O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


O'zbekiston mustaqilligi va uning tashqi iqtisodiy faoliyati printsiplari. Ochiq iqtisodiyot



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

O'zbekiston mustaqilligi va uning tashqi iqtisodiy faoliyati printsiplari. Ochiq iqtisodiyot
modeli
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a'zosi bo'ldi. 
O'zbekiston xalqaro munosobatlarda mustaqil suveren davlat sifatida faoliyat olib boradi. Mustaqillik 
tufayli ko'pchilik xorijiy davlatlari bilan mustaqil iqtisodiy hamkorlik aloqalari o'rnatdi. Bu hamkorlik 
davlat siyosatining muhim qismi bo'lib, respublika iqtisodiy rivojlanishining ustivor yo'nalishlaridan 
biri sifatida belgilab qo'yilgan. 
O'zbekiston davlat siyosatini maqsadi respublika iqtisodiyotini 
jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini ta'minlas h va haqiqatda ochiq iqtisodiyotga 
erishishdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda mazkur mamlakat yuridik va jis moniy shaxslarining 
xorijiy davlatlarning yuridik va jis moniy s haxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro 
foydali iqtisodiy aloqalarni o'rnatis h va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
O'zbekiston o'tmishda juda ko'p mineral xom-ashyo resurlariga, katta ishlab chiqarish texnika 
imkoniyatlariga, boy mehnat resurslariga ega bo'lgani holda, strategiya jihatidan juda qulay geopolitik 
holatda joylashgan bo'lishiga qaramay tashqi dunyodan ajralib qolgan edi.
«Shunday bir g'ayritabiiy vaziyat vujudga kelib qolgan ediki, deydi Prezidentimiz LKarimov -
respublika umuman «ochiq» iqtisodiyotga ega bo'la turib, etishtirilgan maxsulotning 30 foiziga yaqini 
tashqariga olib chiqib ketilishiga qaramay, amalda 
yopiq 
mamlakat bo'lib qolaverdi. U jaxon bozoriga 
to'g'ridan-to'g'ri chiqa olmasdi va uning barcha tashqi aloqalari sobiq Ittifoq va O'zaro Iqtisodiy 
Yordam Kengashi chegaralaridan 
nariga o'tmasdi. Masalan, O'zbekiston tashqi 
savdo 
munosobatlarining 83 foizdan ziyodrog'i Ittifoq respublikalari bilan savdo sotiq hissasiga to'g'ri kelar 
edi». («O'zbekistonning bozor munosobatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li». Toshkent. O'zbekiston, 
1993yil. 91 bet.)
Respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi xalqaro mehnat taqsimotida, boshqa davlatlar 
bilan teng huquqli aloqalar o'matishni nafaqat imkoniyatini, balki uning zaruratini ham ochib berdi.
Prezidentimiz LKarimov o'zining asarlari, ma'ruza va nutqlarida tashqi siyosiy va iqtisodiy 
aloqalaming asosiy tamoyillarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi siyosatga 
tinchlik barqarorlik, hamkorlik yo'li asos qilib olindi. O'zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligini dunyodagi 165 ta nufuzli davlat tan oldi, ulardan 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, 
iqtisodiy, ilmiy- texnikaviy va madaniy aloqalar o'rnatildi.
-
Toshkentda 43 mamlakatning elchixonalari ochildi. 
-
Respublikada 88 ta xorijiy mamlakat vakolatxonalari akkreditatsiya qilingan, 24 ta 
hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. 
-
Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda O'zbekistonning elchixona-lari va konsullari ishlab turib 
di. 
-
O'zbekiston 30 ta nufuzli xalqaro iqtisodiy va moliya tashkilotlarining teng huquqli a'zosi. 
-
Jaxonning 140 mamlakati bilan savdo- iqtisodiy muno-sobatlar o'rnatilgan. 
-
Mustaqillik yillarida O'zbekiston iqtisodiyotiga 12 mlrd. AQSh dollari miqdorida xorijiy 
investitsiyalar jalb qilindi. 
-
Xorijiy sarmoya ishtirokida 2000 dan ortiq korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. 
-
Tashqi savdo oboroti miqdori 2000 yilda 6 mlrd. dan ortiq AQSh dollarini tashkil etdi, 2001 
yilda bu ko'rsatkich 3,1 foizga o'sdi. 
-
Jahonning 80 mamlakatiga O'zbekiston mahsulotlari eksport qilinadi va turli xizmatlar 
ko'rsatiladi. Eksportning umumiy hajmi deyarli 2 baravar, uzoq xorijiy mamlakatlarga esa 2,4 baravar 
oshdi. 
126


O'zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy printsiplari to'g'risida», 
«Chet El investorlari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risida», «Tashqi iqtisodiy 
faoliyat to'g'risida»gi Qonunlari uning xalqaro maydonda faol va keng ko'lamli hamkorlik qilishi 
uchun huquqiy kafolat bo'lib xizmat qilmoqda.
1992
yilning 2 mart kuni O'zbekiston Respublikasi o'zining xoxish- irodasi va taklifiga ko'ra 
eng nufuzli xalqaro tashkilot - BMTiga qabul qilindi va shu kuni BMTining Nyu-Yorkdagi binosi 
olidida Mustaqil O'zbekiston Republikasining bayrog'i ko'tarildi.
1993
yilda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi. O'zbekiston jahon hamjamiyatining 
to'la, teng huquqli a'zosi sifatida BMT faoliyatida ishtirok etmoqda.
1992 yilning fevral oyida Respublikamiz Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ga 
kirdi. Keyin 105 ta mamlakatni o'zida birlashtirgan Qo'shilmaslik harakati a'zosiga aylandi. 1992 
yilning oktyabr oyida esa dunyoning eng keksa tashkilotlaridan bin Parlamentlararo ittifoqning 19-
a'zosi sifatida tan olindi. 2001 yil iyunda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo'lib kirdi. O'zbekiston 
ko'pgina mintaqaviy tashkilotlar, Evropa ittifoqi va boshqalar bilan samarali hamkorlik qilmoqda. 
Vatanimiz, shuningdek, Xalqaro valyuta fondi, Butunjahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, 
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT), Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun BMTning ijtimoiy va 
iqtisodiy komissiyasi, Qayta qurish (tiklash) va rivojlantirish Xalqaro banki, Qayta qurish (tiklash) va 
rivojlantirish Evropa bankiga a'zo bo'lib kirdi.
O'zbekistonning BMT homiyligida ta'lim. Fan va madaniyat bilan shug'ullanuvchi xalqaro 
tashkilot - YuNESKO bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993 yil 29 oktyabrda YuNESKOning 
qarorgohi Parijda O'zbekiston YuNESKOga a'zolikka qabul qilindi. 1994 yil oktyabrda Parijda 
vatandoshimiz Mirzo Ulug'bek tavalludining 600 yilligiga bag'ishlangan Ulug'bek haftaligi tantanasi 
bo'lib o'tdi. 1996 yilda Parijda Amir Temurga bag'ishlangan madaniyat hafta ligi, «Temuriylar davrida 
Fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzusida xalqaro konferentsiya va ko'rgazmalar 
bo'lib o'tdi. 1997 yilda jahon madaniyatining durdonalari hisoblangan qadimiy shaharlarimiz Buxoro 
va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va 
ko'rgazmalar o'tkazildi.
O'zbekiston Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va ikki 
tomonlama hamkorlik qilishda faol qatnashmoqda. Masalan, O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasida 
siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, madaniy aloqalar yo'lga qo'yildi. Ikki davlat o'rtasida tovar ayirboshlash 
hajmi 300 mln. AQSh dollaridan ortdi O'zbekiston Ukrainaga paxta, rangli metall, gaz, tamaki, 
gazlama va boshqa turdagi matolar etkazib beradi. Ukrainadan O'zbekistonga texnika asbob-uskunalari 
keltiriladi. Bugungi kunda O'zbekistonda 20 dan ortiq O'zbek-Ukraina qo'shma korxonasi faoliyat 
ko'rsatmoqda va hokazo.
O'zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyodagi Yangi mustaqil davlatlar - Qozog'iston, 
Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston muhim o'rin tutadi. Markaziy Osiyo Hamkorlik tashkiloti, 
uning Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Hamjamiyat davlatlari o'rtasida 
iqtisodiy integratsiya dasturi va birgalikda sarmoya sarflanadigan 53 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda O'zbekistonda jahondagi 80 ga yaqin mamlakatning sarmoyalari ishtirokida 
barpo etilgan 2000 ta zamonaviy qo'shma korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Xorijiy sarmoyalar 
ishtirokida ishlayotgan qo'shma korxonalar jumlasiga «UzDEU avto», «SamKuchavto», «Zarafshon-
Nyumont», Ko'kdumaloq kompressor stantsiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho'rtan gaz-
kimyo majmui va ko'pgina boshqalar kiradi.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin o'zining mustaqil 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin