§ 3. Strategik rejalashtirish metodologiyasi. O'zbekistonda strategik rejalashtirishni tashkil
qilish
Metodologiya bu haqiqatni (voqeylikni) bilish maqsadida qo'llanilgan barcha metodla r va usullar
yig'indisidir. U o'z ichiga umumfalsafiy usulni, hamda aniq fanlar usullarini oladi. Falsafiy usul
jamoatni va tabiatni nvojlanishini umumiy qonunlariga asolanadigan dialektikani hamda ilmiy fikrlash
printsiplarini oladi:
-
induktsiya-xususiy dalillardan foydalanib, ayrim farazlar (gipotezalar)ga o'tish yo'li bilan
aqliy xulosa chiqarish;
-
deduktsiya-qonun qoidalar asosida xulosa chiqarish;
-
tahlil;
-
sintez-turli elementlami yagona bir butunga birlashtirish, qiyoslash;
-
Ekspriment - tajriba o'tkazish.
Strategik rejalashtirish metodologiyasini aniqlash uning quyidagi hususiyatlarini hisobga olishni
taqozo qiladi:
tarkibiy birlik
strategik prognozlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqarishning mantiqi (logikasi)
maxsus uslubiy printsip va yondashuvlar
strategik rejalashtirish jarayonida, prognozlashtirish va rejalashtirish ko'rsatkichlarini
tuzishda va asoslashda foydalaniladigan usullar tizimi. Strategik rejalashtirish
metodologiyasining tizimi prognozlar, dastur va rejalar ishlab chiqishning ilmiy asosi hisoblanadi.
Strategik rejalashtirish
metodologiyasi
quyidagi beshta muhim savolga javob olish imkoniyatini
beradi:
1.
Strategik rejalashtirish ob'ektlarining rivojlan-tirishni maqsadi;
2.
Prognozlar, dastur va rejalar ishlab chiqish jarayoni qanday ketma-ketlikda bo'lishi
lozimligi;
3.
Strategik prognozlar, dastur va rejalar qanday bo'lishi kerak va ular qanday talablarni
qondirishi kerak?
4.
Strategik rejalashtirish ma'lum muammolarni hal qilishda qanday yondashuvlardan
foydalanadi?
5.
Strategik prognozlar, dastur va rejalami optimallashtirish qanday metodlar va
ko'rsatkichlar tizimi yordamida ta'minlanadi.
Boshqaruvni, demak, strategik rejalashtirishni har qanday muammosini hal qilish o'z mantiqiga
egadir.
Dostları ilə paylaş: