o'tayotgan loyiha - bu maxsus Samarqand va Samarqand viloyati xalqaro turizm bo'yicha erkin iqtisodiy zonani tashkil qilish real loyiha hisoblanadi. Huddi shunday Buxoro va Xiva xalqaro turizm
bo'yicha erkin iqtisodiy zonani tashkil qilish maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Xalqaro turizm milliy iqtisodning daromadli tarmog'i va tashqi iqtisodiy aloqlaming muhim
shakllaridan biridir. Turizm iqtisodiyotning muhim tarmog'i sifatida sotsial sohani bir qismi
hisoblanadi. Dunyodagi ko'pchilik davlatlar turistik faoliyatini kengaytirib juda katta foyda oladilar.
Turizmdan keladigan foyda, ayrim davlatlarda neft va gaz tarmoqlari bilan, avtomobil ishlab chiqarish
bilan baxslashadi.
Frantsiyada turizmdan tushadigan foyda avtomobil sanoatidan olinadigan foydadan oshib ketdi.
Ayrim davlatlarda turizm faoliyatidan olinadigan daromadning ulushi yalpi milliy daromadning 15-
35%ini egallaydi. Gretsiya, Italiya, AQSh, Frantsiya, Ispaniya, Misr va boshqa davlatlar shular
qatoriga kiradi. Ispaniya bir yilda turizmdan 60 mid. dollar, Italiya-35, Misr-17 mid. dollar va hokazo
daromad oladilar. Turizmning rivojlanishi boshqa tarmoqlar va xizmat turlarini rivojlanishiga, muhim
sotsial vazifalarni hal qilinishiga va shuning bilan milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga olib keladi.
Iste'mol tovarlari ishlab chiqaradigan va savdo qiladigan korxonalar ochiladi, mexmonxonalar quriladi,
kommunal xo'jaligi, transport, aloqa va infrastrukturaning bos hqa sohalari rivoj topadi. Turizm
rivojlangan davlatlaming tajribasi shuni ko'rsatayaptiki, bir turistga xizmat ko'rsatish uchun
iqtisodiyotning turli sohalarida 3-4 shartli ishchi joyini tashkil qilish zarur bo'ladi.
O'zbekistonning ko'xna tarixi, qadimiy madaniy- me'moriy yodgorliklari jahon turistlarini
hamisha o'ziga chorlab kelgan. Sobiq ittifoq davrida tashqi mamlakatlar bilan turistik aloqalar va bu
bilan bog'liq manbalar markaz ixtiyorida bo'lganligi sababli respublika iqtisodiyoti undan uncha naf
ko'rmasdi. Natijada turizm ishi o'lkada jahon andozalari darajasiga ko'tarilmay, tashkiliy jihatdan
orqada qoldi.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng turizm ishini yaxshilash maqsadida O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27 iyuldagi Farmoni bilan sayohat sohasida respublikada yagona
siyosatni amalga oshiruvchi davlat organi-