§ 3. Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari
Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish iqtisodiy islohotlami muvaffaqiyatli hal qilishning asosiy
shartlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish iqtisodiy mustaqillikka erishish, milliy
iqtisodiyotni barpo etish, iqtisodiy o'sishni ta'minlashning muhim shartlaridan biridir. O'zbekiston xalq
xo'jaligining amaldagi tarkibi sobiq Ittifoqdagi mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvi tamoyillari asosida
o'nlab yillar mobaynida shakllangan edi. Unda O'zbekistonga:
-
arzon xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar va strategik mineral resurslar etkazib berish;
-
sanoat markazlarida ishlab chiqarilgan tayyor mollarni sotishning keng bozori mavqei
ajratilgan edi.
Mamlakat iqtisodi oziq ovqat mahsulotlari, energoresurslar importiga va qishloq xo'jalik xom
ashyosi va qimmatli metallar eksportiga asoslangan edi. Xalq xo'jaligining bunday mustamlaka tarkibi
sharoitida jahon bozorida konkurentsiya qilish, iqtisodiy o'sishni ta'minlash va aholini turmush
darajasini ko'tarish imkoniyatini bera olmas edi. Shuning bilan birga O'zbekiston raqobatbardosh
tarkibga ega bo'lgan milliy iqtisodiyot tarkibini tashkil qilish imkoniyatlariga ega edi. Mamlakatning er
osti va er usti boylik resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish, vujudga kelgan nomutanosibliklar
va ziddiyatlarga barham berish, ijtimoiy ishlab chiqarishning tarmoq va hududiy tarkibini qayta qurish
lozim edi.
Shu munosabat bilan O'zbekistonda
Dostları ilə paylaş: