301
19-MAVZU. KREDIT TIZIMI VA UNING
BARQARORLIGIGA TA`SIR QILUVCHI OMILLAR
19.1. Kredit tizimining mazmuni va tarkibi. Kredit tizimining
elementlari. Kredit tizimining turlari.
19.2. Kredit tizimining barqarorligiga ta`sir qiluvchi omillar.
“Kredit tizimi” tushunchasining mazmuni. Kredit tizimining
tarkibi. Kredit tizimining elementlari.
19.3. Kreditlashni tashkil qilish printsiplari. Kredit tizimining
turlari: markazlashgan kredit tizimi; bozor kredit tizimi; o`tish
davri kredit tizimi.
19.4. Kredit tizimining holatini tavsiflovchi ko`rsatkichlar.
Kredit tizimini tartibga solish va nazorat qilish. Kredit tizimining
barqarorligiga ta`sir etuvchi omillar.
19.1. Kredit tizimining mazmuni va tarkibi. Kredit tizimining
elementlari. Kredit tizimining turlari.
Hozirgi kunda farqlarning yo`qolishi va banklar tomonidan
funktsional va yuridik xususiyatlarni bekor bo`lishi asosan yirik tijorat
banklarida sezilarli amalga oshmoqda. SHu qayd qilish
lozimki yirik
banklarning universallashuvi va global yo`nalishlarining olib borilishi
kichik banklarning, maxsus kredit tashkilotlariga ya`ni ma`lum turdagi
operatsiyalarga
moslashgan
tashkilotlarga
aylanishiga
sabab
bo`lmokda. Bu esa ko`pgina mamlakatlarda faoliyot ko`rsatayotgan
ko`p boskichli bank tizimiga xos xususiyatdir.
Bugungi kunda banklarning ko`p pog’onali bo`lishi ularning
tashkiliy tuzilishiga bog’liq.
Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pog’onali bian
tizimi xosdir.
Bir pog’onali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy
bank xali mavjud bulmasa yoki bitta markaziy bankdan iborat
bo`lsagina rsal (xaqiqatda) mavjud bo`lishi mumkin.
Ammo tsivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki
pog’onali bank tizimi xos. Bunda birinchi pog’ona banklari-bu
Markaziy bank, ikkinchi quyi pog’ona esa-tijorat banklari va kredit
tashkilotlaridir.
302
Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo`lgan barcha davlatlar pul-
kredit tizimining asosini tashkil kiladi.
Markaziy bankning moliya
bozoridagi o`rni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish
darajasiga va xususiyatiga bog’liq.
Bu esa o`z navbatida ikki pog’onali bank tizimini shakllanishiga
asosiy omil bo`lib hisoblanadi. Chunki buning tepasida Markaziy
bank bo`ladi.
Ikki pog’onali bank tizimining zarurli bozor munosabatlarining
qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan,
bu xususiy
moliya mablag’laridan erkin foydalanish huquqini talab kiladi. Bu
kuyi pog’ona banklar-tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma`lum mikdorda tartibga
solish nazorat qilish maqsadli yo`naltirish zarur. Bunday maxsus
institut sifatida Markaziy bank yuzaga chikadi.
Kredit tizimi bu kreditning barcha xususiyatlarini o`z ichida
ichida nomoyon etadigan va kreditning mohiyatini belgilashga xizmat
qiladigan elementlarining yig’indisidir.
Kreditning qaytarib berishlik, muddatlilik, foiz to`lashlilik
xususiyatlari hamda kredit munosabatlarini
kredit beruvchi va kredit
oluvchi o`rtasida ixtiyoriy yuzaga kelishi kabi xususiyatlar amaliyotda
o`z aksini topgan bo`lishi kerak.
Kredit tizimi tarkibiy jihatdan 3 qisimdan iborat:
1. Bank tizimi
2. Nobank kredit tashkilotlari
3. Maxsus iqtisoslashgan kredit muassasalari
Maxsus
iqtisoslashgan
kredit
muassasalariga
Faktoring
kompaniyalari,
Forfeyting
kompaniyalari,
lizing
va
trast
kompaniyalarikiradi. Bu muassasa moliya bozorining ma`lum
segmentida faoliyat ko`rsatadi va tijorat banklari bilan raqobat qiladi.
Masalan, Faktoring kompaniyalari Faktoring xizmatlari bozorida,
Lizing kompaniyalari lizing bozorida tijorat banklari bilan raqobat
qiladi. Lekin har qanday mamlakatda kredit tizimining yadrosini bank
tizimi tashkil qiladi. Bu esa quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
1. Markaziy bank kredit tizimini tartibga solish va nazorat qilish
vakolatiga ega ekanligai;
2. Tijorat banklarini depozit qabul qilish va hilma xil moliyaviy
xizmatalr ko`rsatish vakolatiga
ega ekanligi;
3. Tijorat banklari qudratli moliyaviy institutlar ekanligi.
Kredit tizimi quyidagi elementlardan iborat:
303
1. Kredit
2. Kreditning printsiplari
3. Kredit munosabatlarining ishtirokchilari
4. Kreditning qonunlari
5. Kreditning chegaralari. Berilayotgan kreditlarning yuqori va
quyi miqdorlariga nisbatan o`rnatiladigan cheklovlardir. Kredit
chegaralari iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha, mijozlar guruhi bo`yicha,
kreditlash shakllari bo`yicha va kreditning turlari va shakllari bo`yicha
belgilanadi. Masalan, tijorat banklari tomonidan kredit portfelining
diversifikatsiya darajasini ta`minlash uchun bitta tarmoqqa beriladigan
kreditlar bo`yicha 25% li cheklov o`rnatiladi. Bu cheklov tijorat
banklarining kredit siyosatida aks ettiriladi. Bundan tashqari tijorat
banklarida kreditlarning tarmoq limitlari qo`llaniladi. Masalan,
O`zbekistonda tijorat banklari bitta mijozga yoki o`zaro bog’liq
mijozlar guruhiga o`zini birinchi darajali kapitalining 5% igacha
ta`minlanmagan kreditlar bera oladi. Overdraft krediti bo`yicha
kreditning eng yuqori chegarasi mijozning
joriy hisobraqamining
debetli qoldig’i summasi bilan belgilanadi. Kreditning turlari bo`yicha
kreditning
chegaralari
aniq
belgilanadi.
Masalan,
aylanma
mablag’larni to`ldirish uchun beriladigan qisqa muddatli kreditlarning
chegarasi korxonaning o`z mablag’lari manbalarining etishmagan
summasi bilan belgilanadi. YOki ipoteka kreditlarining chegarasi uy-
joy qiymatining 75% igacha bo`lgan qismi bilan belgilanadi.
Kreditlash mexonizmi. Bu mexanizm kreditni berishdan to uni
qaytarishgacha bo`lgan jarayonlarni amalga oshirish tartibini
belgilaydi. Xususan, kredit shartnomasi, kredit mexanizmida asosiy
o`rinni egallaydi.
Kredit infratuzilmasi 2 qismdan iborat:
a) huquqiy infratuzilma
b) instituttsional infratuzilam
Huquqiy infratuzilma kredit tizimi
faoliyatining qonunchilik
asoslaridan iborat. Masalan, o`zbekistonda fuqarolik kodeksi,
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bank to`g’risidagi qonun, banklar
va bank faoliyati to`g’risidagi, mikromoliyalash to`g’risidagi,
mikrokredit tashkilotlari to`g’risidagi qonun, Lizing, Ipoteka
to`g’risidagi qonun va garov to`g’risidagi qonun kredit tizimining
birlamchi huquqiy infratuzilmasi hisoblanadi.
Institutsional infratuzilmaga kredit munosabatlariga xizmat
ko`rsatuvchi tashkilotlar va muassasalar kiradi.