§ 3. Respublikada qishloq xo'jaligini isloh qilishning ustivor yo'nalishlari
Mustaqillik yillarida jamiyatimizning barcha sohalarida bo'lgani kabi qishloq xo'jaligida ham
tub o'zgarishlar amalga oshirildi. Avvalo, davlatning iqtisodiy mustaqilligi
va aholining yuqori
turmush darajasini ta'minlay oladigan, jahon andozalariga mos keladigan qishloq xo'ja ligi ishlab
chiqarishini tashkil etish
va boshqarish modeli yaratildi, hamda izchillik bilan amalga oshirila
boshlandi. Natijada davlat xo'jaliklari to'la tugatildi, jamolar mazmunan
tamomila yangi asosda qayta
tashkil etildi. Ular o'miga
uchta zamonaviy shakl - shirkat xo'jaligi, ferme r xo'jaligi va dehqon
xo'jaligi tizimi tarkib topdi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning huddi shu ko'rinishi endilikda
mamlakatimiz qishloq xo'jaligining asosi hisoblanadi. Ular safida o'zbek
xalqining asrlar davomida
tarkib topgan mentalitetiga, mehnatkash xalq turmush tarziga mos keladigan dehqon xo'jaliklarining
mustaqil ishlab chiqarish sub'ekti sifatida mavjud bo'lishi jahon agrar fani nazariyasi va amaliyotiga
muhim hissa bo'lib qo'shildi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va boshqarishning
mutloq yangi tizimi
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bank, moddiy-texnika ta'minoti, agroservis, moliya, soliq,
tashqi
iqtisodiy aloqalar xizmatlari faoliyati butunlay o'zgartirildi.
Amalga oshirilgan chora tadbirlar tezda o'z natijasini berdi. Sobiq "qizil imperiya" davrida
hatto sut-go'shtni ham chetdan import qilish darajasiga tushirilib qo'yilgan O'zbekiston, qisqa fursat
mobaynida oziq-ovqat mollari bo'yicha chetga
Dostları ilə paylaş: