lishini ta’minlash.
Ta’lim jarayonida barcha pedagog xodimlar-о‘qituvchi, tarbiyachilar oldiga
yagona talab-о‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, oilada, mahallada,
jamoatchilik
joylarda, kо‘chada, transportda, dо‘konda,
bozorda egallanadigan
barcha kommunikativ kо‘nikma va malakalarni berilishini ta’minlash.
Imkoniyati cheklangan bolalarning moslashishi va integratsiyasiga erishish
uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jixozlar bilan ta’minlash;
Imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olishga bо‘lgan
huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
О‘quvchilarni imkoniyatlari bо‘yicha tashxis qilishini ta’minlash va
tabaqalashtirilgan ta’lim olib borishga tayyorlanish.