Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
273
o‘zga iloh yo‘q»), deb aytsin. Kimki: «Kel, bir qimor o‘ynaylik», desa sadaqa qilsin»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Bilingki, kimki harom amal qilsa yoki gapirsa, tavbaga shoshmoqligi shart bo‘ladi. Bu
tavbaning uch rukni bor: o‘sha holatdayoq gunohdan to‘xtamoq. Qilgan narsasiga
pushaymon qilmoq. Unga aslo qaytmayman, deb qasd qilmoq. Agar ana shu gunoh
insonning haqqi bo‘lsa, uchta shartga qo‘shib, to‘rtinchi shartni ham bajaradi. Ya’ni, u
nohaqlikni egasiga qaytaradi yoki undan kechirim so‘raydi. Biz buni yuqorida aytib
o‘tdik. Agar tavba qiladigan bo‘lsa, barcha gunohlariga tavba qilmog‘i lozim bo‘ladi. Agar
o‘sha gunohining o‘ziga tavba qilish bilan kifoyalansa, tavbasi durust bo‘laveradi. Agar
yuqorida aytganimizdek, gunohiga sahih tavba qilsa-da, so‘ngra ikkinchi marta yana
qilib qo‘ysa, o‘sha gunohiga ham tavba qilishi shart bo‘ladi. Lekin avvalgi gunohiga
qilgan tavbasi botil bo‘lmaydi. Mana shu ahli sunnaning fikri bo‘lib, mo‘‘tazila bilan xilof
qilgan ikki masalaning bittasidir.
Dostları ilə paylaş: