Respublika eksportida Buyuk Britaniya (11-13%), Shveytsariya (13-14%), importida-Koreya
(16,18%), Germaniya (14-11,5%), AQSh (10-14%) va hokazo ni tashkil qiladi.
Xorijiy mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish, eksport va importning tarkibini
takomillashtirish sohasida respublika hukumatining olib borayotgan say-xarakatlari o'zining ijobiy
natijalarini bera boshladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarining O'zbekiston importidagi ulushidan ko'rsa
bo'ladi. Bu ulush 2002 yilga kelib 2 barobardan oshig'roqqa kamaydi.
Eng muhimi, O'zbekistonda xorijiy davlatlardan keltirilayotgan tovarlar ichida texnologik
asbob-uskuna va jihozlaming salmog'i yildan-yilga ortib bormoqda va endilikda u jami importning
yarmidan ko'prog'ini tashkil etmoqda. Gap shundaki, milliy iqtisodiyotning taraqqiyoti va
O'zbekistonning rivojlangan dalatlar qatoriga chiqishi uchun avvalambor moddiy ishlab chiqarishni
yangi texnika va texnologiyalar asosida qayta qurish talab qilinar ekan, import tarkibining bunday
o'zgarishi o'ta ijobiy holdir.
Tashqi savdoning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ta'sirini kuchaytirishning muhim omili
eksport bilan import orasidagi ijobiy saldoga, ya'ni eksport hajmining import hajmidan ortiqligiga
erishishdir. Shuning uchun O'zbekiston davlat mustaqilligining ilk davridan boshlab respublika
hukumati mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportni har tamonlama rag'batlantirishga katta
ahamiyat berib kelmoqda. Eksportbop, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarni
rag'batlantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilangan va amalga oshirilayapti. Xususan,
2000 yilning 1 iyulidan boshlab mulkchilikning barcha shakllaridagi eksport qiluvchi korxonalaming
o'zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilingan maxsulotlar (ishlar,
xizmatlar)dan olingan daromadlaridan daromad(foyda) solig'ini to'lashdan ozod qilingan. Ular uchun
shuningdek o'zi ishlab chiqargan maxsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksporti ulushiga qarab mulk solig'i
to'lashning
Dostları ilə paylaş: