Birinchi masala-yaqin besh-o'n yil ichida ushbu sohada yalpi ichki mahsulotning 50-60 foizini
ishlab chiqarishga erishish.
Ikkinchi masala- bu sohani rivojlantirish aholini ish bilan ta'minlash va uning daromadlari
o'sishining eng muhim manbaalaridan biriga aylanishi lozim.
Uchinchi masala- mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning poydevori
bo'lmish kichik va o'rta mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir.
3.
Ustivor yo'nalishlarni to'g'ri belgilash Ustivor yo'nalishlarni, sohalarni to'g'ri belgilanishi nafaqat ilgari taqchil hisoblangan mahsulot turlarini keng ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishga, balki ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini
takomillashtirishga ham imkon beradi, shu bilan birga butun iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi.
Hozirgi davrda ustivor yo'nalishlar qatoriga quyidagilar belgilangan: - aholini ijtimoiy himoyalash, yangi ish o'rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish,
pensiya ta'minotini yanada yaxshilash va hokazo.
-
iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan o'zgartirish (korxonalami texnik jihatdan qayta jihozlash va
modernizatsiyalash, raqobatbardosh ishlab chiqarish tizimlarini ko'proq bunyod etish va hokazo);
-
qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuquriashtirish;
-
kichik va o'rt;a biznesni keng ko'lamda rivojlantirish;
-
kadriar tayyoriash bo'yicha milliy dasturini ikkinchi sifat bosqichi vazifalarini izchillik bilan
bajarish;
- sog'liqni saqlash bo'yicha islohotlarni yanada yaxshilash va hokazo.
4.
Ishlab chiqarish samaradorligini tahlil qilish Ma'lumki, ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradoriigini o'stirish xalqning turmush
darajasini oshirish imkoniyatini beradi. O'zbekistonda 1997 yilda birinchi marta YalM ishlab
chiqarish hajmi aholi sonining o'sish darajasidan yuqori bo'ldi. Bu o'ta muhim ijtimoiy- iqtisodiy
ko'rsatkichdir. Hozirgi vaqtda YalMning hajmi yiliga 4,1-4,5% va undan ham oshiqroq o'sayapti.
Milliy iqtisodiyotni tarkibiy bo'limlari, tarmoqlar va ularning o'sish sur'atlari, mahsulot turlari
bo'yicha o'sish darajalari va hokazo ko'rsatkichlar tahlil qilinadi.
5.