Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
202
naql qilishda Shayx, Imom, Abu Fulon, Fulon ibn Fulon va shunga o‘xshashlarni qo‘llash
mumkin. Kishi kunyasini o‘z kitobida zikr qilmaslik odobdandir. Faqat kunyasi orqali
tanilsa yoki kunyasi ismidan mashhur bo‘lsa, zarari yo‘q.
251-bob Kishi katta o‘glining ismi ila kunyalanishi haqida
Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘gillari Qosim nomi bilan
Abulqosim, deb kunyalandilar. Qosim eng katta o‘gillari edi. Bunga yuqori bobdagi Abu
Shurayhdan (r.a.) rivoyat qilingan 744-raqamli hadis dalildir.
252-bob Kishining o‘z bolasi emas, boshqa bolaning ismi ila kunyalanishi
to‘grisida
Bu keng tarqalgan hodisa bo‘lib, u bilan sifatlangan kishilarning son-sanogi yo‘q. Buning
zarari ham yo‘qdir.
253-bob Hali (uylanib) bola ko‘rmagan go‘dakni kunyalash haqida
749/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
insonlarning eng xulqi yaxshisi edilar. Mening Abu Umayr degan inim bor edi. (Roviy uni
emadigan yoshdan o‘tgan,
deb hisoblayman, dedilar.) Agar Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam uning oldiga kelsalar, «Ey Abu Umayr, nima qildi nug‘ayr (kichik qush)?» der
edilar. U go‘dak nug‘ayr (kichik qush) bilan o‘ynar edi».
Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
750/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha onamiz: «Ey Rasululloh, hamma
o‘rtoqlarimning kunyalari bor», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ug‘ling Abdulloh bilan kunyalan», dedilar. (Roviy aytadi: «U-Abdulloh
ibn Zubayrdir,
ya’ni singillari Asmo binti Abu Bakrning o‘g‘lidir. Oisha (r.a.) Ummu Abdulloh, deb
kunyalandilar».) Abu Dovud va boshqalar sahih isnod ila rivoyat qilishgan. Mana shu tan
olingan sahih hadisdir.
751/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bo‘lgan
bir bolam tushib ketdi. Uni Abdulloh, deb ismladilar.
Va meni Ummu Abdulloh, deb
kunyaladilar». Ibn Sunniy rivoyatlari. Bu hadis zaifdir.
Farzand ko‘rishdan oldin kunyalangan Abu Hurayra, Anas, Abu Hamza kabi bir nechta
sahobalar jamoasi bor. Va yana ulardan keyin kelgan tobe’inlar ham bor. Bunda
karohiyat yo‘q. Balki yuqoridagi
shartda aytilganidek, mahbub amaldir.
Dostları ilə paylaş: