talab- ehtiyojlarining 90%dan ziyod qis mi o'z ishlab chiqaris hi hisobidan qondiriladigan bo'ldi Tarkibiy o'zgarishlar mamlakatning salohiyatidan samarali foydalanishni ko'zda tutadi. Shu
maqsad yo'lida mahalliy xom-ashyoni
chuqur qayta ishlab, undan tayyor yoki yarim tayyor, hatto,
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo'liga o'tildi va bu katta naf keltirdi. Paxtani sotish o'miga
undan kalava ip tayyorlab,
uni jahon bozorida sotishdan 3 marta ko'p daromad olina boshlandi. Muhimi, bu sohaning rivojlanishi yangi ishchi o'rinlar hisobiga aholini band qilish, uning daromadlari
manbalarini oshirish imkonini yaratdi.
Tarkibiy o'zgarishlar tufayli O'zbekistonda iqtisodiy o'sishning
an'anaviy sohalari bilan birgalikda yangi sohalari ham rivojlantirila boshlandi. Bundagi asosiy omillardan
birinchidan, sanoatlashuv bo'lsa,
ikkinchidan, servis sektorining tez sur'atlarda o'sishiga ahamiyat berilganligi
bo'ldi va hokazo.
Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillas htirish quyidagi vazifalarni hal qilishi lozim: l.Respublika uchun eng asosiy bo'lgan tarmoqlami jumladan, yoqilg'i- znergetika va g'alla
komplekslarini rivojlantirish, yangi tarmoqlar yaratish, faoliyat ko'rsatayotgan sanoat
tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish. 2. Tabiiy, mineral-xom-ashyo, mehnat resurslaridan
oqilona foydalanish; S.Boshqa davlatlardan xom-ashyo resurslarini eng muxim turlari,
butlovchi va oziq-ovqat
maxsulotlari olib kelinishini qisqartirib, ana shu maxsulotlar o'rnini bosadigan korxonalarni
rivojlantirish asosida respublikaning iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlash;
4. O'zimizda ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga aholining va iqtisodiyotning eng muhim
mahsulotlarga bo'lgan extiyojini qondirish;
5. Korxonalarni zamonaviy ilg'or texnologiya, energetika uskunalari, ayniqsa kichik va o'rta
korxonalar uchun mo'ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash;
6.
Xodimlar malakasini oshirish va milliy ishchi kadrlarga ega bo'lish;
7.
Aholining kam ta'minlangan qismini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish. Tashabbuskorlik va
omilkorlikni rag'batlantirish;
8. Iqtisodiyotning mutanosib rivojlantirishni ta'minlash va uning bir tomonlama ixtisoslashuvini,
shuningdek tarmoqlar ichidagi va xududiy nomutanosibliklarni bartaraf etish;
9. Respublikaning zksport imkoniyatini kengaytirish;
10. Agrar sektorda qayta qurishni tugallash. Ekin maydonlarida paxta, g'alla, em-xashak ekinlarini,
sabzavot va hokazolami optimal variantlarini yaratish, qishloq xo'jaligida boshqaruv va ishlab
chiqarishni tashkil qilish shakllarini takomillashtira borish;
11. Sanoat, transport, aloqa, ximiya va neft ximiya sanoatini,
avtomobilsozlik,
telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
12.
Chet el turizimni rivojlantirish;
13.
Yangi boshqaruv strukturasini vujudga keltirish va takomillashtira borish. Ularda ishlaydigan
kadrlarga, ularning kasbiy tayyorgarligiga yanada yuqori talablar qo'yish va hokazo.
Prezidentimiz I.Karimov Oliy Majlis to'qqizinchi sessiyadagi ma'ruzasida 2002 yil 29 avgust
O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyat asoslarini
shakllantirishning