77
unlilar deyiladi. «I» va «u» unlilar so‘z ichida, ko‘pincha, qisqa
talaffuz etiladi: ikki jarangsiz undosh orasida esa nihoyatda
qisqa radi. Masalan, bir, yigit, tish, qish. «I» unlisi til oldi, tor va
lablanmagan tovush bo‘lib, so‘zning turli undoshlarida turlicha
talaffuz etiladi. Masalan: biz, siz, ildiz, idish kabi so‘zlarda «i»
unlisi old qator tovushidir, chuqur til orqa undosh tovushlari «q»,
«x», «g‘»lardan keyin keladigan «i» orqa qator unliga moyildir.
Masalan: qiz, og‘ir, oxir. «U» unlisi til orqa, tor va lablangan to-
vushdir. «U» unlisi talaffuz qilganda tilning gorizontal harakati
tanglay orqasiga qaratilgan bo‘ladi, vertikal harakati esa tanglay-
ga qarab ancha ko‘tariladi, lablar cho‘chchayadi va to‘garak shak-
lini oladi. «O» unlisi o‘rtacha keng (tor bilan keng unli orasidagi)
tovush; til oldi, lablanmagan tovush «e» unlisi yarim tor unli to-
vush bo‘lganidan, jonli tilda ko‘pincha «i» bilan almashib turadi.
Masalan, mehmon – mihmon, dehqon – dihqon kabilar. «A» un-
lisi til oldi keng, lablanmagan tovushdir. Bu unli ham so‘zdagi
o‘rniga qarab ikki xil talaffuz etiladi, aka, dala kabi so‘zlarda
old qator ochiq «e» tovushini bildirsa, qand, qars kabi so‘zlarda
chuqur til orqa undoshlari – «q», «g‘», «x»dan keyin til orqa un-
lisiday talaffuz qilinadi.
«O» unlisi keng, til orqa, lablangan tovushdir. Bu unli o‘g‘il,
bo‘ri, to‘g‘ri kabi sodda so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida keladi.
«U» unlisi «q», «g‘», «x» undoshlardan keyin kelganda qattiq,
aksincha «k», «g», «s» undoshlardan keyingi holatda esa nisbatan
yumshoqroq talaffuz etiladi. Masalan, qo‘l-ko‘l, xo‘p-cho‘p.
Dostları ilə paylaş: