O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


«O'zbekturizm» milliy kompaniyasi tuzildi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

«O'zbekturizm» milliy kompaniyasi tuzildi. 
Milliy 
kompaniya O'zbekistonda sayyohlikning xuquqiy, iqtisodiy asoslarini shakllantirib, jahon andozalariga 
muvofiq keladigan sayyohlik tizimini tarkib toptirib bormoqda. Xorijiy investitsiyalar jalb etilib 
zamonaviy sayyohlik majmualari qurildi. Tarixiy me'morchilik obidalari ta'mirlanishiga ularni 
targ'ibot-tashviqot qilish ishiga ahamiyat berilmoqda.
Turizmga sarf 
qilingan mablag' boshqa sohalarga qilingan xarajatlarga qaraganda o'zini tezroq 
oqlaydi. Biroq turizm faqat iqtisodiyotning muhim tarmog'i, biznes va foyda olish manbaigina
133


bo'lib qolmay, u tashqi iqtisodiy aloqalami har tomonlama rivojlantirishga, yaxshi qo'shnichilikka, turli 
xalqlaming madaniyati, urf-odatlari, an'analari bilan keng ko'lamda tanishishga imkoniyat yaratadi.
O'zbekiston Respublikasining xalqaro va mintaqaviy sayohatni rivojlantirishga qulay geografik 
joylashuvi, tabiiy iqlim sharoitining turli- tuman va g'oyat qulayligi, tsivilizatsiya tarixida munosib 
o'ringa egaligi, bebaho tarixiy arxitektura ekzotikasi bilan ajralib turishi, yuqori sifatli shirin-shakar 
meva va poliz mahsulotlariga mo'lligi va albatta, o'z an'analarini, urf-odatlarini saqlab qolgan 
mehmondo'st va xushmuomala xalqi borligi tufayli katta imkoniyatlarga ega. Bulaming hammasi chet 
ellik sayyohlarni qiziqtirmoqda.
Respublikada sayyohlik to'g'risida gap ketganda, avvalo, tarixiy va qadimiy madaniyat 
markazlari bo'lgan hamda dunyoni qoyil qoldirgan yodgorliklar jamlangan Samarqand, Buxoro, Xiva, 
Shaxrisabz va boshqa shaharlarni ko'rsatib o'tish o'rinlidir. Er yuzining ko'plab aholisi bu shaharlarda 
bo'lishni orzu qiladi. Mumtoz arxitektura-qurilish san'ati durdonalari kishini qoyil qoldiradi va o'ziga 
maftun etadi. Serquyosh O'zbekistonning qadimiy shaharlarini haqli ravishda Sharqning durdonalari 
deyish mumkin. Ajoyib arxitektura ko'rinishiga ega yodgorliklarning o'zida uzoq asrlar qa'rida qolib 
ketgan tarix bamisoli jonlanib turgandek. Shoirlar, olimlar, tarixchilar va sayyohlar o'lmas asarlar 
yaratib ulug' iste'dod sohiblarini asrlar davomida mujassamlashtirib kelgan xalq xunarmandlari, mohir 
shahar qurivchilari- yu, yodgorliklarning betakror go'zalliklari hususida yozishgan.
Sharqda Samarqand er yuzining sayqali, Buxoro esa islom dinining o'chog'i hisoblangan. 
Samarqandagi Shohizinda ansambli, Go'r Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, Registon ansambli, 
Ulug'bek rasadxonasi, Sherdor madrasasi, Buxorodagi Kalon minorasi, Chorminor, Ismoil Samoniy 
maqbarasi, Devonbegi va Mir Arab madrasasi, Xivadagi Ichanqal'a, Dushanqal'a xar bir sayyohni 
o'ziga mahliyo qiladigan go'zalligi bilan ajralib turadi. Samarqandning go'zalligiga mahliyo bo'lgan 
Aleksandr Makedonskiy shunday yozadi: «Samarqand go'zalligi to'g'risida nima eshitgan bo'lsam, 
hammasi haqiqat, istisnosi shundaki, u men tasavvur qilganimdan ham ajoyibdir».
O'zbekistonda sayyohlik industriyasini rivojlantirish maqsadida «Respublikada xalqaro 
sayyohlikni rivojlantiri
Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin