50
jadvalning nomi aniq va to‘liq ifodalanishi, asosiy mazmunni o‘zida aks ettira
olishi kerak; qolaversa, zarur bo‘lganda qo‘shimcha ravishda tushuntirishlar
berilishi lozim;
yozuv (qayd)lar yoki izohlar, odatda, diagrammaning pastki qismida yoki
o‘ng tomoniga joylashtiriladi;
o‘lchov raqamlari diagrammaning chap qismi va pastida yoxud o‘qlar bo‘ylab
qo‘llanilishi kerak. Diagrammaning yotiq (gorizontal) shkalasi (abssissa –
bo‘lingan nuqtalar bo‘ylab) chapdan o‘ngga, tik (vertikal) shkalasi esa (ordinata
nuqtaning tekislik yoki fazodagi vaziyatini ko‘rsatuvchi koordinata bo‘ylab) –
pastdan yuqoriga qarab qurilishi kerak;
agar raqamli ma’lumotlar diagrammalarga kiritilmagan bo‘lsa, ularni
jadval ko‘rinishida yonma-yon ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir;
koordinata panjarasining zichligi optimal bo‘lishi kerak, grafikni o‘qishga
to‘sqinlik qilmasligi kerak;
diagrammada qo‘llaniladigan ranglar turi uchtadan oshmasligi lozim;
agar grafiklar bir qator kuzatuvlarni ifodalasa, alohida kuzatishlarga mos
keladigan barcha nuqtalarni aniq belgilash tavsiya etiladi
51
.
Dostları ilə paylaş: