www.ziyouz.com
kutubxonasi
267
so‘raganlarida, «U kalom bo‘lib, yaxshisi yaxshi, yomoni yomondir», dedilar.
Sahih hadislarda sobit bo‘lishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam she’r eshitganlar
va Hasson ibn Sobitga kofirlarni hajv qilib she’r aytmog‘ini buyurganlar. Va yana
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «She’rda hikmat bordir», dedilar. Va yana u zot:
«Sizlardan biringizning qorni qusqiga to‘lgani she’rga to‘lganidan ko‘ra yaxshiroqdir»,
dedilar.
Fasl:
Fahsh va beodob gaplarni so‘zlashdan man qilinganligi haqida:
Bu haqda sahih hadislar juda ko‘p. Buning ma’nosi yomon ishlarda ochiqcha iboralarni
qo‘llash. Agar u so‘zlayotgani to‘g‘ri va gapiruvchi rostgo‘y bo‘lsa ham. Bu ko‘pincha
jinsiy aloqaga taalluqli narsalarda bo‘ladi. Ana shu narsada kinoya ila maqsadni
tushunadigan darajada chiroyli iboralar bilan qo‘llash lozim. Qur’oni karim hamda sahih
sunnatlarda mana shu chiroyli uslubda kelgan. Alloh taolo:
«Sizlarga ro‘za kechasida
xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi»,
dedi (Baqara surasi, 187-oyat).
Va yana:
«Axir bir-biringiz bilan qo‘shilib, ular (ya’ni, xotinlaringiz) sizlardan
qat’iy axd-paymon olganlaridan so‘ng qanday qilib, uni (ya’ni, mahrni) qaytarib
olasiz»
, degan (Niso surasi, 21-oyat).
Va yana:
«Agar ularni mahrni belgilab qo‘ygan holingizda qo‘l tegizishdan ilgari
taloq qilsangizlar...»
(Baqara surasi, 237-oyat) deb chiroyli uslubda aytgan. Bunday
uslub sahih hadislarda ham kelgan.
Ulamolar: «Shunga o‘xshash aytish uyatli bo‘lgan iboralarni tushuniladigan kinoyali
ismlar bilan ishlatish lozim bo‘ladi», deyishgan. Masalan, ayol bilan jinsiy aloqa qilishni
bildirishda qo‘shilish, duxul qilish, ishrat qilish va shularga o‘xshash iboralar qo‘llaniladi.
Ammo jinsiy aloqa qilish, jimo’ qilish va shunga o‘xshash xunuk iboralar ishlatilmaydi.
Shu singari siyish va bo‘shanish iboralarini hojatxonaga yoki xalojoyga boraman, degan
kinoya ila chiroyli uslubda ko‘llaniladi. Ammo siyaman, ichimni bo‘shataman, demaydi.
Shu singari pes, og‘zidan sassiq hid keluvchi va ko‘ltig‘i ostidan sassiq hid keluvchilar va
boshqalarda ham maqsadni tushunadigan qilib, chiroyli iboralar ila gapiriladi. Bilingki,
bularning hammasi ochiq ismini aytishga zarurat tug‘ilmasa, qo‘llaniladi. Ammo xitob
qilinayotgan kishi majoziy va kinoyali so‘zni idrok etmasa, ta’lim berish va bayon etish
maqsadida gapirilaveradi. Yoki maqsad qilingan narsada boshqa narsani anglaydigan
bo‘lsa ham, haqiqiy mazmunni hosil qilish uchun ochiqcha gapirilaveradi. Chunki
hadislarda kelayotgan narsa mana shuni ifoda etyapti. Yuqorida aytganimizdek, ehtiyoj
tug‘ilgandagina shunday qilinadi. Chunki mazmun hosil qilish odobga rioya qilgandan
yaxshirokdir.
978/45. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Mo‘min kishi so‘kuvchi, la’natlovchi, fahsh so‘zlarni aytuvchi, axloqsiz
bo‘lmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
979/46. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Fahsh
narsa borki, u sharmandalik keltiradi. Hayo narsa borki, u ziynat keltiradi», dedilar.
Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: |