1-guruh
2-guruh
Shoxdor ona bug‘uning ezgulik qilib
bolalarni boqib olganini oqlaydi.
Shoxdor
ona
bug‘uning
ko‘ngilchanglik qilib odamlarga
ortiqcha ishonganini qoralaydi.
Ona bug‘u gunohsiz ikki go‘dakni jar
yoqasidan qutqarib qoldi.
Ammo uning bolalarini odamlar
o‘ldirishgan edi. U odamlarning
qilgan ishini kechirmasligi kerak edi.
Shoxdor
ona
bug‘u
yomonlikka
yaxshilik bilan javob qaytarishni
xohladi.
Lekin Shoxdor ona bug‘uning o‘ziga
bu narsa qaytmadi-ku! Shoxdor ona
bug‘uning
yaxshiligi
o‘ziga
yomonlik bo‘lib qaytib keldi.
Vaqtlar o‘tib u saqlab qolgan qabila
odamlari o‘zlaricha g‘aroyib odat
chiqarishdi. Odatga ko‘ra kimda-
kim vafot etsa, ular o‘zlarining bug‘u
avlodidan ekanini bildirib qo‘yish
21
Abdullayeva M. “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish texnaologiyalari va loyihalashtirish” fanidan ma’ruzalar
matni. – T., 2017
27
uchun qabr tepasiga bug‘u shoxini
ilib
qo‘yishadigan
bo‘lishdi.
Oqibatda qancha bug‘ularga qiron
keldi.
To‘g‘ri, lekin shoxdor ona bug‘u tufayli
butun
bir
qabila
tirik
qoldi.
Odamlarning hammasi ham yomon
bo‘lmaydi. Uning ustiga, xatolikni
bug‘u emas odamlar qilishdi.
Baribir bug‘u o‘z qilgan ishidan
afsuslandi.Qissadagi ertak so‘ngida
ona bug‘uning o‘z avlodlarini olib
Issiqko‘ldan ketib qolganligi va
odamlardan qattiq ranjib, “…bu
yerlarga
boshqa
qaytib
kelmayman”,-
degan
so‘zlari
keltirilgan.
Shoxdor ona bug‘uning yaxshiligi
necha-necha
asrlar
o‘tsada
odamlarning yodida qoldi .
Lekin qissadagi Mo‘min chol eng
vijdonli kishi bo‘la turub ham, hatto
ona bug‘u haqida shuncha to‘lib-
toshib
gapirib
ham,
baribir
bug‘uning
so‘yilishida
o‘zi
qatnashdi.
Mo‘min cholga O‘rozqul tazyiq
o‘tkazgandi. Uning ustiga farzandsiz
qizi bug‘uning so‘yilishidan umidvor
bo‘lib otasini qo‘ymay qistagan edi.
Aslida esa Mo‘min cholning qalbida
ona bug‘uga bo‘lgan ehtirom va
muhabbat mavjud edi. Shuning uchun
ham u qissa so‘ngida o‘z qilgan
ishidan, o‘z-o‘zidan xafa bo‘lib hatto
gapira olmay qoldi.O‘zini yo‘qotdi.
Xalqimizda
“Yaxshilikni
qilgin-u
28
daryoga ot. Baliq bilmasa, holiq
biladi”-degan naql bor. Ona bug‘uning
yaxshiligini balki odamlar unutib
yuborishgandir, lekin unga boshqa
tomondan ezgu nom qaytdi. Ona bug‘u
chin ma’noda ezgulik timsoliga
aylandi.
Ya’ni
demoqchimizki,
dunyoni ezgulik qutqaradi, ezgulik
baribir g‘olib.
O‘qituvchi: Ko‘rib turganingizdek “Debat” usuli qissada keltirilgan ertakning
mazmun mohiyatini ochib berishga va fikrlarning o‘sib borishiga xizmat qiladi.
Debat natijalariga e’tibor bersak, 1-guruh g‘olib keldi. Ya’ni yaxshilikni bilishsa
ham bilishmasa ham qilish kerak, ezgulik baribir birgina insonning ko‘nglida bo‘lsa
ham g‘olib keladi. Bu dunyoni ezgulik qutqaradi, degan qarorga kelindi. Ushbu
metod orqali 2- guruhning fikrlari ham qaysidir ma’noda asosli bo‘lganiga guvoh
bo‘ldik.
Aslida “Debat”ning maqsadi g‘olib kelish emas. Yuqorida keltirilganidek,
o‘quvchining o‘z bildirgan fikrida qat’iyligini o‘stirish, aniq dalillar asosida
fikrlashga o‘rgatishdir. Bugungi kunda adabiy ta’limda debat o‘tkazishning turli
ko‘rinishlari mavjud. Debatlar yozma va og‘zaki shaklda bo‘lishi mumkin. Yozma
debatlarning afzallik tomoni sinfda ortiqcha shovqin bo‘lishining oldini oladi.
Qolaversa, yozma debatlar o‘qituvchi uchun ham jamoa, ham individual tarzda
baholashga qulaylik yaratadi. Aynan adabiyot ta’limida yozma debatning eng ko‘p
qo‘llaniluvchi turiga “Kichik esse” metodini misol keltirishimiz mumkin. “Kichik
esse” ning boshqa debatlardan farqi shundaki, unda o‘quvchi individual tarzda o‘z
muammosini yoritib beradi. Undagi ko‘rsatilgan sabablar ham yechimlar ham faqat
birgina o‘quvchining o‘ziga tegishli bo‘ladi. Bugungi kunda aynan “Kichik esse”
29
tartibidagi ta’limiy metodlar jahon miqyosida ham juda keng qo‘llanilmoqda.
Masalan, “Problem solution” usuli mohiyatan “Kichik esse”ga o‘xshashdir.
Muammoli o‘qitish texnologiyasida muammoli vaziyatni hal etishning turli
darajalari mavjud. Jumladan,
1)o‘qituvchi muommoni qo‘yadi va o‘zi yechadi;
2)o‘qituvchi muommoni qo‘yadi va uning yechimini o‘quvchilar bilan birgalikda
topadi;
3)o‘quvchilar o‘zlari muommoni qo‘yadilar va uning yechimini topadilar.Biz
yuqorida qo‘llagan texnologiyada muommo o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladi va
uning yechimi o‘quvchilar bilan birgalikda hal qilinadi. Lekin bugun jahon tajribasi
shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quv materialidan o‘quvchilarning o‘zlari muommoni topib,
o‘zlari uning yechimini aniqlasinlar, chunki bunday usul bugungi talab qilinayotgan
yetuk intellektni shakllantirishda eng samarali yo‘l bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni bunda
o‘quvchi berilgan o‘quv materiali yuzasidan yana ham chuqurroq mulohaza yuritishi
talab etiladi. Bu esa o‘quvchilarda mustaqil o‘zlashtirish va erkin fikrlash
ko‘nikmalarini shakllantiradi. Biz bugun shunday ta’lim texnologiyasiga “Keys
stadi”ni misol keltirishimiz mumkin. ”Keys stadi” inglizcha sase – aniq vaziyat,stadi
– ta’lim so‘zlarining birikuvidan hosil qilingan bo‘lib, aniq vaziyatlardan o‘rganish,
tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim
metodidir.
22
Bugungi kunda keyslar turi juda ko‘p. Biz esa aynan “Oq kema”
qissasini o‘qitishda jadvalli keysni qo‘llab ko‘ramiz. Keysni o‘tkazish uchun
guruhlar oldindan o‘quv materialiga tayyorgarlik ko‘rishlari talab etiladi. Avvalo,
sinfda o‘quvchilar kichik guruhlarga birlashtiriladi va ularga “Keys stadi” jadvali
tasvirlangan tarqatmalar taqdim qilinadi.
“Keys stadi”
22
Abdullayeva M. “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fanidan ma’ruzalar
matni. – T., 2017.
30
Muammoli vaziyat
Muammoli vaziyat
sabablari
Muammoli vaziyatning
yechimi
So‘ngra har bir guruhga o‘quv materialidan o‘zlari alohida bir muammo deb topgan
vaziyatlarini aniqlashlari, uning sabablari va yechimini belgilashlari topshiriladi.
O‘qituvchi ushbu topshiriq uchun 3 daqiqa vaqt belgilaydi. Belgilangan vaqt
nihoyasiga yetgach har bir guruh o‘zining ishlab chiqqan keysini namoyish qiladi.
Masalan, guruhlar shunday keyslarni ishlab chiqishdi:
1-guruh:
Muammoli vaziyat
Muammoli vaziyat
sabablari
Muammoli vaziyatning
yechimi
Bola nega tengdoshlari
bilan emas doimo yolg‘iz
edi?
Bola uchun oilaviy muhit
to‘g‘ri shakllantirilmagan
edi. U doim mehrga
tashna va faqat o‘z
orzulari bilan band edi.
Bu esa unda odamovilikni
yuzaga keltirgan edi.
Unga yetarlicha e’tibor
berilmadi va tengdoshlari
bilan
muloqot
qilishi
uchun kattalar tomonidan
sharoit yaratilmagan edi.
Bolaga yetarlicha mehr
ko‘rsatish lozim. Bola har
qanday
holatda
tengdoshlari
bilan
bo‘lishi kerak. Chinakam
do‘stlik haqida bolaga
uqtirilib tushuncha berib
borish lozim.
2-guruh:
31
Muammoli vaziyat
Muammoli vaziyat
sabablari
Muammoli vaziyatning
yechimi
Momin
cholni
nega
hurmat qilishmaydi, u
bilan hisoblashishmaydi?
U
o‘ta
darajada
mulozamat ko‘rsatardi.
O‘zi
katta
yoshli
bo‘lsada, barchaga birdek
hatto o‘zidan kichiklarga
ham
xizmat
qilardi.
Ortiqcha kamtarinlik va
mulozamati uchun o‘z
hurmatini
yo‘qotib
qo‘ygandi.
Inson
jamiyatda
o‘z
o‘rnini
yo‘qotib
qo‘ymasligi
uchun,
avvalo, o‘z xurmatini
ham bilishi kerak.
3-guruh:
Muammoli vaziyat
Muammoli vaziyat
sabablari
Muammoli vaziyatning
yechimi
Bola nega baliq bo‘lib
suzib ketish uchun o‘zini
Issiqko‘l
bag‘riga
tashladi.
Bola kattalardan adolat,
ezgulik va mehr topmadi.
Eng ishongan birdan- bir
mehribon kishisi Mo‘min
chol ham uni aldadi.
Shoxdor
ona
bug‘u
haqida
o‘zi
berilib
gapirardi-yu
lekin
bug‘uning
so‘yilishida
o‘zi qatnashdi. Bolaga
hech bir kishi boladek
munosabatda bo‘lmasdi.
Boladek o‘yin kulgu
Bola uchun chin dildan
mehr ko‘rsatish lozim.
Har
qanday
bolaning
baxtiyor, shod-u xurram
bo‘lishi va kam-u ko‘stsiz
ulg‘ayishi
uchun
chinakam
oila
muhiti
zarur.
32
qilishiga
tengdoshlari
bilan qo‘shilib sho‘xliklar
qilishiga
zamin
yaratilmagan edi.
Shundan so‘ng har bir guruh o‘z keyslarini, ularda o‘quv materialidan topgan
muammolarini, uning sabablarini va ushbu muammoga yechim deb hisoblagan o‘z
fikrlarini asar matnidan dalillar keltirgan holda bayon etadilar. O‘qituvchi fikrlarni
umumlashtiradi hamda har bir guruhda yaratilgan keyslarni mazmun mohiyatidan,
bildirilgan fikrlarning va dalillarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanidan kelib chiqib
baholaydi. Ushbu texnologiya orqali o‘quvchilar asarda berilgan haqiqatlarni hayot
haqiqatlari bilan bog‘lagan holda anglashga harakat qiladilar. “Keys stadi”ni
qo‘llash borasida ham turli yondashishlar mavjud. Ushbu “Keys stadi”ni nafaqat
guruhlarda balki individual tarzda ham amalga oshirish mumkin.
“Oq kema” qissasini o‘qitishda dars so‘ngida quyidagicha muammoli savol
berilishi mumkin: “Bola nima uchun oq kemaga intildi?”. Ushbu muammoni
o‘quvchilar o‘rtasida hal etilishi uchun “Qarorlar shajarasi” metodidan foydalanish
mumkin. Buning uchun, avvalo, “Qarorlar shajarasi” ni aks ettiruvchi jadval
doskaga chiziladi yoki tayyor chizilgan batmen qog‘ozdan foydalaniladi.
“Qarorlar shajarasi”
Muammo
1-guruh
2-guruh
3-guruh
Qaror
33
So‘ngra o‘quvchilar 3 ta kichik guruhlarga birlashtiriladi. O‘qituvchi muammoni
barcha guruhlarga birdek taqdim etadi va guruhlar o‘zaro fikrlashib bir qarorga
kelishlari uchun muayyan vaqt belgilaydi. Vaqt nihoyasiga yetgach har bir guruh o‘z
qarorlarini aytadi va o‘qituvchi ularni “Qarorlar shajarasi”ga yozib qo‘yadi.
Aytaylik o‘quvchilar ushbu muammo yuzasida quyidagicha qarorlarni aytishdi:
1-guruh: Bola otasini o‘sha kemada deb o‘ylardi va bunga ishonardi.
2-guruh: Oq kema bola uchun juda qiziqarli va ajoyib edi.
3-guruh: Oq kema uzoqlarga olib keta oladigan, sirli –sexrli hayot va ezgulik timsoli
edi.
Shundan so‘ng o‘qituvchi guruhlardan ushbu bildirgan qarorlarini dalillovchi
jihatlarni asar matnidan aynan keltirishlarini so‘raydi.
1-guruh: Qissada: “Bola bir kuni Qoravultog‘dan turib ko‘m-ko‘k Issiqko‘llik
matrosni – xuddi shu oq kemada suzayotir degan qarorga kelgandi. Bola o‘zi bunga
ishonar chunki shunday bo‘lishini juda-juda istardi”,– degan mulohazalar keltiriladi.
Bola ota-onasiz mehrga tashna o‘sganligi tufayli oq kemaga intilgan.
2-guruh: Biz birinchi guruhning bildirgan mulohazalariga biroz qarshimiz. Adib fikr
so‘nggida “Chunki shunday bo‘lishini juda-juda istardi” degan xulosani bermoqda.
Qissada bolaning otasini o‘sha yerda deb o‘ylaganidan tashqari oq kemaning tashqi
ko‘rinishi va qiziqarliligi xususida ham fikr aytilgan. Bundan tashqari bola durbinini
olib oq kemani ko‘rganda “Ana u!” deya xursand bo‘lib ketadi va hayratlanadi. Adib
ushbu kemani trubalari qator tizilgan, o‘zi kuchli va chiroyli ekanini tasvirlaydi.
3-guruh: Bola baliqqa aylanib suzishni va kemaga yetib olishini orzu qiladi. Negaki
u bu yerlarda kattalarning shafqatsizligi va mehrsizligini ko‘radi. Bug‘u fojeasini
eslang. Bola bu voqeadan juda ta’sirlanadi va barcha qiynoqlardan qutulish uchun
oq kemaga intiladi.
34
Shundan so‘ng o‘qituvchi bildirilgan fikrlar va dalillarni umumlashtirib yakuniy
to‘g‘ri qarorni aytadi. “Bola uchun oq kema to‘kislik, mehr-u oqibat, diydor ramzi
edi. Shuning uchun bola oq kemaga intildi”. Ushbu qo‘llanilgan muammoli
texnologiya nafaqat qissa mazmunini tushunishga, balki izchil va dalillar asosida
erkin fikr va mulohaza bildirish ko‘nikmalarini hosil qilishga yordam beradi.
Maktabda adabiy ta’limning vazifasi o‘quvchining badiiy asar g‘oyaviy mazmunini
tushunishi va o‘zlashtirishiga erishish bilan chegaralanmaydi, balki shu orqali ularni
mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk kishilar etib
tarbiyalashni nazarda tutadi. Yangilanayotgan ijtimoiy - estetik tafakkur sharoitida
umumta’lim maktablarida adabiyot o‘qitish borasida ro‘y berayotgan o‘zgarish va
yangilanishlar ilmiy metodik jihatdan samarador bo‘lishi muhim ahamiyatga
egadir.
23
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, adabiyot o‘qitishda muammoli ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish ta’lim samaradorligini ta’minlash bilan birga
o‘quvchining faolligini oshiruvchi, uni mustaqil va asosli fikrlashga o‘rgatuvchi
muhim omildir. Adabiyot ta’limida muammoli o‘qitish o‘quvchining shaxsiy
sifatlarini tarbiyalshga yordam beradi. Bugun jahon ta’lim tizimida, ayniqsa iqtisod
ta’limida keng qo‘llanilayotgan ushbu texnologiyalarni adabiyot ta’limiga joriy
qilish, uning amaliy ko‘rinishlarini ishlab chiqish adabiyot o‘qitish metodikasi
oldida turgan muhim vazifalardandir. Zero, adabiy pedagogik ijodkorlik adabiyot
darslarining estetik yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi.
24
Dostları ilə paylaş: |