www.ziyouz.com kutubxonasi
270
Yana Abu Homid G’azzoliy: «Shu singari o‘zi yoki boshqa uchun yaxshi maqsadga bog‘liq
narsalarda ham mumkin. Misol, zolim kishi uning mol-mulkini tortib olish maqsadida
so‘raganida, u moli borligini inkor etishi yoki u bilan Allohgina bilishi mumkin bo‘lgan
fahsh ishi haqida sulton so‘raganida, uni inkor qilishi joiz. Ya’ni, zino qilmadim yoki
sharob ichmadim, deb», dedilar.
Had urishlikka iqror bo‘lgan (jinoyatchi)ga iqroridan qaytishni talqin etish haqida
mashhur hadislar bor. Ammo boshqa maqsadda, masalan, birodarining sirini so‘rasa,
bas, uni inkor qiladi. Xullas, yolg‘on bilan rost keltirib chiqaradigan zararlarning orasini
solishtirib chiqadi. Agar rost gapirishda zarar qattiqroq bo‘lsa, yolg‘on gapiraveradi. Agar
uning aksi yoki shak bo‘ladigan bo‘lsa, yolg‘on unga harom bo‘ladi. Agar yolg‘on
gapirishning mubohligi o‘z nafsiga taallukdi bo‘lsa, yolg‘on gapirmasligi mahbub. Bordi-
yu boshqa kishiga taalluqli bo‘lsa, beparvolik joiz emas. Har bir muboh qilingan paytdagi
yolg‘onni tark qilmoq qat’iyatlilikdir. Ammo vojib bo‘ladigan bo‘lsa, unday emas. Bilingki,
albatta yolg‘on - biror narsaning xilofini xabar berishlik. Xoh uni qasd qilsin yoki ogohsiz
qolsin. Lekin ogohsiz qolsa, gunohkor bo‘lmaydi. Albatta qasd qilsa, gunohkor bo‘ladi.
Bunga dalil Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kimki menga qasddan yolg‘on
gapirsa, joyini do‘zaxdan tanlab qo‘yaversin», degan so‘zlaridir.
333-bob Kishining gapirgan narsasini isbotlashga undash va sahih bo‘lmagan narsalarni eshitib ularni gapirib yurmoqdan qaytarish haqida Alloh taolo:
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur» , degan
(Al-Isro surasi, 36-oyat).
«U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa)