abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”
2.3. O‘yin texnologiyasining adabiyot ta’limida o‘quvchi faolligini oshirishdagi o‘rni O‘yin bola xarakteriga xos asosiy faoliyatdir. Ushbu faoliyat o‘z imkoniyatlari
jihatidan ta’lim va tarbiya jarayonida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy
talablarga asosan o‘quvchilarda o‘zaro raqobatni o‘rnatish uchun adabiyot
23
Keldiyorov R. Adabiyot darslari samaradorligini oshirishning ilmiy-metodik asoslari. Diss. – T., 2001. – B. 16.
24
Keldiyorov R. Adabiyot darslari samaradorligini oshirishning ilmiy-metodik asoslari. Diss. – T., 2001. – B. 48.
35
darslarida o‘yin
mashg‘ulotlaridan foydalanish
maqsadga
muvofiqdir.
Chunki o‘yin texnologiyasi o‘quvchilar orasida faollikni yanada kuchaytiradi va
mavzuga oid bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi. Adabiyot ta’limida ayniqsa pastki
boshqichlarda 5-6-7-sinflarda o‘yin mashg‘ulotlarini qo‘llash yaxshi samara beradi.
Yuqori sinflarda ham o‘yin mashg‘ulotlaridan foydalanish mumkin, faqat bunda
o‘yinning shakli va mazmunida biroz o‘zgarish yuzaga kelishi kerak. Har bir
qo‘llangan o‘yin metodi, albatta, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy
etilishi lozim. Adabiy ta’limda asosiy faollik o‘qituvchining o‘zida mujassam
bo‘lishi
kerak.
Shundagina
o‘quvchilar orasidagi faollikni ta’minlay
oladi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishda turli xil o‘yinlardan samarali
foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda adabiy ta’lim jarayonida
qo‘llash nihoyatda qulay bo‘lgan bir qator o‘yinli texnologiyalar yaratilmoqda.
O‘yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy
malaka va ko‘nikmalariga aylanishini ta’minlabgina qolmay, balki ta’lim
oluvchilarda muayyan axloqiy irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga o‘z ulushini
qo‘shadi. D.B.El’koninning fikriga ko‘ra, “Xuddi shu oddiygina o‘yin orqali o‘sib
kelayotgan bolaning tasavvuri ilk marotaba qaror topa boshlaydi”. Bir qancha
izlanishlar shu fikrga olib keladiki, o‘yin - bu taraqqiyotyotning rolidir, uning
kelajakka, rivojlanishga qaratilgan, undan kelib chiqadigan qonun-qoidalar, iroda
hamda matonat maktabidir. Quyida adabiyot darslarida o‘yin texnologiyasini
yaratishga doir namunalar keltirib o‘tamiz.
6- sinf adabiyot darsligida Muhammad Sharif Gulhaniyning “Zarbulmasal”
asari keltirilgan. Gulhaniy hayoti va ijodi hamda “Zarbulmasal” asarini o‘qitishda
darsni o‘yin texnologiyasi asosida tashkil etish mumkin. O‘yin asosidagi
metodlardan biri “
6X6X6” metodidir. Olti kishidan kam bo‘lmagan guruh 6 daqiqa
davomida guruh oldida turgan muammoni yechishga yordam beradigan aniq g‘oyani
shakllantirishga harakat qiladilar.
25
Bu metoddan adabiy asar ustida ishlash uchun
foydalanishda adabiyot o‘qituvchisidan pedagogik mahorat va ziyraklik, guruhlarni
25
Azizxo'jayeva N. Pedagogik texnalogiyalar va pedagogik mahorat.
–
T., 2006.
36
oqilona shakllantira bilish talab qilinadi. Bunda, avvalo, sinfdagi o‘quvchilar oltita-
oltitadan guruhlarga bo‘linadi. Guruhlarga muayyan nomlar beriladi. Aytaylik
guruhlar shunday nomlarni qabul qilishdi: 1-guruh