dastlabki yoki to'liq qayta ishlashning turli jarayonlarini ham
o'z ichiga oladi va xalqning moddiy farovonligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublika qishloq xo'jaligi
dehqonchilikni, ya'ni g'allachilik, paxtachilik, sholikorlik,
kanopchilik, lavlagikorlik, mevachilik, tokchilik, polizchilik, sabzavotchilik sohalaridan va
chorvachilikni, ya'ni qoramolchilik, qo'ychilik, xususan qorako'lchilik, echkichilik, parrandachilik,
yilqichilik, tuyachilik, asalarichilik, pillachilik sohalaridan iboratdir.
O'zbekiston jahonda yalpi paxta hosili etishtirish bo'yicha 5-o'rinda, paxta tolasi eksporti bo'yicha 2-o'rinda (AQShdan keyin) turadi. O'zbekistonda asosiy valyuta tushumi ana shu
paxtadandir. Paxta dunyodagi 90 ta mamlakatda etishtiriladi. O'rta hisobda yiliga dunyoda 18 mln
tonna paxta tolasi olinadi. AQSh va Xitoyda yiliga 4 mln tonnadan, Hindiston 3 mln tonna paxta tolasi
etishtiradi. Dunyoda etishtiriladigan paxta tolasini 6% ini O'zbekiston Respublikasi etishtiradi.
Shuningdek respublikada etishtiriladigan meva, uzum, sabzovot, poliz mahsulotlarining talay qismi
qo'shni davlatlarga chiqariladi. Respublikada meva, uzum, va sabzavotning yuqori sifatli navlari
etishtiriladi. O'zbekiston o'zining sifatli
pillasi va
qorako'li bilan dunyoga mashhur.
Respublika
aholisining 60% dan ziyodrog'i
qishloq joylarda yashaydi.
Yalpi ichki mahsulotning 30%i qishloq xo'jaligiga to'g'ri keladi. Chunki O'zbekiston iqtisodiyotining negizini qishloq xo'jaligi, uning asosini esa paxtachilik tashkil etadi. 3,8 mln. kishi yoki
respublikada ish bilan band bo'lganlarning 43,7%i qishloq xo'jaligi sohasida mehnat qiladi.
O'zbekiston qishloq xo'jaligida 28 mln.ga ya°in qishloq xo'jaligiga yaroqli erlar mavjuddir.
Shundan 4,2 mln.ga sug'oriladigan erlar xisoblanadi va ulardan ishlab chiqariladigan maxsulotni 95-
97% olinadi. Respublikadagi jami ekin maydonining 42-43%)ini paxta, 40 foizini don ekinlari, 4
foizini sabzavot 2,5 foizini kartoshka va poliz ekinlari hamda 10 foizga yaqinini em xashak ekinlari,
qolganini boshqa ekinlar egallaydi.
Respublika qishloq xo'jaligida