173
Buxgalteriya hisobi xodimlarini ish joyini
oqilona tashkil etishda
quyidagilarga ahamiyat berishi kerak bo‘ladi:
xodimlarni yorug‘ xonalar va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganligiga;
buxgalteriya bo‘limi xodimlarini asosiy faoliyatlari ish joylarida amalga
oshirilishiga;
xodimlarni buxgalteriya hisobi qaysi bo‘limida ishlashiga ko‘ra ish joyi
ta’yinlanganiga.
Masalan, bosh buxgalter va uning o‘rinbosarlariga hamda, moddiy javobgar
shaxslar, mijozlar bilan muloqotda bo‘ladigan buxgalteriya
hisobi xodimlariga
alohida xonalar ajratilishi kerak. Sababi, buxgalteriya bo‘limi boshqa xodimlarni
mehnat unumdorligiga shovqinlar (telefon bilan so‘zlashuvlar, mijozlar
bilan
muloqotlar) salbiy ta’sir etishi mumkin.
Xodimlarni xona ichida
ish joyini tashkil etayotganda, hujjatlarni qayta
ishlash ketma-ketligini yoki xodimlarni ish faoliyatidagi o‘zaro aloqadorligini
hisobga olmoq kerak.
Xodimlar ish joyini oqilona tashkil etishda texnikalar (kompyuter, printer,
faks, telefon va boshqalar)ni joylashishini ham e’tiborga olmoq kerak.
Xodim ish stoli tomonida qayta ishlash tarkibiga ko‘ra
joylashgan holda
qo‘yilishi lozim. Stolning o‘ng tomonida esa, qayta ishlangan hujjatlar turishi,
buxgalteriya bo‘limi xodimi ish faoliyati samaradorligini
oshishi omillaridan biri
hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi obyektlar menejment, marketing bo‘limi xodimlari
uchun kerakli ma’lumotlarni tez va to‘g‘ri uzatilishi ham ish joyini oqilona tashkil
etilishiga bevosita bog‘liqdir.
Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar bilan
aloqa qilish shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan yoki
markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish to‘g‘risidagi masalani hal etish zarur.
Bosh buxgalter
Bosh buxgalter muovini
Bo‘limlar
Ta’minot
jarayoni
hisobi
bo‘limi
Ishlab
chiqarish
jarayoni
hisobi
Sotish
jarayoni
hisobi
bo‘limi
Hisob
moliya
bo‘limi
Ish haqi va
unga doir
hisob-
kitoblar
Yig‘ma
hisob
bo‘limi