4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия
Bunda, almashuv kursi barqarorligini ta’minlash vazifasi bevosita markaziy bankning to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervensiyalari hisobiga emas, balki quyidagi choralarni bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish orqali ta’minlanadi: qisqa muddatli davrda valyuta kursi o‘zgarishi tebranishlari kengligini bosqichma-
bosqich oshirish yo‘li bilan valyuta bozoridagi talab va taklif muvozanatiga erishish
hamda valyuta bozorini ta’minlanganlik darajasini oshirish;
pul-kredit siyosatining foiz va boshqa instrumentlarini ustuvor ravishda qo‘llash hamda
bank tizimida tegishli hajmdagi likvidlikni saqlab turish orqali valyutaga bo‘lgan
talabga ta’sir ko‘rsatish. Ushbu maqsadlarga erishish uchun Markaziy bank “xalqaro
valyuta
zaxiralarining
neytralligi”
tamoyiliga amal qiladi, ya’ni ishlab
chiqaruvchilardan qimmatbaho metallarni xarid qilish natijasida bank tizimiga tushgan
milliy valyutadagi mablag‘larning sterilizatsiyasini amalga oshiradi. Shu bilan birga,
iqtisodiyotda mavjud yuqori inflyatsion bosimning milliy valyuta kursi barqarorligiga
salbiy ta’sirini inobatga olib, kelajakda valyuta kursining barqarorligini ta’minlash ko‘p
jihatdan inflyatsiya darajasini pasaytirishga bog‘liq bo‘ladi. Real almashuv kursining
muvozanatli darajasini ta’minlash uchun valyuta kursining dinamikasi ichki bozordagi
hamda asosiy savdo hamkor mamlakatlardagi narxlar darajasining o‘zgarishini o‘zida
aks ettirishi kerak. Ushbu jihatlar hamda valyuta bozorining joriy rivojlanganlik
darajasini inobatga olgan holda, Markaziy bank intervensiya siyosatida dastlabki
bosqichlarda asosiy e’tibor fundamental omillar emas, balki qisqa muddatli davrda
valyuta bozorida talab va taklifning nomuvofiqligi natijasida yuzaga keladigan valyuta
kursidagi keskin tebranishlarning oldini olishga qaratiladi. O‘rta muddatli istiqbolda
ichki valyuta bozorini rivojlantirish vazifasiga valyutani tartibga solish va valyuta kursi
shakllanishini liberallashtirish, jumladan, almashuv kursi tebranishi chegaralarini
oshirish vositasida erishiladi. Bu, o‘z navbatida, valyuta bozorining rivojlanish va
ta’minlanganlik darajasini oshirishga hamda valyutaga bo‘lgan talab va taklifning
muvozanatiga erishish uchun bozor mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Valyuta svopi, valyuta opsionlari, fyucherslar va shu kabi instrumentlarni amaliyotga
joriy qilinishi valyuta bozorini rivojlantirish va valyuta almashuv kursi barqarorligini
ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratadi.