www.ziyouz.com kutubxonasi
266
keltiriladi. Bu ikkisi ham sahih kitobdan olindi. Bu kabi hadislar son-sanoqsizdir. Zikr
etganlarimizning o‘ziyoq kifoya qiladi.
Fasl: Oxirgi xufton namozini «‘atama» va shomni «‘isho», deb ismlamoqlikning
karohiyati:
975/42. Abdulloh ibn Mug‘affal al-Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Shom namozlaringiz ismida badaviy arablar nomlashgan so‘z g‘olib
kelmasin, ya’ni badaviylar shom namozini «‘isho», deb atashar edi», dedilar. Imom
Buxoriy rivoyatlari.
Ammo xuftonni «‘atama», deb nomlangani, ya’ni «Agar subhi va ‘atama namozlarida
qanday savob borligini bilishganida, emaklab bo‘lsa ham, unga kelishar edi», deb
kelganiga ikki xil javob bor: birinchisi - bundagi qaytariq harom emas, balki halol
ekanligini bayon qilib kelyapti. Ikkinchisi - agar ‘isho, deb ismlansa, shom namoziga
aralashib ketishidan ko‘rqqan kishiga xitob qilinyapti.
Ammo bomdodni «g‘adot», deb atamoqning karohiyati yo‘q. o‘adot, deb ishlatilganligi
haqida sahih hadislarda dalillar bor. Bir jamoat buning karohiyati bor, deyishgan. Unday
emas. Shom ila xuftonning ikkovini birga «‘ishoayni», deyishning va xuftonni «oxirgi
‘isho», deb atalishining zarari yo‘q. Asma’iy (r.a): xufton «oxirgi ‘isho», deb atalmaydi
degan. Bu gaplari noto‘g‘ri. «Sahihi Muslim»da sobit bo‘lishicha, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Qaysi bir ayol xushbo‘y narsalarni iste’mol qilgan bo‘lsa, biz bilan
oxirgi ‘ishoda ishtirok etmasin», dedilar.
Bundan tashqari ikki «Sahih»dan boshqalarida ham sahobalarning so‘zlari son-sanoqsiz.
Men bularning barchasini «Tahziybul asmo val-lug‘at» kitobida bayon qildim.
Fasl: Sirni oshkor qilishdan qaytarish:
Bunga hadislar juda ko‘p. Agar sirni oshkor qilishda zarar yoki aziyat bo‘ladigan bo‘lsa,
haromdir.
976/43. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi
bir so‘zni gapirsa, so‘ng u yoq-bu yoqqa qarasa, bas, u omonatdir», dedilar. Abu Dovud
va Termiziylar rivoyati.
Fasl: Hojatsiz xotinini urgan kishidan nimaga urganini so‘rashning karohiyati:
Biz «Tilni saqlash haqidagi kitob»ning avvalida manfaat bo‘lmaydigan narsada sukut
qilish haqidagi sahih rivoyatni keltirdik. Va yana «Befoyda narsani tark qilish kishining
Islomi chiroyliligidandir», deyilgan sahih hadisni zikr qildik.
977/44. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Xotinini nimaga urgani haqida kishidan so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud, Nasaiy va
Ibn Mojalar rivoyati.
Fasl: Ammo she’r haqida biz hasan isnod ila Abu Ya’lo al-Muvsiliyning musnadlarida
rivoyat qildik. Unda Oisha (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan she’r haqida