www.ziyouz.com kutubxonasi
262
omonda bo‘lishni o‘rgatuvchi kishiga yoxud uning sabablarini tanituvchiga yoki uni duo
qiluvchi kimsaga qilgan gunohining xabarini berishining zarari yo‘q. Endi bunday
manfaatlar bo‘lmasa, ana o‘sha karih ko‘rilgan.
963/30. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ummatimdan har biri avf qilingandir. Faqat mujohirlar (oshkora qiluvchilar) bunday
emas. Mujohir shunday bir kishiki, u kechasida bir amalni qiladi-da, so‘ngra tong
ottiradi. Alloh esa uning gunohini berkitgan edi. Bas, u: «Ey falonchi, unday va bunday
qildim», deydi. Vaholanki, Rabbisi uni berkitgan edi. U esa Allohning yopib ko‘ygan
pardasini ochib yuboradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Balog‘atga yetgan mukallafning biror kishining quli yoki xotini yo o‘g‘li yoxud dastyoriga
amru ma’ruf yoki nahiy munkar bo‘lmasdan, balki fasod so‘zlar ila gaplashmog‘i
haromdir. Bu haqda Alloh taolo:
«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz» , deb aytgan (Moida surasi
2-oyat).
Alloh taolo Qof surasining 18-oyatida:
«U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» , degan.
964/31. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimki biror kishining xotinini yoki qulini (buzg‘unchilik niyatida) aldasa, bizdan emas»,
deb aytganlar. Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati.
Fasl: Allohning toatida «molimni infoq qildim» yoki shu kabi so‘zlarni aytmoq joiz.
Masalan, hajga borib-kelishimga ming (dinor), g‘azotda qatnashishimga ikki ming
(dinor), mehmonlarning ziyofatiga uncha, bolalarim xatnasiga muncha, nikohimga bir
qancha infoq qildim, deydi. Lekin aksari avomga o‘xshab, ziyofatimda zarar ko‘rdim,
hajimda (uncha) yo‘qotdim, safarimda (bunchadan) mahrum bo‘ldim kabi so‘zlarni
aytmaydi. Zarar ko‘rdim, yo‘qotdim, mahrum bo‘ldim kabi so‘zlar gunoh va makruh
amallarda ishlatiladi. Infoq qildim so‘zi esa toat yo‘lida ishlatiladi.
Fasl: Allohning zoti ila jannatdan boshqa narsani so‘ramoqning makruhligi:
965/32. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Jannatdan boshqa narsani Allohning zoti ila so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud rivoyat
qildilar.
Fasl: Allohning nomi ila so‘raganni va Alloh nomi ila shafoat talab qilganni man
qilishning makruhligi:
966/33. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimki Allohning nomi bilan panoh tilasa, unga panoh beringlar. Kimki Alloh nomi ila
so‘rasa, unga beringlar. Kimki chaqirsa, ijobat qilinglar. Kimki sizlarga biror yaxshilik
qilsa, uni mukofotlab ko‘yinglar. Agar mukofotlaydigan narsa topa olmasanglar, uning
haqqiga duo qilib qo‘yinglar. Hattoki, sizlar mukofotlaganingizni unda ko‘rasizlar»,
dedilar. Abu Dovud va Nasaiy sahih isnod ila rivoyat qilishgan.