1-mavzu: Imkoniyati cheklangan o„quvchilarni ta‟lim jarayoniga jalb qilishga oid qonun hujjatlar reja


Ta‟lim muassasasini ilmiy-metodik boshqarishda innovatsion ta‟lim



Yüklə 267,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix07.07.2023
ölçüsü267,14 Kb.
#128486
1   2   3   4
Маъруза матни 1

Ta‟lim muassasasini ilmiy-metodik boshqarishda innovatsion ta‟lim
va uni amaliyotga kiritish bosqichlari.


Innovatsion pedagogik ta’lim bosqichlari

 
Birinchi bosqich
– yangi g‘oyalarni izlash. U о‘z navbatida quyidagilardir: 
• 
axborotlar bankini yaratish. О‘qituvchilar ta’limda innovatsion jarayonlar 
rivojlanishiga bag‘ishlangan nazariy-amaliy seminar, treninglarni tashkil etish va 
ularni innovatsiyalar zarurligi va qо‘llashga tayyorlash; 
• 
umumta’lim muassasasining innovatsiyalarga bо‘lgan ehtiyojini aniqlash, 
metodbirlashma, markazlar, tuman, shahardagi internet orqali innovatsion banklar 
bilan aloqa о‘rnatish. 
Ikkinchi bosqich
– yangilikni kiritishni shakllantirish: 
• 
tahlil va loyihalashtirish. Yangilikni kiritish g‘oyalarini shakllantirish va 
ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlari, ishni olib borish jarayonini loyihalash;
• 
innovatsion g‘oyani ijodkor о‘qituvchilar guruhi bilan sinovdan о‘tkazish; 
• 
tajriba-sinovdan о‘tkazilgan amaliy ishning yakunini chiqarish, shu asosda 
yangilikni keng miqyosda qо‘llash bо‘yicha qaror qabul qilish va uni amalga 
oshirish bо‘yicha dastur ishlab chiqish. 
Uchinchi bosqich
– yangilikni amaliyotga kiritish: 
• 
yangilikni keng miqyosda amalga oshirishda boshqaruv resurslarini ishga 
solish. Muassasa rahbarlari tashabbus va mas’uliyatni о‘z bо‘yniga oladi va butun 
pedagogik jamoani yangilikni о‘quv jarayoniga qо‘llashga jalb etadi. 
• 
navbatdagi bosqich yangilikni joriy etishni tahlil qilish, tanqidiy qarash, 
tadbirlar kо‘rish, joriy etishni mustahkamlashdan iborat. 
Innovatsion jarayonlarni samarali boshqarishda pedagogik ta‟lim 
yо„nalishlari.
 Innovatsion pedagogik ta’lim yо‘nalishlari:
• 
«Aqliy hujum» (о‘qituvchi tomonidan berilgan savolga о‘quvchilarning 
birin-ketin javob berishlari);
• 
«Modifikatsiyalashgan ta’lim» – shakli о‘zgartirilgan ma’ruza (о‘qituvchi 
о‘quvchilar bilan muloqot tarzida, savol-javob, bahs-munozara orqali dars о‘tadi);
• 
«Improvizatsiya» – tayyorgarliksiz bayon etish (о‘qituvchi tomonidan 
berilgan savol yoki topshiriqlarga о‘quvchilarning tayyorgarliksiz javob berishi);


• 
«Multimediya-videodasturlar asosida dars о‘tish» – ma’lum bir mavzuni 
dasturli, ovozli, kо‘rgazmali televizor, video qurilmalari yordamida о‘tish usuli;
• 
«Muayyan vaziyat yoki holatni tahlil qilish» – biror-bir hayotiy voqea, 
vaziyat, hodisalarni о‘rganish, tahlil qilish, tо‘g‘ri xulosa chiqarish;
• 
«Nuqtai nazaring bо‘lsin» – о‘qituvchining savol yoki topshiriqlariga 
barcha о‘quvchilar о‘z nuqtai nazarlarini bildiradilar, ularda о‘zlarining shaxsiy 
hayot yо‘li qaror topadi;
• 
«Tanqidiy fikrlash» – о‘quvchilar о‘qituvchining bergan savollariga bir-
birini takrorlamagan holda, tanqidiy yondashib fikrlarini bildiradilar.
• 
Bundan tashqari «Har kim – har kimga о‘rgatadi», «Pantomima – sо‘zsiz 
harakatlar yordamida ifodalash», «Rolli о‘yin, sahna kо‘rinishi» kabi usullar ham 
mavjud.
Tizimli innovatsiyalar – muayyan muammo doirasidan kelib chiqadigan, aniq 
maqsad va vazifalarga ega bо‘lgan innovatsiya-lardir. Bular о‘qituvchi va о‘quvchi 
qiziqishlari asosida tuzilib, uzviylik xarakteriga ega bо‘ladi. Bunday innovatsiyalar 
puxta tayyorlanib, ekspertlardan о‘tadi va zarur vositalar bilan ta’minlanadi.

Yüklə 267,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin