Iqtisodiy faoliyat-u yoki bu mamlakat, butun insoniyat alohida individlari, guruhlari, ijtimoiy qatlamlarning
faoliyatidir.
Iqtisodiy faoliyat -
bu moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratis h, xizmatlar ko'rsatish, iste'mol qilish bilan bog'liq bo'lgan hatti-harakatlardir. Bunday holatning mavjudligi tufayli,
iqtisodiy faoliyat
birinchidan, u yoki bu extiyojlami qondirishning ustuvor ahamiyatga egaligi,
ikkinchidan, maqsadning dolzarbligi va
uchinchidan, boshqa muqobil maqsadlarga qaraganda unga
erishish uchun to'lanadigan haqning narxini tanlash bilan bog'liq muammoni hal etadi. Bu uch holat
iqtisodiy faoliyatning mazmunini ifodalaydi.
Iqtisodiy faoliyatni o'rganishda milliy
chegaralarini tanlab olish hozirgi zamon texnikasini, siyosatini rivojlanishini hamda umummilliy
ko'rsatkichlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir davlat ma'lum
bir sohani yoki umuman iqtisodiy faoliyatni muvaffaqiyatli rivojlantirishni u yoki bu sharoitlarini yaratadi. Bu o'z
navbatida mamlakatning jahon iqtisodiyotida ma'lum o'rin egallashida katta ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston
Milliy iqtisodiyoti mavjud bo'lgan barcha sohalar, birlashmalar, korxona va
tashkilotlaming yig'indisidir. Ular yagona iqtisodiy tizimga, umumiy qonunlarga va rivojlanish
maqsadlariga asoslangan holda birlashgan.
Milliy iqtisodiyot
kursining predmeti alohida mamlakat miqyosidagi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiy
jarayonlarni uning tarmoqlarini, hududiy va funktsional tarkibini qamrab oladi. Milliy iqtisodiyot
kursi:
1.
Mamlakatning yagona xalq xo'jaligi kompleksi kabi
Milliy iqtisodiyotni shakllanish jarayonini
o'rganadi;
2.
Iqtisodiyotni boshqarishda xaddan tashqari markazlashgan totalitar tuzumdan tubdan farq qiladigan