stratosferadagi ( yer qatlamidan 10-40 km balandlikda) 90 foiz ozon “yaxshi” ozon
sanaladi, Quyoshdan kelayotgan xavfli ulьtrabinafsha nurlarni yutib, foydali
vazifani bajaradi.
Ozonning bu qatlami boʻlmaganida, odamlar ulьtrabinafsha nurlar ta’sirida bir
qator kasalliklar bilan zararlangan boʻlardi. Oxirgi oʻn yilikda ozon qatlami
yemirilishi kuzatilmoqda. 1974-yilda bunday yemirilishning sababi freon (CFCs)
boʻlishi mumkin degan gipoteza ilgari surilgan edi. 1987- yilgacha ilmiy tadqiqotlar
freonning ozon qatlami yemirilishiga sababchi ekanligini isbotlab bermagan. 1987
yil sentyabrda Monrealda ( Kanada) bir qator davlatlarning rasmiy vakillari
uchrashib, freonning ishlatilishida keskin cheklovlarni belgilashdi.
Savol №5
Yuqorida keltirilgan matnda ozon molekulalarining hosil boʻlishi haqida hech
qanday ma’lumot berilmagan. Haqiqatda esa har kuni ozon molekulalari hosil
boʻladi, qaysidir miqdori esa yoʻqoladi. Quyida keltirilgan komiks rasmlarda ozon
molekulasining hosil boʻlishi koʻrsatilgan.
Tasavvur qiling, sizning amakingiz rasmda keltirilgan tasvir nimani anglatishini
tushunmoqchi. Afsuski, amakingiz maktabda tabiiy bilimlar olmagan, rasm muallifi
nima demoqchiligini oʻzi tushuna olmayapti. U atmosferada odamchalar yoʻqligini
biladi, Shuningdek rasmda keltirilgan belgilar O2 va O3 bilan rasmdagi bog‘liqlikni
bilmoqchi. Amakingiz sizdan rasmning ma’nosini tushuntirib berishingizni iltimos
qilmoqda. Taxmin qilaylik, amakingiz:
O – kislorodning kimyoviy belgisi ekanligini;
atom va molekula nima ekanligini biladi.
Amakingiz uchun har bir rasmni izohlab tushuntirib bering. Tushuntirish
jarayonida atom va molkula soʻzlaridan hamda matnda keltirilgan ma’lumotlardan
foydalaning.
Dostları ilə paylaş: