lining uzunligi 12,2 km bo'lgan «Sobir Rahimov»- «Maksim Gorkiy» stantsiyalari birinchi yo'lining birinchi navbati 1977 yil
6 noyabrda, 4,6 km.li 2- navbati 1980 yil 18 avgustda ishga tushirildi. Toshkent metropolitening
ikkinchi yo'li «Mashinasozlar»- «Beruniy» stantsiyalari 1984-91 yillarda 4 navbat bilan bosqichma-
bosqich foydalanishga topshirildi
(uzunligi qariyb 15 km). Toshkent metropolitenining 3-yo'li shahar
markazini Yunusobod dahasi bilan bog'laydi.
Uzunligi 14 km. Metropolitenda sutkasiga o'rtac ha 270-300 ming yo'lovchi tashiladi. Truboprovod transports O'zbekistonda birinchi 20 km uzunlikdagi nefteprovod 1908 yil
Chimyon neft konidan Vannovsk (hozirgi Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodiga tortilgan. Keyinchalik
Farg'ona vodiysi, Surxondaryo viloyatidagi yangi neft konlari ochilishi bilan transporting bu turi jadal
rivojlantirildi. Neft konlaridan Farg'ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlariga umumiy uzunligi
228,5 km bo'lgan nefteprovodlar qurildi. Respublika janubida-Surxondaryo viloyatida 1947 yil
Lalmikor-Qumqo'rqon, va 1969 yil Amudaryo-Amu-Zang liniyalari qurildi (umummiy uzunligi 40
km). Qashqadaryo viloyatida yangi neft konlari ochilgandan keyin 1977 yil §arbiy Toshloq-
Qashqadaryo stantsiyasi (3,3 km), Shimoliy O'rtabuloq-Oltingugurt zavodi (72 km) nefteprovodlari
ishga tushirildi. 1994-97 yillarda uzunligi 100 km bo'lgan Ko'kdumaloq-Buxoro neftni qayta ishlash
zavodi nefteprovodi qurilib ishga tushirildi. Farg'ona neftni qayta ishlash zavodini xom ashyo bilan
uzluksiz ta'minlashga xizmat qiladigan Qamchiq dovoni orqali o'tadigan Xonobod-Angren
nefteprovodi qurilishini loyihalash ishlari tugatildi. Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida ulkan gaz
konlarini topilishi va ishga tushirilishi bilan O'zbekistonda
gazoprovod transporti ham rivoj topdi.
Transport tarmog'ining asosiy vazifasi milliy iqtisodning yuk tashish va passajir tashishga
bo'lgan talabini qondirishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun eng avvalo