O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


quyidagi tartibi joriy etilgan



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

quyidagi tartibi joriy etilgan:
-eksport ulushi 25 foizdan 50 foizgacha bo'lganida, belgilangan mulk solig'i stavkasi 50 
foizgacha kamaytiriladi;
-50 va undan ko'proq foiz bo'lganida, mulk solig'i umuman undirilmaydi.
Biroq shuni aytib o'tish kerakki, mazkur imtiyozlar paxta tolasi, ip gazlama kalavasi, lint, neft, 
neft maxsulotlari, gaz kondensati, tabiiy gaz, elektr energiyasi, qimmatbaho, rangli va qora metallami 
eksport qiluvchi korxonalar bundan mustasno.
Tashqi savdoni amalga oshirishda miqdoriy cheklovlar belgilangani va tovarlaming ayrim 
turlarini eksport va import qilish ustidan davlat nazorati o'matilgan.
Respublikada Qo'shma tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy hamkorlikning muhim shakli sifatida 
keng rivoj topib borayapti. Bunday faoliyatning keng tarqalgan turi - bu 
qo'shma korxonalardir. 
Ular 
ishlab chiqarish, savdo-vositachi yo'nalishida hamda xizmat ko'rsatish va boshqa yo'nalishlarda 
tuzilgan.
Qo'shma korxonalarni ochish chet el kapitalini jalb qilishning bir shakli bo'lib u ishlab 
chiqarishning texnologik darajasini oshirishni, mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish va ishchi 
kuchining malakasini oshirishni ta'minlaydi.
O'zbekistonda qo'shma korxonalarni tuzish mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boshlangan. 
Masalan, Hozirgi davrda ham faol ishlayotgan «Sovplastital» korxonasi, Asaka shahrida, Janubiy 
Koreya bilan hamkorlikda tuzilgan «O'zDEU» avtomobil zavodi, Samarqand shahridagi «SAM-Koch-
avto» qo'shma korxonasi (U shinam va qulay avtomobillar yuk tashuvchi mashinalar, hamda o't 
o'chiruvchi mashinalar ishlab chiqaradi), Muruntov oltin konida O'zbekiston Amerika «Zarafshon-
Nyumont», Amerikaning Keys firmasi bilan TTZ qo'shma korxonalari tashkil topdi. Andijonda 
zkskavator ishlab chiqaradigan o'zbek-rus qo'shma korxonasi, Farg'onada nemis «Salamander» firmasi 
bilan birgalikda «O'zsalaman» qo'shma korxonasi, Toshkent viloyatida O'zbek-Koreys «Kabul-
Toytepa-tekstaylz» kabi yirik qo'shma korxonalari tuzildi. Eng yirik qo'shma korxonalardan yana 
Kabul-O'zbek, Qizilqum tsement, O'zDEU elektroniks, AY-Sel, Uzdunrobita, DEU tekstil va ko'pgina 
boshqalar faoliyat ko'rsatishayapti.
Tuzilgan korxonalaming 38-40%) sanoat tarmog'ida faoliyat ko'rsatayapti, qishloq xo'jaligi va 
qurilishda bunday korxonalarni salmog'i hozircha nisbatan kamroqdir.
Prezidentimiz LKarimov tomonidan 1999 yilning iqtisodiy va sotsial rivojlanish yakunlariga 
bag'ishlangan majlisda, chet el kapitali asosida tashkil qilingan qo'shma korxonalar ishida jiddiy
131


kamchiliklar borligini ta'kidlagan. Unda tuzilgan korxonalaming yarmidan ko'prog'i ishlamayotganligi, 
ularning faqatgina 1/3 qismi ishlab chiqarish sohasiga to'g'ri kelishi, qo'shma korxonalaming asosan 
Toshkent shahrida joylashganligi qayd etib o'tilgan edi. Shundan keyin bu sohada qator tadbirlar 
belgilandi va qo'shma korxonalami tuzish, ularning faoliyatlari ancha yaxshilandi. Soliqqa tortishda, 
bojxonlardagi rasmiylashtirish ishlarida va boshqalarda berilgan imtiyozlar eksport mahsulotlarini 
sezilarli darajada ko'payishga olib keldi.
O'zbekiston umumiy eksporti hajmida qo'shma korxonalaming ulushi 14-15%ni tashkil qiladi. 
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki qo'shma korxonalaming rivojlanishi ko'shimcha ish joylarini 
yaratishga imkon beradi. Bu o'z navbatida mehnat resurslari ko'p bo'lgan respublikamiz uchunjuda 
muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin