Global innovatsion indeks
hizmat
qiladi.
Global innovatsion indeks
(bundan buyon GII) innovatsion faoliyat toʻg‘risidagi
eng muhim axborot manbai hamda qaror chiqaruvchi organlar uchun foydali nazorat
vositasi sifatida dunyo miqyosida e’tirof qilingan. Mazkur indeks ham iqtisodiy
rivojlangan, ham bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davlatlarga qoʻllanilishi
hamda innovatsiyalarga keng ravishda yondashgani uchun e’tiborga loyiq. Jamiyat va
davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni
mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yoʻlida tez va
sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va
texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.
Shuning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi
PF-5544-son
“2019–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion
rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻg‘risida” Farmonida Oʻzbekiston
Respublikasining 2030-yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha
jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi belgilangan.
GII dagi “inson kapitali va tadqiqotlar” guruhning ma’lumotlarini tahlili doirasida
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (Organisation for Economic
Cooperation and Development (OECD)) oʻquvchilarni Xalqaro baholash dasturi
(Programme for International Student Assessment (bundan buyon PISA baholash
tadqiqoti))da olingan koʻrsatkichlarga e’tibor qaratish lozim.
PISA – turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini ( oʻqish,
matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini
baholovchi test. 78 ta mamlakatda oʻtkaziladi. Har bir mamlakatda 4500 dan 10000
nafargacha oʻquvchi test sinovlariga jalb etiladi.
PISA doirasida quyidagilar tadqiq etiladi:
–
Yoshlar kelajakda oʻzlari duch keladigan qarama-qarshiliklarga qay
darajada tayyor?
–
Oʻquvchilar ziddiyatlar sabablarini tahlil qilish, izlash va aniqlash
hamda oʻz g‘oyalarini taqdim etishga qodirmi?
–
Oʻquvchilar qay darajada oʻz bilim va koʻnikmalarini real hayotga tatbiq
etish qobiliyatiga ega?
PISA ning asosiy maqsadi maktabni tugatgandan soʻng oʻquvchilar faol hayotiy
pozitsiyani egallashlariga imkon beradigan chuqur bilimga egalik darajasini
baholashdir.
Oʻquvchilar tayyorgarligini baholash uch yoʻnalishda (Oʻqish savodxonligi,
Matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik) boʻyicha amalga oshiriladi.
Bularning har biri ma’lum bir oʻquv faniga mos keladi. Asosiy e’tibor oʻquvchilar
asosiy tushunchalarni anglashiga, yuqorida koʻrsatilgan uch yoʻnalish doirasida
oʻrganilayotgan asosiy usullarni egallashlariga va oʻz bilimlarini turli vaziyatlarda
ishlata olish qobiliyatiga qaratiladi.
Baholashda oʻquvchilarni oʻquv fanlarini toʻliq mazmun mohiyatini
oʻzlashtirishiga alohida e’tibor qaratilmaydi. Tadqiqotda hayotda kerak boʻladigan
bilim, koʻnikma va malakalarning oʻzlashtirilishiga hamda oʻquvchilarni fanlarning
oʻzaro bog‘liqligidan xabardorligini baholashga e’tibor qaratiladi. (oldiga qoʻyilgan
masalani yechishda turli fanlarni oʻrganish jarayonida olingan bilimlaridan yoki
boshqa axborot manbalaridan olingan bilimlaridan foydalanishlariga e’tibor
beriladi).
PISA dasturida oʻquvchilarning matematik savodxonligi 54 ta topshiriq (84 ta
savol), oʻqish savodxonligi 8 ta topshiriq ( 28 ta savol), tabiiy fanlardan bilimi 13 ta
topshiriq (35 ta savol), Shu yoʻnalishlar boʻyicha oʻquvchilarning kompetentliligi,
muammolarni yecha olish koʻnikmalari 10 ta topshiriq (19 ta savol) yordamida
aniqlanadi.
Savollarning 50 foizi javobi tanlanadigan (test) boʻlsa, 12 foiz savollarning
javoblari oʻquvchi tomonidan aniq soʻz yoki raqamlar vositasida ifodalanishi,
savollarning qolgan qismiga oʻquvchi erkin javob yozishi kerak boʻladi.
Ba’zi bir topshiriqlaraynan bir hayotiy vaziyatlarga doir, turli murakkablikka ega
bir necha savoldan iborat boʻladi. Testlar bir necha variantda tuziladi. Bunda bir
guruhdagi topshiriqlar bir necha variantga kiritilishi mumkin. Oʻquvchilar haqidagi
ma’lumotlaranketa soʻrovnomasi yordamida toʻplanadi. (anketani toʻldirishga 40
daqiqa ajratiladi).
Maktab ma’muriyati ham qisqacha anketa toʻldiradi, maktab xodimlarining soni,
oʻqituvchilar mustaqilligi, maktab resurslari, tajribalari haqida ma’lumotlar toʻplash
amalga oshiriladi. Olingan ma’lumotlardan oldindan belgilangan omillarning ta’lim
natijadorligiga ta’sirini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Dastlabki qadamlarda (1999-yili) PISA tadqiqotining mualliflari 15 yoshli
oʻquvchilarning zamonaviy jamiyatga moslashishga tayyorligini aniqlash
masalasini qoʻyganlar. Bu holat PISA tadqiqotining yoʻnalishlaridan biri sifatida –
15 yoshli oʻquvchilarning kundalik hayotdagi muammolarni hal qilish uchun
matematika fanidan foydalanish darajasini tayyorgarligini baholash yoʻnalishini
belgiladi. Tadqiqot 3 yillik davrlardan iborat boʻlib, bunda har 9 yilda boshqa
yoʻnalishlarga nisbatan matematika yoʻnalishiga kattaroq e’tibor qaratiladi. 2021-
yildagi asosiy yoʻnalish – matematik savodxonligi qilib olinadi. Tadqiqot natijalari
har uch yilda turli mamlakatlar ta’lim tizimini belgilovchi koʻrsatkichlar bilan birga
e’lon qilinib boriladi. Bu axborot ishtirokchi mamlakatlarga oʻz yutuqlarini boshqa
mamlakatlarning yutuqlari bilan qiyoslash va bu orqali xalq ta’limi tizimi boʻyicha
siyosatni aniqlashda foydalanish imkonini beradi.
2015-yil tadqiqotlarining qiziqarli natijalari:
Tabiiy fanlar
•
Singapurlik maktab bolalari fanlar boʻyicha imtihon-sinovlarda ishtirok
etayotgan boshqa davlatlar vakillarini ortda qoldirgan.
•
Ishtirokchilarning faqat toʻrtdan biri kelajakda fan bilan Shug‘ullanishga
qaror qilganini bildirgan.
•
Oxirgi oʻn yil ichida Kolumbiya, Isroil, Xitoy, Portugaliya, Qatar va
Ruminiyada maktab oʻquvchilari tomonidan fanlarni oʻzlashtirish darajasi sezilarli
darajada oʻsgan.
Matematika
•
Matematika boʻyicha imtihon-sinovlarda Osiyo mamlakatlari vakillari
boshqalardan ancha oʻzib ketgan.
•
Oxirgi uch yil ichida Albaniya, Kolumbiya, Montenegro, Peru, Qatar va
Rossiyaning oʻrtacha koʻrsatkichi sezilarli darajada oʻsgan.
Oʻqish (tez va ifodali oʻqish)
•
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (a’zolari – AQSH, Yaponiya,
Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Norvegiya, SHveytsariya, Turkiya
davlatlari, Shuningdek Yevropa Ittifoqiga kiruvchi 25 mamlakat)ga a’zo
davlatlardan ishtirok etganlarning 20 foizi oʻqish sohasida bazaviy bilimga ega
emas.
Gender
•
Oʻg‘il bolalar qiz bolalarga qaraganda fanlarni oʻzlashtirishda yaxshi
koʻrsatkichga ega. Ishtirokchi davlatlarning faqat toʻqqiztasi buning aksi kuzatilgan.
•
Oʻg‘il bolalar oʻzlarining ilm-fanga boʻlgan qobiliyatlariga qiz bolalarga
qaraganda qoʻproq ishonishadi.
•
Dunyo boʻyicha ifodali oʻqish borasida qiz bolalar oʻg‘il bolalarni ortda
qoldiradi.
Imkoniyatlar tengligi
•
Kanada, Daniya, Estoniya, Xitoy ta’lim olish imkoniyatlari va huquqlar
tengligi masalasida ancha yaxshi koʻrsatkichlarga ega.
•
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo davlatlarda maktab
oʻquvchilarining oʻzlashtirish darajasi ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga bog‘liq
ekan.
Davomat
•
Maktab oʻquvchilarining koʻp dars qoldirish holatlari boʻyicha birinchi
oʻrinda Montenegro (60 foiz), ikkinchi oʻrinda Italiya (55 foiz) qayd etilgan.
Uchinchi oʻrinda keltirilgan Turkiya soʻnggi uch yilda koʻrsatkichlarini ancha
yaxshilab olgan.
•
Muntazam dars qoldiruvchilar sinov-imtihonlarda juda past natija
koʻrsatishgan.
Dostları ilə paylaş: |