O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Uchinchidan, 
eksportni kengaytirishga qaratilgan strategiyani faol qo'llash bilan bir qatorda 
importning salmog'ini qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o'tkazish, o'zimiz ishlab 
chiqarishimiz mumkin bo'lgan tovarlar va mahsulotlarning chetdan keltiril ishini oqilona darajada 
kamaytirish talab qilinadi. Importning salmog'ini qisqartirishga qaratilgan dastur doirasida e'tiborni 
oziq-ovqat mahsulotlari va resurslarning chetdan olib kelish o'rniga serhosil ekin navlari urug'larini va 
ularni etishtirish bo'yicha sanoat texnologiyasini, o'simliklarni himoya qilish vositalarini, dehqonchilik 
mahsulotlarini sanoat usulida chuqur qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy uskunalarni, 
shuningdek fermer (dehqon) xo'jaliklari uchun texnikani chetdan olib kelishga qaratish zarur.
To'rtinchidan, 
tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo'jalik ishlarini yurituvchi 
sub'ektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o'rnatishda, o'z mahsulotini chet ellarda sotishda 
ko'proq erkinlik berish, tovarlarni eksport va import qilishda birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish 
borasida aniq maqsadni ko'zlab siyosat o'tkazish.
Beshinchidan, 
xorijiy sarmoyalami, asosan bevosita kapital mablag'lar tarzida sarmoyalarni 
respublika iqtisodiyotiga keng ko'lamda jalb etish uchun zaruriy huquqiy, ijtimoiy- iqtisodiy hamda 
boshqa sharoitlarni vujudga keltirish, qo'shma korxonalarni tashkil qilishda ko'maklashish, shuningdek 
sarmoyalarning manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash.
Oltinchidan, 
tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlarini majmuini- ixtisoslashtirilgan tashqi 
savdo, lizing, konsalting va sug'urta firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga 
mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini vujudga keltirish.
Ettinchidan, 
xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hisob-kitob va statistik 
hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish.
Bundan tashqari, respublika fuqarolar va yuridik shaxslaming aqliy mulkini himoya qilish 
uchun o'zimizning 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin