O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Pochta aloqasi. 
O'zbekistonda dastlabki 
pochta aloqasi 1865 yil 
Toshkent yaqinidagi 
Niyozbek qal'asi bilan Chimkent shahri o'rtasida yo'lga qo'yilgan. O'sha yili avgust oyida Toshkentda 
birinchi pochta stantsiyasi ochildi, pochta yo'li Niyozbekdan Toshkentgacha etkazildi. 1868 yil 
Toshkent bilan Samarqand o'rtasida pochta aloqasi ishga tushdi. 1868 yil fevralda Toshkentda Rossiya 
pochta va telegraf vazirligiga bo'ysungan
Sirdaryo va Samarqand viloyatlari pochta idoralari boshqarmasi tashkil etildi. Dastlab pochta ot-
ulovda, temir yo'l qurilgandan keyin temir yo'l orqali tas hiladigan bo'ldi. 1885 yil 1 yanvardan 
Toshkent pochta idorasi mijozlardan telegrammalar qabul qilishni boshladi. 1913 yil O'zbekistonda 
joylashgan 17 pochta-telegraf bo'limi, 18 pochta-telegraf idorasi ishladi. Telegraf aloqasi, asosan tijorat 
maqsadlariga xizmat qildi. 10 telefon stantsiyasidan 9-tasi xususiy kishilar qo'lida edi.
20-asrning 20-yillaridan boshlab O'zbekistonda pochta xizmati tubdan qayta tashkil 
etildi, qishloqlarda pochta bo'limlari ochildi.
Pochta aloqasi respublika aholisiga xat, gazeta va jurnallar, jo'natma, pul o'tkazmalari, pensiya 
to'lovlarini etkazib berdi. 60-yillar boshida barcha viloyat markazlari va 118 tumanga vaqtli matbuot 
bosilgan kuni etkazib beriladigan bo'ldi. Pochta va matbuotni tashishda aviatsiya, temir yo'l, avtomob il 
transportidan keng foydalanildi.
1974 yil Toshkentda temir yo'l qoshida pochtamptning ochilishi, 1983 yil Toshkent 
pochtamptining yangi binosi qurilib foydanishga topshirilishi bilan xat, jo'natma, pul o'tkazmalar, 
matbuot nashrlarini jo'natish va etkazib berish yanada yaxshilandi. Pochta aloqasi aloqaning eng keng 
tarqalgan va ommaviy turiga aylandi. Pochta aloqasi tarmoqlarida mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish vositalaridan keng foydalaniladi.
Hozir O'zbekistonning barcha aholi punktlarida pochta korxonalari tarmog'i bilan qamrab 
olingan. Pochta korxonalari 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin