O'zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy printsiplari to'g'risida»,
«Chet El investorlari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risida», «Tashqi iqtisodiy
faoliyat to'g'risida»gi Qonunlari uning xalqaro maydonda faol va keng ko'lamli hamkorlik qilishi
uchun huquqiy kafolat bo'lib xizmat qilmoqda.
1992
yilning 2 mart kuni O'zbekiston Respublikasi o'zining xoxish- irodasi va taklifiga ko'ra
eng nufuzli xalqaro tashkilot - BMTiga qabul qilindi va shu kuni BMTining Nyu-Yorkdagi binosi
olidida Mustaqil O'zbekiston Republikasining bayrog'i ko'tarildi.
1993
yilda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi. O'zbekiston jahon hamjamiyatining
to'la, teng huquqli a'zosi sifatida BMT faoliyatida ishtirok etmoqda.
1992 yilning fevral oyida Respublikamiz Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ga
kirdi. Keyin 105 ta mamlakatni o'zida birlashtirgan Qo'shilmaslik harakati a'zosiga aylandi. 1992
yilning oktyabr oyida esa dunyoning eng keksa tashkilotlaridan bin Parlamentlararo ittifoqning 19-
a'zosi sifatida tan olindi. 2001 yil iyunda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo'lib kirdi. O'zbekiston
ko'pgina mintaqaviy tashkilotlar, Evropa ittifoqi va boshqalar bilan samarali hamkorlik qilmoqda.
Vatanimiz, shuningdek, Xalqaro valyuta fondi, Butunjahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi,
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT), Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun BMTning ijtimoiy va
iqtisodiy komissiyasi, Qayta qurish (tiklash) va rivojlantirish Xalqaro banki, Qayta qurish (tiklash) va
rivojlantirish Evropa bankiga a'zo bo'lib kirdi.
O'zbekistonning BMT homiyligida ta'lim. Fan va madaniyat bilan shug'ullanuvchi xalqaro
tashkilot - YuNESKO bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993 yil 29 oktyabrda YuNESKOning
qarorgohi Parijda O'zbekiston YuNESKOga a'zolikka qabul qilindi. 1994 yil oktyabrda Parijda
vatandoshimiz Mirzo Ulug'bek tavalludining 600 yilligiga bag'ishlangan Ulug'bek haftaligi tantanasi
bo'lib o'tdi. 1996 yilda Parijda Amir Temurga bag'ishlangan madaniyat hafta ligi, «Temuriylar davrida
Fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzusida xalqaro konferentsiya va ko'rgazmalar
bo'lib o'tdi. 1997 yilda jahon madaniyatining durdonalari hisoblangan qadimiy shaharlarimiz Buxoro
va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va
ko'rgazmalar o'tkazildi.
O'zbekiston Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va ikki
tomonlama hamkorlik qilishda faol qatnashmoqda. Masalan, O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasida
siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, madaniy aloqalar yo'lga qo'yildi. Ikki davlat o'rtasida tovar ayirboshlash
hajmi 300 mln. AQSh dollaridan ortdi O'zbekiston Ukrainaga paxta, rangli metall, gaz, tamaki,
gazlama va boshqa turdagi matolar etkazib beradi. Ukrainadan O'zbekistonga texnika asbob-uskunalari
keltiriladi. Bugungi kunda O'zbekistonda 20 dan ortiq O'zbek-Ukraina qo'shma korxonasi faoliyat
ko'rsatmoqda va hokazo.
O'zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyodagi Yangi mustaqil davlatlar - Qozog'iston,
Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston muhim o'rin tutadi. Markaziy Osiyo Hamkorlik tashkiloti,
uning Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Hamjamiyat davlatlari o'rtasida
iqtisodiy integratsiya dasturi va birgalikda sarmoya sarflanadigan 53 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda O'zbekistonda jahondagi 80 ga yaqin mamlakatning sarmoyalari ishtirokida
barpo etilgan 2000 ta zamonaviy qo'shma korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Xorijiy sarmoyalar
ishtirokida ishlayotgan qo'shma korxonalar jumlasiga «UzDEU avto», «SamKuchavto», «Zarafshon-
Nyumont», Ko'kdumaloq kompressor stantsiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho'rtan gaz-
kimyo majmui va ko'pgina boshqalar kiradi.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin o'zining mustaqil
Dostları ilə paylaş: