O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1.
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimi
qanday?
2.
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining
mazmuni va ahamiyati nimadan iborat?
3.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari nima va ularning ahamiyati
qanday?
4.
Nechta buxgalteriya hisobi milliy standarti mavjud va ularni qisqacha
ta’riflang.
5.
Korxona hisob siyosatining mazmuni nimadan iborat?
6.
Buxgalteriya hisobining uslubiy, tashkiliy va texnik ta’minoti deganda nimani
tushunasiz?
7.
Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish bo‘yicha asosiy hujjatlarni
aytib bering.
8.
Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish handay amalga oshiriladi?
9.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish prinsiplari nimalardan iborat?
10.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning asoslari va ahamiyati nimada?
11.
Buxgalteriya hisobining qanday tizimlari mavjud?
12.
Buxgalteriya xizmati qanday vazifalarni bajaradi?
13.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning qanday shakllarini
bilasiz?
14.
Bosh buxgalterning huquqi, majburiyatlari va javobgarligi nimalardan iborat?
181
X BOB. BUXGALTER KASBIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
10.1. Buxgalter kasbi
Umumqabul qilingan jahon amaliyotida buxgalteriya xodimlari ikki toifaga
bo‘linadi – buxgalter (accountant) va hisobchi (bookkeeper). Mamlakatimizda,
MDH mamlakatlarining ko‘pchiligida bo‘lganidek, ushbu tushunchalar yahlit
holga keltirilgan. Odatda buxgalteriya hisobi mutaxassislarining hammasini,
malakasi va bajarayotgan ishi xususiyatidan qat’i nazar, buxgalter deb atashadi.
Holbuki rivojlangan mamlakatlarda buxgalter va hisobchining malakasiga
qo‘yiladigan talablar va ularning mehnatiga haq to‘lash ancha farqlanadi. Amerika
Qo‘shma Shtatlarida hisobchining (buxgalteriyadagi klerk) o‘rtacha ish haqi
soatiga 16,91 dollar yoki yiliga 35 171 dollarni tashkil etadi. Bunday ishni bajarish
uchun oliy ma’lumot talab qilinmaydi, o‘rta maxsus ma’lumot yetarli. Ular joriy
buxgalteriya
yozuvlari,
kassani
yuritishlari
va
birlamchi
hujjatlarni
rasmiylashtirishlari shart. Ular uchun ikkiyoqlama yozuv va schyotlar asosida
buxgalteriya provodkalarini bilish majburiy. Hisobchilar buxgalteriya dasturlarini
bilishlari va Bosh kitobni yurita olishlari ham kerak. Mohiyatan olganda, ular
buxgalter topshirgan ishni bajaradilar, biroq bunda moliyaviy va boshqaruv (ichki)
hisobot shakllantiriladigan ichki hisobotlar va jadvallarni tuzish uchun yetarli
darajada buxgalteriya bilimlari zaxirasiga ega bo‘lishlari shart. AQSh Mehnat
statistikasi byurosining ma’lumotlariga ko‘ra 2012 yilda Amerikada qariyb 1,8 mln
nafar hisobchi ishlagan. 2022 yilgacha bunday mutaxassislar uchun ish joylarining
11 foiz o‘sishi kutilayapti.
Buxgalterlarga nisbatan talablar, ularning mehnatiga to‘lanadigan haq kabi,
ancha yuqori. O‘rta hisobda ish haqi soatiga 30,55 dollar yoki yiliga 63 550
dollarni tashkil qiladi. Buxgalter kam deganda bakalavr diplomiga ega bo‘ladi.
Uning vazifalariga buxgalteriya yozuvlarini tekshirish va ichki nazorat tizimini
tashkil etish, buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish, soliq hisob-kitoblarini
tayyorlash kiradi. Bundan tashqari, buxgalter byudjetlarni tuzish hamda moliyaviy
ko‘rsatkichlarni yaxshilash va xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha menejment
uchun tavsiyalar ishlab chiqish uchun javobgar bo‘ladi.
Bunday
mutaxassislarni
Amerikada
qasamyod
qilgan
buxgalterlar
(auditorlarga aynan o‘xshash malakaga ega bo‘lgan), boshqaruv buxgalterlari
(rahbariyat uchun ichki hisobotlarni tayyorlashga ixtisoslashgan), byudjet
tashkilotlarining ichki auditorlari va buxgalterlariga bo‘ladilar. Qimmatli qog‘ozlar
182
va fond birjalari bo‘yicha AQSh komissiyasiga (SEC) taqdim etiladigan ommaviy
kompaniyalar (ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari)ning moliyaviy hisobotini
tuzishga faqat qasamyod qilgan buxgalterlar haqlidir. Ular Amerika qasamyod
qilgan buxgalterlar institutining litsenziya yoki sertifikatiga (SRA) ega bo‘lishlari
kerak. Litsenziya oliy ma’lumot, ish staji bo‘lganda va malaka imtihonlari
muvaffaqiyat bilan topshirilganda beriladi. Amerikada alohida auditorlik
litsenziyasi yo‘q, u erda qasamyod qilgan buxgalter litsenziyasi beriladi. U
korxonada emas, balki auditorlik kompaniyasida ishlashi va auditorlik
tekshiruvlarini o‘tkazishi mumkin. Qasamyod qilgan buxgalter, boshqalari bilan
bir qatorda, Odob-axloq kodeksi, xususan insayderlik axborotidan foydalangan
holda investitsiyalash bo‘yicha cheklovlar bilan bog‘langan. Tekshiruv
o‘tkazadigan auditor bilan balansni imzolaydigan bosh buxgalter malakasi
o‘rtasida farq yo‘q. Bunday holat bir qator rivojlangan mamlakatlarda mavjud.
Odatda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining ommaviy hisobotini qasamyod
qilgan buxgalter tuzadi.
Hisob ilmidan bexabar kishigina buxgalter kasbi bittagina kasb deyishi
mumkin. Mutaxassislar esa ularni bajariladigan ishlarning turiga qarab bosh,
moddiy, hisob-kitob buxgalterlari, buxgalterlarning yordamchilariga bo‘ladilar.
Bunday taqsimlashni ish beruvchilarning ehtiyoji taqozo etadi. Bo‘sh ish
o‘rinlarining ko‘pchiligi «bosh buxgalter» lavozimiga, eng oz talab esa «moddiy
buxgalter» lavozimiga to‘g‘ri keladi. Yordamchilar va hisob-kitob buxgalterlari
uchun ham ko‘p ish taklif etiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlariga talabgorni qidirish vaqtiga kelsak, bosh va moddiy
buxgalterlarni yollash e’lonlari «faol» holatda bo‘ladi. Ushbu lavozimlarga ish
tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar izlanadi, ularga katta talablar qo‘yiladi.
Ish beruvchilar yaxshi ta’lim olmagan buxgalteriya hisobi mutaxassisi
qanchalik xavfli ekanligini yaxshi biladilar. Avvalo noto‘g‘ri hisob soliq
qonunchiligi talablari buzilishiga, buning oqibatida, birinchi navbatda rahbar
javobgar bo‘lishiga olib keladi. Ayni shu sababli birinchi o‘rinda buxgalterning
tajribasi bor-yo‘qligi baholanadi. Albatta, yoshlarni «o‘stiradigan» va talabalik
davridan boshlang‘ich bilim beradigan tashkilotlar bor. Biroq bundaylar kam
uchraydi, ish beruvchilar hatto «buxgalter yordamchisi» lavozimiga kechagi
talabalar yoki kurs bitiruvchilarini olavermaydilar. Ushbu mutaxassis loaqal bir yil
ishlashi kerak. Ish tajribasi muhim emas deb ko‘rsatadigan tashkilot juda kam.
Bosh buxgalter lavozimiga da’vogarlardan ish tajribasi ko‘proq talab
qilinadi: odatda shu kasbdagi staji 5 yildan oshadiganlarni olishni istaydilar.
Kamida 3 yillik stajning bo‘lishi – ularning yordamchilari uchun mezon. Moddiy
yo‘nalish mutaxassisiga bir yildan ko‘proq, hisob-kitob buxgalteriga 1–3 yillik
183
professional staji bo‘lganda e’tibor qaratishadi. Buxgalter yordamchisi qilib
tajribasiz kishini olishlari ham mumkin, biroq loaqal 1 yillik amaliyot o‘tagan
bo‘lishini ma’qul ko‘rishadi.
Tajriba – ish beruvchi buxgalterlarni tanlashi uchun hisobga olinadigan
birdan-bir mezon emas. Ma’lumoti ham muhim. Ilgari unga alohida talablar
qo‘yishmagan, hozir esa diplomli mutaxassislarni kutadilar. Ko‘pincha ish
beruvchilarni oliy ma’lumotli da’vogarlar qiziqtiradi (bo‘sh ish o‘rinlarining
45,1%i). Bir ish beruvchi bo‘lg‘usi xodimda magistrlik darajasi bo‘lishi kerakligini
qayd etgan. «Ahamiyati yo‘q» deganlar 29,6%ni tashkil etadi, bo‘sh ish o‘rinlari
taklif etuvchilarning 22,5%iga o‘rta maxsus ma’lumot bo‘lishi zarur.
Diplomi borligi uchungina buxgalterni yuqori darajadagi mutaxassis deb
bo‘lmaydi. Ularning hammasi ham iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtidan
kelmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ko‘p hollarda bunday ta’lim muassasasini
tugatmagan buxgalterlar ham tekshiruv yakunlari bo‘yicha a’lo natijalar
ko‘rsatadilar. Mutaxassislarning ko‘pchiligi – amaliyotchilar, ko‘pincha xodimni
tanlash chog‘ida, tajribasidan tashqari, u haqda avvalgi ish joylaridan olingan
ma’lumotlarga ham e’tibor qaratadilar.
Malakasini doimo oshirib boradigan, malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan
talabgorlarning imkoniyati ancha katta. Bugungi kunda ushbu sohada CAP/CIPA
dasturi
bo‘yicha
buxgalterlar
va
auditorlarning
sertifikatlanishi
ancha
ommalashgan. Ixtiyoriy asosda mutaxassislarni milliy sertifikatlashtirish dasturini
barpo etish masalasi muhokama qilinayapti. O‘zbekistonda olish mumkin bo‘lgan
sertifikatlashtirishning boshqa turlari ham mavjud. Kurs va seminarlarda ham
malaka oshirish mumkin, ularda tarmoq va xususan buxgalteriya hisobini
rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Shu sababli nafaqat
mutaxassisning boshlang‘ich ma’lumoti, balki kasbda rivojlanish xohishini ham
baholash muhimdir.
Tarmoqda chop etilgan e’lonlarda ko‘pincha talabgorlarning yoshi
ko‘rsatiladi. Ish beruvchilar uchun 20–50 yashar talabgorlar eng jozibali sanaladi.
Hatto buxgalter yordamchisi lavozimiga 22 yoshli mutaxassislar uchun bo‘sh ish
o‘rinlari kam uchraydi. Ehtimol, bunda gender masalasi rol o‘ynar, zero ushbu
lavozimda ko‘proq ayollar ishlaydi, ular yoshroq bo‘lgan davrda ish o‘rniga oila
to‘g‘risida ko‘proq o‘ylaydilar. Davlat organlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun ham
talab qilinayotgan mutaxassislarning yoshi ko‘rsatilmaydi.
Nomaqbul mutaxassisni ishga qabul qilishdan imkoni boricha xalos
bo‘lishni xohlaydigan ish beruvchilar talabgor qanday ko‘nikma va xislatlarga ega
bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tadilar. Nomzodning shaxsiy xislatlariga
qo‘yiladigan eng ko‘p uchrovchi talablardan biri – zo‘riqishlarga bardoshli bo‘lish.
Bu talabni tushunsa bo‘ladi – ish murakkab, aniqlikni talab etadi. Mutaxassisni
batartib, kirishimli, amaliy muloqot ko‘nikmalarini egallagan shaxs sifatida
184
ko‘rishni xohlaydigan ish beruvchilar bor. Ehtimol, buxgalter bunday korxonada
mijozlar bilan ham shunday muloqotda bo‘lar. Boshqalarga zararli odatlarga ega
bo‘lganlar kerak emas – ularda chekuvchilarga o‘rin yo‘q! Yana bir talab –
sarosimaga tushib qolmaslik talabidir.
Dostları ilə paylaş: |