“Agar chaqaloqlar kiyim-boshlari do’koning egasi hududdagi farzand kutayotgan
ayollar va bo’lajak buvi-buvalarning ma’lumotlariga ega bo’a olsa, bu do’konning
samaradorligi qanchalik oshishi bizga tushunarlidir. Agar bog’chalar
va kichkina
o’tloqlar uchun jihozlar sotadigan do’kon xo’jayini muvofiq yoshdagi bolalari
bo’lgan xususiy uy-joy egalarining ro’yxatini olsa, xuddi yuqoridagiga o’xshab
relamaning nishoniga aniq tegishi ehtimoli ortadi”.
55
Demak ,reklamalarga
munosabat bildirishda oiladagi har bir a’zoning bajaradigan roli va ehtiyojlari
tizimining e’tiborda tutilishi reklamaning yanada adekvat idrok qilinishini
ta’minlaydi.
I .V.Alyoshina tadqiqotlarida
yosh oilalarda ijrochi rolini , ya’ni xarid
mahsulotlarini tanlashni erlar amalga oshirishni takidlagan. Demak ,oiladagi
rollardan tashqari nikoh yoshi ham reklamalarning idrok qilinishini , baholanishini
va xaridning amalga oshirilishida muhim ta’sir ahamiyatiga ega.
O’rta yoshlilar oilasidan farqli yosh oilalarda farzandlarning yoshligi,ularni
parvarishlash muntazam xotinlar zimmasida ekanligi erlar zimmasiga xarid qilish,
xarid qarorini qabul qilish kabi rollarini bajarishni yuklaydi.Ma’lum mahsulot
xaridi
taklifini beruvchi , yani ta’sir etuvchi shaxs rolini esa oiladagi ayol yoki
farzand bajaradi.Ko’p hollarda dorilar va tibbiyot vositlari reklamalari bilan
xotinlar qiziqadilar ,sababi ular o’zlarini oila a’zolarining salomatligiga ma’sul deb
hisoblaydilar.Shuningdek,
dori-darmonlar,
tibbiyot
vositalari
,tozalash
vositalari,oziq-ovqatlar, gigiena mahsulotlari va kiyim-kechaklar reklamalari
xotinlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Oiladagi ayollar o’zlari
xarid jarayonini amalga
oshirmasada,xarid qaroriga ta’sir etuvchi shaxs sifatida rol o’ynaydilar.Alina
Dudarevaning ta’kidlashicha , ayollarga yo’naltirilgan barcha telereklamadan 39
foizi o’z ehtiyoji-kosmetika, parfyumeriya va dori-darmonlarga ,61 foizini uyi,
oilasi ,bolalari va eri uchun foydalanadigan vositalarga to’g’ri keladi.Oila va uy-
yumushlariga mo’ljallangan reklamalar orasida 23
foizini ayol-onaga , 38 foizini
ayol-bekaga va ayol-farroshga yo’naltirilgan. Ispan ayollar institutining xabar
berishicha, aynan kir yuvish va tozalash vositalari reklamasi ayolni
chegaralaganday
ifodalaydi.
Tadqiqotchi
olimlar
D.Endjel,
R.Blekuell,P.Miniardlarning ta’kidlashicha , oilada
oziq-ovqat mahsulotlarining
faol xaridorlari xotinlar hisoblanib , ular oila a’zolarining salomatliklari uchun
o’zlarini ma’sul hisoblashadi.Shu bois ham ko’pincha oziq-ovqat mahsulotlari
reklamalari xotinlar va ularning fikriga ta’sir etuvchilar
sifatida bolalarga
yo’naltirilgan bo’ladi.Demak, reklama qilinadigan mahsulotlarning idrok
qilinishida oiladagi har bir shaxsning bajaradigan rollari muhim ta’sir ahamiyatiga
ega bo’lib , u xarid jarayoniga ham , reklamalarning baholanishida ham o’z
ta’siriga ega . Bu o’rganilgan ilmiy tadqiqotlarda o’z tasdig’ini topgan bo’lib,
beriladigan reklamalrning aniq guruhini tanlashda oilaviy rollarni etiborda tutish
tavsiya etilgan. Bundan tashqari ijtimoiy rollar
timsollarini mahsulotlar
reklamasida bevosita ifodalanishi ham unga nisbatan ijobiy munosabatning
shakllanishini ta’minlab, adekvat idrok qilinishiga imkon yaratadi
55
Karimova V.M.,Akramova F.A.Iqtisodiy psixologiya.Ma’ruzalar matni.T,:2005,B.32