www.ziyouz.com kutubxonasi
274
qilinishi haqida «U Allohning sizlarga in’om etgan sadaqasi bo‘lib, uni qabul qilib
olinglar», deganlar.
Fasl: Nahhosning aytishicha, «Allohumma a’tiqniy minan nar», («Allohim, meni
do‘zaxdan ozod qilgin»), deb aytmoqlik makruhdir. Chunki savobni talab qilgan kishigina
ozod qiladi.
Imom Navaviyning fikrlaricha, bu dalil va da’volar shar’iy hukmlarga nisbatan eng xunuk
xato va johillikdir. Agar Alloh maxluqotidan xohlagan kishisini ozod qilishi haqidagi
hadislarni keltirsam, kitob malol keladigan darajada uzayib ketadi. Masalan, «Kimki biror
qulni ozod qilsa, Alloh taolo uning har bir a’zosini do‘zaxdan ozod qiladi» va «Boshqa
kunlarga qaraganda arafa kunida Alloh taolo bandasini do‘zaxdan ozod qilganidek ko‘p
ozod qilmaydi», deb keltirilgan.
Fasl: Ba’zilarning fikrlaricha, «Allohning ismi ustiga unday qil», deb aytmoq makruhdir.
Chunki Allohning ismi har bir narsaning ustigadir, deyilgan. Qozi Iyoz va boshqalar bu
so‘z xato ekanini aytib, isboti uchun sahih hadislar keltirishgan. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam qurbonlik haqida sahobalariga «Allohning ismi ustiga qurbonlik
qilinglar», ya’ni «Allohning ismini aytib qurbonlik qilinglar», deb aytganlar.
Fasl: Va yana ana shulardan Nahhosning Abu Bakr Muhammad ibn Yahyodan rivoyat
qilgan quyidagi so‘zlari bor: «Faqih, adib va ulamolar «Jama’allohu baynana fiy
mustaqarri rohmatihi» («Alloh oramizni rahmati qaror topadigan joyda jamlasin»), deb
aytma! Chunki Allohning rahmati qaror topuvchi joy bo‘lishdan kengroqdir. Va yana
«Irhamna birohmatika» («Rahmating bilan bizga rahm qil»), deb aytma, deganlar».
Imom Navaviyning aytishlaricha, bu keltirilgan ikki lafzning hujjati va dalili borligini
bilmaymiz. Chunki rahmat qaror topadigan joy aytuvchining maqsad qilgani jannatdir.
Ma’nosi: joylashib va o‘rnashib hamda qaror topiladigan makon bo‘lgan jannatda
oramizni jamlagin. Albatta bu yerga kiruvchilar Allohning rahmati bilan kirishadi. So‘ngra
kim u yerga kirsa, unda abadiy qaror topib, yomon hodisa va g‘amginliklardan omonda
bo‘ladi. Bularning barchasi Allohning rahmati bilan hosil bo‘ladi. Go‘yoki «Rahmating
bilan yetishadigan makonda oramizni jamlagin», deganga o‘xshashdir.
Fasl: Yana Nahhosning aytishicha, «Tavakkaltu ‘ala robbiy robbil kariym» («Saxiylarning
Rabbisi bo‘lgan Rabbimga tavakkal qildim»), deb bo‘lmaydi. Balki «Tavakkaltu ‘ala robbil
kariym» deyishlik joiz.
Imom Navaviyning aytishlaricha, buning ham asli yo‘qdir.
Fasl: Nahhos Abu Bakrdan rivoyat qilishlaricha, «Allohumma ajirna minan nar»
(«Allohim, do‘zaxdan bizni himoya qil») va «Allohumma urziqna shafoatan nabiy»
(«Allohim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatlari bilan bizni rizqlantir»),
deb aytmaslik darkor. Chunki do‘zax vojib bo‘lganlarga shafoat qilinadi, deb aytilgan.
Imom Navaviyning aytishlaricha, bu ham ochiq-oydin johillik va xatoning o‘zginasidir.
Agar bu xatolar bilan g‘ururga ketishning xavfi bo‘lmaganda va tasnif qilingan kitoblarda
bu narsalar zikr etilmaganida, hikoya qilishga jur’at eta olmasdim. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamning shafoatlarini va’da qilib, komil mo‘minlarni targ‘ib etgan qanchadan-