OCHIQ DARS ISHLANMASI
Sinf:
4i-15guruh
Fan:
Adabiyot
Mavzu:
Murod Muhammad Do‘st ijodi. “Dasht-u dalalarda” hikoyasi
48
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy:
o‘quvchilarga Murod Muhammad Do‘stning hayoti va ijodi
hamda uning “Dasht-u dalalarda” hikoyasi haqida zaruriy bilimlarni berish
va shu orqali ularni mustaqillik davri hikoyachiligi bilan tanishtirish;
b) tarbiyaviy:
o‘quvchilarni vatanga muhabbat va insonparvarlik ruhida
tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:
o‘quvchilarni mustaqillik davridagi asarlarga bo‘lgan
qiziqishlarini o‘stirish, badiiy asar tahlili bo‘yicha mustaqil va erkin fikrini
bildira olish ko‘nikmasi rivojlantirish.
Dars turi:
yangi bilim beruvchi
Dars metodi:
axborotli-kichik ma’ruza,namoyish,og‘zaki debat, “Keys
stadi”, “Qarorlar shajarasi”
Dars shakli:
ommaviy, jamoaviy ish, guruhli ish.
Dars vositalari:
o‘quv materiali,darslik, taqdimot varaqlari, marker,
slaydlar, kompyuter tizimi,turli tarqatmalar
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
1. Salomlashish.
2. Davomat.
3. Sinfxonaning ozodaligi va darsga tayyorligi
49
50
51
52
53
54
55
\
56
57
Tajriba-sinov natijalari
Men o‘z bitiruv malakaviy ishim “Adabiyot ta’limida yangi pedagogik
texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi” bo‘yicha pedagogik malakaviy amaliyot
davomida bir qancha amaliy darslar, to‘garak mashg‘ulotlari va ularda erishilgan
natijalarni aniqlash uchun tajriba-sinov so‘rovnomalarini o‘tkazdim. Ushbu tajriba
sinov TTYSI qoshidagi akademik litsey III bosqich 4i-15 va 1a-15 guruhlarning
o‘quvchilari bilan o‘tkazildi. 1a-15 guruhiga litsey o‘qituvchisi “Murod
Muhammad Do‘st ijodi. “Dasht-u dalalarda” hikoyasi” mavzusida an’anaviy dars
o‘tkazdi. Xuddi shu darsni men 4i-15 guruhida muammoli texnologiya asosida
tashkil qildim. Darslar o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng ikki guruhning mavzuni
o‘zlashtirganlik darajasini bilish maqsadida kuzatuv va kichik og‘zaki so‘rovnoma
o‘tkazdim hamda natijalarni tahlil qildim. Kuzatuvda o‘quvchilarning darsdagi
faolligi aks etgan bo‘lsa, og‘zaki savol-javob bilan o‘quvchilarning mavzu
58
yuzasidan egallagan bilimlari tekshirildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, mavzu
yuzasidan olingan bilimlarni quyidagi 3 ta daraja bo‘yicha o‘rgandim:
1.
Yuqori daraja: adabiyot ta’limi jarayonida eng faol qatnashgan va mavzuni
eng yuqori o‘zlashtirgan o‘quvchilar sonini ko‘rsatadi.
2.
O‘rta daraja: bunda darsda o‘rta darajada qatnashgan va mavzuni o‘rtacha
o‘zlashtirgan o‘quvchilar soni ko‘rsatilgan.
3.
Quyi daraja: o‘tkazilgan adabiyot darsida nofaol darajada ishtirok etib,
mavzuni past o‘zlashtirgan o‘quvchilar soni aks etadi.
1a-15 guruhi natijalari(jami 29ta o‘quvchi)
Daraja
yuqori
o‘rta
quyi
Ko‘rsatkichlar
8
12
7
4i-15 guruhi natijalari(jami 28 ta o‘quvchi)
Daraja
yuqori
o‘rta
quyi
Ko‘rsatkichlar
15
10
3
UMUMIY XULOSALAR
Bugungi tobora tez sur’atlar bilan ildamlayotgan va rivojlanib borayotgan
jahonda shaxs tarbiyasi masalasi eng oldingi o‘ringa chiqib bormoqda desak,
mubolag‘a emas. Har bir millat, har bir xalq o‘z iqtisodiyotiga befarq
bo‘lmaganidek, o‘z taqdirini belgilovchi yosh avlod tarbiyasiga ham e’tiborsiz qaray
olmaydi. Binobarin, prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Eng
muhim va dolzarb masalalardan biri yuksak ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-
hunarga, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat”.
Adabiyot ta’limi, shubhasiz, xuddi shu maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi
ta’lim tarbiya tizimining eng muhim bo‘g‘inidir. Yosh avlodni adabiyot ta’limi
jarayonida o‘ziga xos badiiy yaratiqlar, rang-barang obrazlar, lirik kechinmalar;
qahramonlar qalbidagi ezgulik, real hayot manzaralariga qorishgan ziddiyatlar;
59
tuyg‘u va tafakkur ila tarbiyalab boriladi. Adabiyot ta’limi vositasida o‘quvchi
qalbiga va u orqali butun bir xalq butun bir millat ma’naviyatiga ta’sir etish
mumkinligi inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Badiiy adabiyot nafaqat xalq ma’naviy
qiyofasini shakllantirishda, balki mamlakat iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishda,
sotsial rivojlantirishni yaxshilashda ham katta o‘rin tutadi. Chunki jamiyat
taraqqiyoti tezligi unda yashayotgan odamlarning intellektual va ruhiy
imkoniyatlariga bog‘liqdir. Jamiyat a’zolari tafakkuri va ma’naviyatining
qandayligi jamiyat taraqqiyotining sur’atini belgilaydi.
Millat yoshlarining ma’naviyati qaror topishida maktabda adabiyot o‘qitish
muhim o‘rin tutadi. Yoshlarning muayyan hayotiy vaziyatlarda qaysi yo‘lni tutishi,
qanday to‘xtamga kelishi, ko‘zda tutgan ishlarni qay saviyada bajarishlari, ko‘p
jihatdan, maktabda badiiy asarlarning qanday o‘rgatilishiga bog‘liqdir. Shu nuqtayi
nazardan olib qaraganda, bugun adabiyot ta’limi jarayonini o‘rganish, tahlil qilish,
tizimga yangi ilg‘or texnologiyalarni olib kirish va tatbiq etish bugungi
metodikamizning eng dolzarb masalaridir.
Adabiyot ta’limi har jihatdan hamkorlik faoliyatiga asoslanadi. Hamkorlikda
o‘qitish adabiyot darslarining samaradorligini ta’minlovchi eng muhim omillardan
biridir. Ma’lumki, adabiyotda, badiiy asar tahlili jarayoni bo‘ladimi, yoki ma’lum
qahramon xarakterini o‘rganib taftish etish bo‘ladimi, barchasida murakkabliklar
yotadi. Shuning uchun darslarda o‘qituvchining yolg‘iz holda faoliyat ko‘rsatishi,
o‘quvchining nofaol bo‘lishi asl mazmun mohiyatni yetkazish uchun yetarlicha
sharoit yaratmaydi. Bugungi kunda adabiyot o‘qitishda foydalanilayotgan deyarli
barcha metodlar, usullar va o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning barchasi hamkorlikka
tayanadi.
Adabiyot ta’limi bu ruhiyat tarbiyasi va shu bilan birga fikr tarbiyasidir. Ya’ni
adabiyot orqali biz yosh avlod tafakkur olamini kengaytirishimiz va erkin fikr egasi
qilib tarbiyalashimiz mumkin. Adabiyot o‘qitishning bosh vazifalaridan biri ham
aynan erkin fikrga ega bo‘lgan va uni og‘zaki himoya eta oladigan shaxsni
tarbiyalashdir. Bu borada biz adabiyot o‘qituvchilari uchun yangi pedagogik
texnologiyalardan biri bo‘lgan muammoli ta’lim texnologiyasi katta yordam beradi.
60
Muammoli ta’lim bugungi kunda jahon ta’lim tizimida keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,
uning asosini muammoli vaziyat, shaxsning o‘quv materialiga erkin munosabatda
bo‘lishi va mustaqil o‘zlashtirishi tashkil qiladi. Bu degani badiiy adabiyotga
muammo tarzida qarash degani emas, balki pedagogik mahorat bilan ilg‘or savolni
yaratish, o‘quvchining fikrini uyg‘otish, uni qarama-qarshi fikrlar olamiga olib
kirish va shu orqali unga badiiy asar mohiyatini ochib berish, qahramonlardagi
insoniy xususiyatlar va kechinmalarni yuqtirish hamda asarning bosh g‘oyasini
yetkazishdir. Muammoli o‘qitishning bugungi kundagi ilg‘or texnologiyalarini
yaratish va uni adabiyot ta’limida amaliy ko‘rinishlarini ishlab chiqish adabiyot
metodikasi oldida turgan dolzarb masaladir. Xususan, 7-sinf adabiyot
o‘quvchilariga Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasini o‘qitishda muammoli
yondashuv dars samaradorligini ta’minlaydi.
O‘yin texnologiyasi ham adabiyot ta’limiga xos yangi pedagogik
texnologiyalar sirasiga kiradi. O‘yin orqali adabiyot darslarida o‘quvchining faolligi
oshadi. Ayrim pedagoglarning biroz eskirgan uslublari bugungi adabiyot darslariga
o‘quvchilarda salbiy munosabatni shakllantirgani hech kimga sir emas. Ya’ni
adabiyot faqat ma’ruzadan yoki mutoalaadan iborat emaski, bugungi o‘quvchi
undan shunchalik qochadi, zerikish hosil qiladi. Demak, adabiyotda o‘yin
texnologiyasini qo‘llash har jihatdan pedagog uchun ham bola uchun ham
zaruriyatni yuzaga keltiradi. O‘yin texnologiyasi asosida tashkil qilingan adabiyot
darslarida, albatta, tanlanayotgan o‘yin mashg‘uloti yoki metod adabiyot mavzusiga,
badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlariga hamohang tarzda tashkil etilishi lozim.
Qolaversa, o‘yin faoliyati o‘quvchining yosh xususiyatiga asoslanishi bilan ham
xarakterlanadi. 6-sinfda Muhammad Sharif Gulhaniyning Zarbulmasal asarini
hamda 5-sinf o‘quvchilariga Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning hayoti va ijodi
hamda “Sayohatnoma” asarini o‘qitishda o‘yin asosida texnologik yondashish
mumkin va bu o‘quvchilarning darsdagi faolligini ta’minlaydi. Qolaversa, darsga
qo‘yilgan DTS talablariga muvofiq bo‘lgan natijani beradi.
Yangi pedagogik texnologiyalarni adabiyot darslariga tatbiq etar ekanmiz,
bugun adabiyot o‘qituvchisi har jihatdan amaliyot bilan bog‘liq xulosalarni yaratishi
61
lozimligini anglab yetamiz. Bugun pedagog qo‘llayotgan har qaysi usul, yoki har
qanday innavatsion texnologiya ta’limda sifat ko‘rsatkichini bermas ekan undan
foydalanishning zaruriyati yo‘q, albatta. Shu ma’noda, biz bitiruv malakaviy
ishimizda yangi pedagogik texnologiyalarni adabiyot darslarida amaliy tarzda tatbiq
etdik va o‘ziga xos natijalarni qo‘lga kiritdik.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu texnologiyalar, yangi ilg‘or usullarni
adabiyot o‘qituvchisiga taqdim etadi va ta’limda natijaviylikni, samarani ta’minlash
uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, texnologiya bu natijaviylik demakdir.
Adabiyot darslariga texnologik yondashuv pedagog ijodkorligining samarador
mahsulidir. Biz kichik tatqiqot davomida shunga amin bo‘ldikki, adabiyot darslarida
har bir mavzuga, har bir darsga o‘ziga xos pedagogik yondashish mumkin. Demak,
adabiyot ta’limida tatbiq etilayotgan har bir texnologiya o‘qituvchining individual
ijodkorligiga tayanadi. Har qaysi darsning o‘z texnologiyasini yaratmoq lozim.
Chunki adabiyotning o‘zi kabi uni o‘qitish ham rang-barang hodisadir.
Dostları ilə paylaş: |