Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tili o‘qitishda o‘quvchilarni til hodisalarini ajratishga



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Ona tili o‘qitishda o‘quvchilarni til hodisalarini ajratishga 
o‘rgatish prinsipi. 
Til hodisalarini ajratish maktab «Ona tili» o‘quv 
fanida qo‘llaniladigan atamalarning ma’nosini tushunishdan tortib, 
o‘rganilayotgan til materiallarini kuzatish yoki o‘zaro qiyoslash 
asosida o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash, mustaqil ravishda 
umumlashmalar hosil qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z 
ichiga oladi. 
Ma’lumki, har bir ona tili mashg‘ulotida o‘quvchilar muayyan 
atamaga duch keladi. Masalan, «Fonetika» bo‘limi o‘rganilar ekan, 


65
tovush, harf, unli, undosh, jarangli tovush, jarangsiz tovush, bo‘g‘in, 
urg‘u kabi zaruriy atamalar bilan ish ko‘radi. Agar o‘quvchi bu 
atamalarning ma’nosini tushunmasa, bo‘lim ular tomonidan 
o‘zlashtirilgan deb bo‘lmaydi. 
Til hodisalarini ajrata olmaslik ko‘p hollarda ularni aralashtirib 
qo‘llashga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘quvchilar 
barmoq, sarg‘ish, 
ishlash
kabi so‘zlar tarkibidagi -moq, -ish, -sh qo‘shimchalariga 
qarab, uni harakat nomi deb atashadi. Ayniqsa, kelishik bilan egalik, 
turlanish bilan tuslanish, morfologik tahlil bilan sintaktik tahlil 
kabilarda ularni farqlay olmaslik holatlari ko‘p uchraydi. Buning 
uchun oldin o‘rganilgan atama bilan keyin o‘rganiladigan atama 
orasida musgahkam zanjir hosil qilinmog‘i lozim. Zero, bilimlar 
xalqalardan tashkil topgan bir butun zanjirdir. 
Til hodisalarini ajratish, ayniqsa, matn ustida ishlash jarayonida
ko‘proq kerak bo‘ladi. Chunki o‘quvchi tanlangan matndan u 
yoki bu til hodisani ajratishi, uning mohiyatini sharhlashi, shu asosda 
umumlashmalar hosil qilishi lozim. 
Ona tili o‘qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta’sirini nazarda 
tutish prinsipi. 
Ma’lumki, o‘zbek tili o‘zining sheva qatlami jihatidan 
xilma-xil va juda murakkabdir. O‘zbek milliy tili boshqa qardosh 
turkiy tillarga nisbatan juda sersheva hisoblanadi. Professor 
V.V.Reshetov tasnifiga ko‘ra, o‘zbek xalqi qatlamida tarixiy-
lingvistik jihatdan bir-biridan ajraladigan (farq qiladigan) uch dialekt 
birligi bor: 1) qipchoq; 2) o‘g‘iz; 3) qarluq–chigil–uyg‘ur. 
Bu yirik dialektlarning har biri, ayniqsa, qarluq–chigil–uyg‘ur 
lahjasi, o‘z navbatida, bir necha ayrim mayda bo‘laklarga bo‘linadi. 
Dialektlar fonetik xususiyatlari jihatidan 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin