22
3-o‘quvchi:
Marsga to‘p otquchi – sen,
Zuhroni uyg‘otguvchi – sen,
Uyquda qotguvchi – sen,
Uyg‘on o‘zing, uyg‘on o‘zing.
4-o‘quvchi:
Garchi shuncha mag‘rur
tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Kamtarin bo‘l hatto bir qadam
O‘tma g‘urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O‘par doim peshonasidan.
“Kichik esse” metodini qo‘llash uchun Erkin Vohidovning she’rlaridan
birining
video yoki audio variyanti taqdim etiladi va ushbu she’r yuzasidan har bir o‘quvchi
o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqib, fikr va qarashlarini ijodiy yondashib, kichik esse
tarzida yozib beradi.
Umuman bugungi kunda hamkorlik ta’limini adabiyot o‘qitishning deyarli
barcha tizimlarida qo‘llash mumkin. Chunki adabiyot ta’limi qaysidir ma’noda
fikrlar rang-barangligiga tayanadi. Undagi mohiyat o‘zaro tahlil va fikr almashinish
jarayonida,
muloqotlarda, suhbatlarda o‘zini namoyon qiladi. Adabiyot ta’limida
shu kabi texnologik yondashuv darsda o‘quvchi ijodkor hayoti va ijodiy faoliyatini
o‘rganadi va ushbu bilimlarini mustahkamlaydi hamda she’riy asarni mustaqil tarzda
tahlil qilish kompetensiyasi shakllanadi,
qolaversa, ijodiy fikrlash ko‘nikmalari
shakllanadi. Adabiyot o‘qitishda tashkil qilingan kichik guruhlarga aynan mavzuga
mos nom tanlashga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Hamkorlikda amalga
oshirilgan ta’lim nafaqat oson va
qiziqarli, balki samarali hamdir.