iqtisodiyot vazirligi alohida o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 2003 yil 22 yanvarda 37 sonli «O'zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'nsida» maxsus qaror qabul qildi.
Iqtisodiyot vazirligining
asosiy vazifalaridan bo'lib quyidagilar belgilab qo'yildi:
1.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning ko'p variantli stsenariylarini, mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy
rivojlantirishning
mintaqalar, tarmoqlar va iqtisodiyot sektorlari bo'yicha qisqa va o'rta muddatli prognozlari va dasturlarini ishlab chiqish; 2.
Muhim qiymat, moddiy va mehnat
balanslarini ishlab chiqishni tashkil etish;
3.
Demografik prognozlarni, aholini aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilish, ichki iste'mol
bozorini to'ldirish, odamlarni farovonligini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
dasturlarini ishlab chiqish; 4.
Iqtisodiyotni tarkibiy
qayta o'zgartirishlarning o'rta muddatli prognozlarini, tarmoqlami
rivojlantirish, zamonaviylashtirish va texnologiya bilan qayta jihozlash, ishlab chiqarishlarni
mahalliylashtirish, ilg'or, resurslami tejaydigan texnologiyalami joriy etish
dasturlarini ishlab
chiqish;
5.
Tarkibiy siyosat maqsadlariga erishishni, mintaqalarni kompleks rivojlantirishni ta'minlovchi
qisqa va
o'rta muddatli investitsiya dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha ishlami muvofiqlashtirish;
Yuqoridagi Iqtisodiyot vazirligining vazifalaridan ko'rinib turibdiki, O'zbekiston Respublikasida
hozirgi vaqtda bozor iqtisodiga o'tish jarayoni ketayotganligi tufayli prognozlarga asosan
qisqa va o'rta muddatli prognozlarni ishlab chiqishga e'tibor qaratilgan. Respublikamizda strategik rejalashtirishni kontseptsiyasi ishlab chiqilyapti. Prognozlar asosan
tarmoqlar bo'yicha ishlab chiqiladi. Umumiqtisodiyot bo'yicha esa hali bunday prognozlar ishlab
chiqilmagan.