O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


 Kreditlashni tashkil qilish printsiplari. Kredit tizimining



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/179
tarix12.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#130066
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
19.3. Kreditlashni tashkil qilish printsiplari. Kredit tizimining 
turlari: markazlashgan kredit tizimi; bozor kredit tizimi; o`tish 
davri kredit tizimi.
Biror mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan tangliklar, no-
mutonosibiklarning bir uchi bank tizimi holati va tijorat banklarning 
foaliyatiga borib taqaladi. Ayniqsa, o`tish davrini boshdan 
kechirayotgan 
davlatlarda 
yuz 
bergan 
va 
yuz 
berayotgan 
inqirozlarning bosh omillari sifatida banklarning sinishi va bankrotligi 
sanaladi. Rossiyada 1995 yil va 1998 yilda sodir bo`lgan 
inqirozlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, aholining banklarga 
ishonchining yo`qolishi, siyosiy omillar va moliyaviy piramidalarning 
tushkunligi holatlari banklarning to`lovga qobiliyatini yo`qqa 
chiqaradi. SHunday ekan, tijorat banklarning likvidligi va to`lovga 
qobiliyatini tahlil etish davomida bunga ta`sir etuvchi omillarni 
aniqlash lozim. CHunki likvidlik va to`lovga qobiliyatlilik murakkab 
iqtisodiy tushunchalar sanaladi va yuzaki baholaganda tahlil samarasi 
past bo`lish mumkin. 
Banklar faoliyatiga ta`sir qiluvchi omillar turlicha tasniflanadi. 
Odatda, ular ichki va tashqi omillarga ajratilib o`rganiladi. Tijorat 
banklarning likvidligi va to`lov qobiliyatini belgilaydigan ichki 
omillar qatoriga quyidagilar kiradi: 
– bankning mustahkam kapital bazasi; 
– aktivlar sifati; 
– depozitlar sifati; 
– tashqi manbalarga qaramlik darajasi; 
– aktivlar va passivlarning muddatlari bo`yicha mutanosibligi; 
– malakali menejment; 
– bankning imidji. 
Bankning mustahkam kapital bazasi xususiy kapitalining mutlaq 
qiymatini ifoda etib, aktivlar bo`yicha tavakkalchiliklarning himoya 
manbasi hamda omonatchilar va depozitchilar mablag’larining 


309 
kafolati hamdir. Bankning xususiy kapitali nizom fondi va boshqa 
maqsadli fondlardan iborat bo`lib, moliyaviy barqarorlik uchun ham 
asosdir. SHunday qilib, bankning xususiy kapitali qancha katta bo`lsa, 
likvidlilik ham shuncha yuqori bo`ladi.
Aktivlar sifati asosan to`rt xil mezon asosida aniqlanadi: 
likvidlilik, tavakkalchilik darajasi, daromadlilik va diversifikatsiya 
bo`yicha. Aktivlarning likvidligi shu aktivlarning pul shakliga o`tish 
layoqatidir. Likvidlik xizmatidan aktivlar bir necha guruhlarga 
ajraladi. Birinchi guruhga yuqori likvidli aktivlar – kassa va vakillik 
hisobvarag’idagi mablag’lar hamda davlatning qimmatli qog’ozlarini 
kiritish mumkin. Ikkinchi guruhga qisqa muddatli ssudalar, banklararo 
kreditlar, faktoring operatsiyalari va aktsionerlik jamiyatlarning tijoriy 
qimmatli qog’ozlari tashkil etadi.Uzoq muddatli investitsiyalar, 
qo`yilmalar va lizing operatsiyalari uchinchi guruh likvid aktivlarni 
tashkil etadi. Nihoyat, to`rtinchi guruh likvid aktivlar muddati 
uzaytirilgan ssudalar, bino va inshootlardan iborat. Tavakkalchilik 
darajasi bo`yicha ham aktivlar to`rt guruxga ajratiladi va mos holda 
0,20, 50, 100% lik tavakkalchilik darajasiga ega aktivlardan iborat.
SHuni ta`kidlash lozimki, tavakkalchilik darajasi qanchalik 
yuqori bo`lsa, likvidlik shunchalik past bo`ladi. Aktivlarning 
daromadliligi aktivlarning ishchanligi va samaradorligini namoyon 
etadi. Daromadlik bo`yicha aktivlar daromad keltiruvchi va daromad 
keltirmaydigan aktivlarga bo`linadi. Daromadlar qanchalik ko`p 
bo`lsa, bankda kapital bazani mustahkamlash imkoniyati paydo 
bo`ladi. Lekin ko`rko`rona daromadlilikka intilishi aktivlarning 
yo`qotilishiga va likvidlilikning pasayishga olib keladi. Aktivlar 
sifatini 
ko`rsatadigan 
mezonlardan 
yana 
biri 
ularning 
diversifikatsiyasidir. Aktivlarning diversifikatsiyasi ko`rsatkichlari 
bo`lib, bank aktivlarining asosiy yo`nalishlari bo`yicha tarkibi, kredit 
qo`-yilmalarining ob`ektlari va sub`ektlari tarkibi, qimmatli qog’ozlar 
portfeli tartibi, valyutalar strukturasi (valyuta ope-ratsiyalari 
bo`yicha), 
hamkor 
banklar 
tartibi 
hisoblanadi. 
Aktivlar 
diversifikatsiyasi qanchalik yuqori bo`lsa, likvidlilik shuncha yuqori 
bo`ladi. Bank aktivlarining sifati likvidlilik va to`lovga qobiliyatlilikni 
belgilashda katta o`rin tutadi. Aktivlar tarkibi shunday optimal 
tanlanishi kerakki, bir vaqtning o`zida ham likvidlilik, ham to`lovga 
qobiliyatlilik va bank uchun keraklisi foydalilik ta`minlanishi lozim. 
Likvidlilikka ta`sir etuvchi muhim omillar sirasiga bankning 
depozit bazasining sifati ham kiritiladi. Depozit joriy hisoblarda, 


310 
muddatli depozit va omonat jamg’armalari ko`rinishda yig’ilgan 
yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari tashkil qiladi. Depozitlar 
(talab qilib olguncha, muddatli va jamg’arma) sifati mezoni bo`lib, 
ularning barqarorligi hisoblanadi. Depozitlarning barqaror qismi 
qancha yuqori bo`lsa, likvidlilik shuncha yuqori ta`minlangan bo`ladi, 
ularning ulushining ortishi bankning likvid aktivlarga ehtiyojini 
kamaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, talab qilib olguncha 
bo`lgan depozitlar ularning foiz stavkasiga bog’liq emasligi nuqtai 
nazaridan barqarorligi bilan ajralib tursa muddatli va jamg’arma 
depozitlarning qoldiqlari qat`iy muddatga ega ekanligi bilan 
barqarordir. Lekin ularning foiz stavkasiga bog’langanligi foizlar 
o`zgarishi bilan bunday depozitlar migratsiyasini vujudga keltirishi 
mumkin. 
Banklarning 
likvidliligi 
va 
to`lovga 
qobiliyatligi 
tashqi 
manbalarga qaramlik darajasiga, ya`ni banklararo kreditlarning 
ulushiga ham bog’liq. Ma`lum bir chegaradagi banklararo kredit 
likvidligiga hech qanday xavf tug’dirmaydi, aksincha, u likvid 
mablag’larga bo`lgan qisqa muddatli ehtiyojni bartaraf ham etadi. 
Agar banklararo kredit jalb qilingan resurslar tarkibida salmoqli 
o`rinni egallasa, banklararo kredit bozorida noqulay kon`yunktura 
vujudga kelganda bank tanazzulga yuz tutish mumkin. Tashqi 
manbalarga karatligi yuqori bo`lgan rivojlanish istiqboliga ega 
bo`lmaydi 
va 
resurs 
bazasining 
beqarorligi 
evaziga 
katta 
tavakkalchilik ostida bo`ladi. 
Aktiv va passivlarning muddatlari summalari o`rtasidagi 
nomutanosiblik likvidlilikka jiddiy ta`sir o`tkazadi. Bankning mijoz 
oldidagi 
majburiyatlarini 
bajarish 
uchun 
mijozdan 
olingan 
mablag’larni qaytarish muddati shu mablag’lar hisobiga qo`yilgan 
kredit (investitsiyalar)ni qaytish muddati bilan mos bo`lmog’i lozim. 
To`g’ri, majburiyat boshqa manba hisobiga qoplanishi mumkin, lekin 
amalda aktiv va passivlarning asosiy qismi muddat va summada 
munosib bo`lishi bank barqarorligining garovi hisoblanadi. 
Menejment, ya`ni bank faoliyatini boshqarish likvidlilikka jiddiy 
ta`sir o`tkazuvchi omillardandir. Bankning boshqarish sifati oqilona 
bank siyosati, bank tashkiliy strukturasi, aktiv va passivlarni samarali 
boshqarish mexanizmda namoyon bo`ladi. YUqori darajadagi 
menejment malakali kadrlarni talab etadi, shuningdek, zaruriy axborot 
bazasi tezkor choralarni amalga oshirishda qo`l keladi. 


311 
Kerakli likvidlilik darajasi menejment bilan birga bankning 
imidjiga ham bog’liq. Ijobiy bankka resurslar jalb qilishda va likvid 
mablag’lar kamomadini to`ldirishda baho raqobatchi banklarga 
nisbatan ustunlik yaratadi. YAxshi reputatsiyasiga ega bo`lgan bank 
barqaror depozit bazasini hosil qila oladi, chunki u moliyaviy barqaror 
mijozlar bilan aloqa qilishda katta imkoniyatga ega bo`ladi. Ijobiy 
imidjga ega bo`lish o`ta murakkab jarayon, u yillar davomida natijalar 
evaziga shakllanadi va rivojlanish strategiyasini to`g’ri tanlash, 
mijozlarga 
xizmat 
ko`rsatish 
darajasini 
oshirish, 
marketing 
tadqiqotlarini chuqurlashtirish, ishonchli va ommabop reklama
faoliyat natijalarini jamoatchilik uchun ochiqligi kabilarga asoslanadi. 
YUqorida ko`rilgan omillar bankning xususiyatlariga bog’liq 
ravishda turlicha ahamiyatga ega bo`lish mumkin. Ba`zi hollarda 
likvidlilik muammosini resurs bazasi sifati va tarkibi tug’dirsa, 
ba`zida aktivlar sifati bunga sabab bo`ladi. Asosan esa likvidlilik va 
to`lovga qobiliyatlilik muammolar kompleks omillar uyg’unligida 
paydo bo`ladi. Likvidlilik muammo-sini ko`p omilli kategoriya 
ekanligini tan olgan xolda, har bir bank o`zining og’riqli nuqtalarini 
belgilab olishi kerak, ya`ni bank likvidligini belgilaydigan omillar 
to`g’ri talqin etilgandagina bu muammo oqilona hal etiladi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin