O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


 Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

9.2. Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish 
Bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish 
vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi 
xizmatining rahbaridir.
29
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bevosita buxgalteriya hisobi 
subyektining rahbariga bo‘ysunadi. 
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar 
asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish 
bo‘yicha talablari buxgalteriya hisobi subyektining barcha xodimlari uchun 
majburiydir. 
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari va buxgalteriya hisobi xizmatining 
rahbari o‘rtasida ayrim xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir 
kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ular bo‘yicha hujjatlar operatsiyalar 
amalga oshirilishining oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo‘lgan buxgalteriya 
hisobi subyekti rahbarining yozma farmoyishi bilan ijroga qabul qilinishi mumkin.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi 
subyektining (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) 
buxgalteriya hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
- oliy ma’lumotga ega bo‘lish; 
- oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda, oxirgi besh kalendar 
yildan kamida uch yili, noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda esa, 
oxirgi o‘n kalendar yildan kamida etti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki 
moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog‘liq ish stajiga ega 
bo‘lish. 
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobi 
subyektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining har yili malaka 
oshirishdan o‘tishini ta’minlashi shart.
Talablar 
majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan 
buxgalteriya hisobi subyektining rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni 
shartnoma asosida zimmasiga yuklagan ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimiga 
nisbatan ham tatbiq etiladi. 
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati 
cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun 
29
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”(yangi tahriri)Qonuni.2016. 13 aprel. 12-
moddasi. 


169 
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs 
buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo‘lishi mumkin emas. 
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi xizmati 
rahbarlariga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan belgilanadi. 
Rahbar quyidagi huquqlarga ega: 
– bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki 
shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish; 
– buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan 
buxgalteriya firmasiga yoki tarkibiga buxgalteriya subyekti ham kiradigan xo‘jalik 
birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish bo‘limiga yuklash; 
–buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Rahbar quyidagilarni ta’minlashi shart: 
– ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini; 
– xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini; 
– buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini; 
– hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini; 
– tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini; 
– soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini; 
– hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini. 
Buxgalteriya hisobini yuritishda aloqador bo‘lgan rahbarlar, buxgalterlar va 
boshqa shaxslar buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda buxgalteriya 
hisobining asosiy tamoyillariga rioya qilishlari kerak. 
Buxgalteriya apparati hujjatlarni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida 
hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moliyaviy 
hisobotlarni tuzishni ta’minlashi zarur. 
Buxgalteriya apparati, quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan: 

material bo‘limi, bu erda sotib olingan material qiymatliklarni, material 
yuboruvchilar bilan hisob - kitoblarni, materiallarni saqlash va foydalanish joylari 
bo‘yicha kirimi va sarflanishini hisobi yuritiladi. Ko‘pam katta bo‘lmagan 
korxonalarning bu bo‘limida asosiy vositalar, arzon va tez eskiruvchi buyumlar va 
tayyor mahsulotlar hisobi ham yuritiladi. Yirik korxonalarda bu uchastkaning 
ma’lumotlarini ishlab chiqish uchun maxsus bo‘lim tashkil etiladi; 

hisoblashish bo‘limi, bu erda dastlabki hujjatlarga asosan ish haqi 
hisoblash va undan ushlanmalar bo‘yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi, 
mehnat haqi fondi va iste’mol fondidan foydalanish bo‘yicha nazorat amalga 
oshiriladi, ijtimoiy sug‘urta va ta’minotga ajratmalar bo‘yicha, pensiya fondiga 
bandlik fondi va boshqalar bo‘yicha hisoblashish hisobini olib boradi; 


170 

ishlab chiqarish - kalkulyatsiya bo‘limi, bu bo‘limda barcha turdagi ishlab 
chiqarishda qilingan xarajatlar hisobi yuritiladi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 
haqiqiy tannarxi aniqlanadi va hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga 
sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi. 

umumiy bo‘lim, bu bo‘limda yuqorida sanab o‘tilgan bo‘limlarda hisobga 
olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, Bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya 
hisobi tuziladi. Yirik korxonalarda moliyaviy bo‘lim ajratilib, unda pul 
mablag‘lari, korxona va ayrim shaxslar bilan hisob - kitoblar hisobi yuritiladi. 
Buxgalteriya korxonaning barcha ishlab chiqarish bo‘linma (bo‘lim, 
bo‘lim)lari bilan bevosita munosabatda bo‘ladi. U ulardan buxgalteriya hisobini 
yuritish uchun tegishli ma’lumotlar oladi, chunonchi: 

kadrlar bo‘limidan – ishga qabul qilinganligi, ishdan bo‘shatilganligi, 
ta’tilga chiqqanligi, korxona ichida bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazilganligi
to‘g‘risida shaxslar ro‘yxati (buyruq)ni oladi; 

omborlardan – tovar – material qiymatliklarini harakati (kirim, chiqim, 
bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazilishi) to‘g‘risida hujjatlar oladi; 

bo‘limlardan – ayrim xo‘jalik muomalalari (mahsulotni ishlab chiqarish 
va sh.k.) bo‘yicha hujjatlar, xarajatlar bo‘yicha ishlab chiqarish hisoboti va 
boshqalarni oladi. 

Bosh mexanikdan – asbob - uskunalani harakati va ularni ta’miri 
to‘g‘risida, avtotransportni ishlari va boshqalar to‘g‘risida hujjatlar oladi; 

Reja bo‘limidan – korxonaning barcha faoliyati bo‘yicha tasdiqlangan 
reja ko‘rsatkichlari (daromad va xarajatlar smetasi) ni oladi; 

Mehnat va ish haqi bo‘limidan – alohida kategoriya ishlovchilariga haq 
to‘lash va mukofotlash, stavkalar, okladlar, shtatlarni o‘zgarishi to‘g‘risida nizomi. 
Bosh buxgalter buxgalteriya hisobining yuritilishi yuzasidan belgilangan 
qoidalar asosida uni tashkil etib, quyidagilarni ta’minlashi shart: 

buxgalteriya ishining to‘g‘ri tashkil etilishi, buxgalteriya hisobi 
schyot(schyot)lar va hujjatlarda operatsiyalarning o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri aks 
ettirilishi; 

qonuniy tarzda mablag‘ va boyliklar but saqlanishini ta’minlash; 

qat’iy hisobdagi blanklarning but saqlanishi va ular hisobining to‘g‘ri 
yuritilishi; 

buxgalteriya hisobining ilg‘or shakl va usullaridan keng foydalanish; 

kelib tushgan pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar 
hisobining 
to‘liq 
yuritilishi, 
shuningdek 
ular 
harakati 
bilan 
bog‘liq 
operatsiyalarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishi; 

davlat byudjetiga to‘lovlar, ijtimoiy sug‘urta va pensiya fondiga badallar, 


171 
boshqa fondlar hamda rezervlarga ajratmalarning to‘g‘ri yozilishi hamda o‘z 
vaqtida o‘tkazilishi; 

kamomad hamda pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklarning talon-
taroj 
qilinishi 
bo‘yicha 
materiallarni 
rasmiylashtirish 
yuzasidan 
inventarizatsiyalarda qatnashish, tegishli hollarda bu materiallar sud va tergov 
organlariga taqdim etilishini nazorat qilish; 

buxgalteriya hisobi va hisobotining to‘g‘ri tashkil etilishini tekshirish, 
buxgalteriya hisobi, hisoboti, nazorat tahlil masalalari yuzasidan xodimlarga o‘z 
vaqtida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib borish; 

buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari asosida korxonaning 
moliyaviy faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish (agar bu vazifa boshqa hodimga 
yuklatilgan bo‘lmasa); 

buxgalteriya hujjatlarining but saqlanishi, ularning o‘rnatilgan tartibda 
rasmiylashtirilishi va arxivga topshirilishi. 
Bosh buxgalter tegishli bo‘linmalar va bo‘limlarning rahbarlari bilan 
birgalikda quyidagilarni sinchiklab nazorat qilishi shart: 
a) 
tovar-moddiy 
boyliklarning 
qabul 
qilinishi 
va 
topshirilishini 
rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etilishi; 
b) ish haqi fondining to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri 
belgilanishi, shtatlar, ishlab chiqarish, sotish va ta’minot intizomiga qat’iy rioya 
etilishi; 
c) pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar, asosiy vositalarni yo‘qlama 
qilish, hisob-kitoblar va to‘lov majburiyatlarini bajarishning belgilangan 
qoidalariga rioya etilishi; 
d) belgilangan muddatlarda debitorlik qarzi undirib olinishi va kreditorlik 
qarzining qaytarilishi, to‘lov intizomiga rioya etish; 
e) kamomadlar, debitorlik qarzi va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya 
hisobining balans hisobotlaridan qonuniy tarzda chiqarilishi. 
Bosh buxgalter quyidagi huquqlarga ega: 
a) buxgalteriya hisobi ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan 
chora-tadbirlar ko‘rishni korxona rahbaridan talab qilish; 
b) tarkibiy bo‘linmalar, uchastkalar va bo‘limlarda tovar-moddiy va boshqa 
boyliklarni qabul qilish, kirimga yozish, saqlash hamda sarflash yuzasidan 
belgilangan tartibda amal qilinishini tekshirib turish; 
c) mukofotlar hajmlarini pasaytirish yoki mukofotdan mahrum etish 
to‘g‘risida takliflar berish. 
Bosh buxgalter quyidagi hollarda javobgar bo‘ladi: 
a) buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, oqibatda pala-partish holatga 


172 
kelgan va buxgalteriya hisoboti tuzilganda; 
b) pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish, kirimga 
yozish, saqlash va sarflash yuzasidan belgilangan tartibga zid operatsiyalar 
bo‘yicha hujjatlar ijroga qabul qilingan hamda rasmiylashtirilgan hollarda; 
c) buxgalteriya aybi bilan noto‘g‘ri buxgalteriya hisoboti tuzilganda; 
d) kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya 
balans hisobotlaridan chiqarish tartibi buzilganda; 
e) buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa me’yoriy hujjatlar 
buzilganda. 
Bosh buxgalter quyidagi holatlar uchun korxona rahbari bilan bab-baravar 
javob beradi: 
a) moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar va nizomlar 
buzilishi; 
b) mansabdor shaxslardan ular yetkazgan zarar summasini o‘z vaqtida 
undirib olmaslik; 
c) choraklik va yillik balans hisoboti hamda boshqa buxgalteriya 
hisobotlarini tegishli organlarga taqdim etish muddatlarining buzilishi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin