Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Matematik statistika
– pedagogik ilmiy-tadqiqotlarni olib 
borishda qo‘llanilib, tajriba-sinov ishlari, umumiy holda tadqiqotning 
samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. 
Mashq
 
– aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish 
ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar.
Ma’lumot
– ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan, tizimlash-
tirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar, tarkib topgan 
dunyoqarash majmui.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya
– o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush 
tarziga muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi 
zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor 
qoidalari, mezonlarni singdirish jarayoni.
Ma’ruza
– o‘quvchilarga nazariy bilimlarni verbal (og‘zaki) 
yetkazib berish shakllaridan biri.
124
Metodologiya
(yunon. methodos – yo‘l, usul, logos – ta’limot) – 
shaxsning amaliy va nazariy faoliyatini to‘g‘ri uyushtirish va tuzish 
to‘g‘risidagi ta’limot; ilmiy bilish va dialektik taraqqiyot mohiyatini
yorituvchi ustuvor g‘oya, yetakchi tamoyil, muhim qonuniyatlar, 
nazariy hamda amaliy yondashuvlar majmui.
Mehnat tarbiyasi
– shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur
anglatish, ularda mehnat va mehnat faoliyatiga ongli munosabatni, 
shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma 
va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Mimika 
– bu yuz muskullarining harakatlari orqali o‘z fikri, 
his-tuyg‘ulari, kayfiyatini, shuningdek, mavjud voqelikka nisbatan 
munosabatini ifodalash.
Muammoli ta’lim
– zamonaviy ta’lim mohiyatini aks ettiruvchi 
ilg‘or pedagogik texnologiya biri bo‘lib, ta’lim oluvchilarda ijodiy 
izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni 
ilgari surish, natijalarni asoslash va ma’lum xulosalarga kelish kabi 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Munozara 
– tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish 
asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘nal-
tirilgan bahs-munozara usuli bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, 
estetik va huquqiy mavzularda o‘tkaziladi.
Muhit
(yoki ijtimoiy muhit) – individ, shaxs, ijtimoiy guruhlarning 
mavjud bo‘lishi, shakllanishi va faoliyati kechadigan ijtimoiy (moddiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy) shart-sharoitlar.
Neyropedagogika
– inson miyasining ijodiy imkoniyatlarini 
aniqlash va amaliy (funksional) rivojlantirish, shaxsda faoliyatga 
nisbatan faol, ongli munosabatni qaror toptirish, ijtimoiy hulq-atvorni 
psixologik korreksiyalash, bolalar ruhiy rivojlanishni tashxislash va 
bashoratlashning yangi ilmiy dasturlari, samarali shakl va metodlarini, 
shuningdek, yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini 
tadqiq etadi.
Nutq madaniyati
– bu o‘z fikrini nutq yordamida mantiqli, 
to‘g‘ri, obrazli, aniq va ifodali yetkazib berish malakalarining 
o‘zlashtirilganlik darajasi.
Nutq texnikasi
– nutqni tinglovchi yoki o‘quvchiga yetkazishda 
qo‘llaniladigan vositalar majmui.


125

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin